Ipigriksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ipidakrin gidroxloridi (suvsiz moddaga qayta hisoblaganda) – 5,0 mg yoki 15,0 mg; yordamchi moddalar: xlorid kislotasining rN 2,8-4,0 gacha bo‘lgan 1 M eritmasi, inyektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ipidakrin ()

Preparatning savdo nomi:

Ipigriks

Farmakalogik guruhi:

parasimpatomimetik vositalar, xolinesteraza ingibitorlari.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 5 mg/ml va 15 mg/ml

tiniq, rangsiz suyuqlik.

parasimpatomimetik vositalar, xolinesteraza ingibitorlari.

N07AA.

So‘rilishi Parenteral qo‘llangandan so‘ng tez so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilgandan keyin 25-30 minut davomida erishiladi. Faol moddaning 40-55% plazma proteinlari bilan bog‘lanadi. Terapevtik samarasi parenteral yuborilganidan keyin 15-20 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Preparatning ta’sir davomiyligi 3-5 soatni tashkil etadi. Taqsimlanishi Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Ipidakrin to‘qimalarga tez o‘tadi va muvozanat holatida faol moddaning faqat 2% plazmada bo‘ladi. Metabolizmi va chiqarilishi Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Ipidakrinni chiqarilishi buyrak orqali va buyrakdan tashqarida (jigarda biotransformatsiyaga uchrash yo‘li bilan) amalga oshadi, siydik bilan chiqarilishi ustunlik qiladi. Ipidakrinning yarim chiqarilish davri        40 minutni tashkil qiladi. Ipidakrinni parenteral yuborilgandan keyin, qo‘llangan dozaning 34,8% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Bu preparatni organizmda tez metabolizmga uchrashidan dalolat beradi.

Periferik nerv tizimi kasalliklari (nevropatiya, nevrit, polinevrit, miyelopoliradikulonevrit). Miasteniya va miastenik sindrom. Tarqalgan skleroz va nerv tizimining demiyelinizatsiya kasalliklarining boshqa shakllari (majmuaviy davolash). Davomli buzilishlar bilan birga kechuvchi MNT organik shikastlanishlaridagi bulbar falajlar va parezlar (tiklanish davri). Senil dementsiya, Altsgeymer kasalligi, entsefalopatiya (travmatik, qon tomir patologiyasi va boshqa genezli), bosh miya qon aylanishini buzilishi, bosh miya jarohatlari, bolalarda o‘qitishni qiyinchiliklari bilan kechuvchi tserebral disfunktsiyada MNT funktsional buzilishlari (xotirani, diqqatni jamlash qobiliyatini, motivatsiyalarni, tashabbuskorlikni pasayishi, dezoriyentatsiya, emotsional harakatchanlik va boshqalar). Tug‘ruq faoliyatini kuchsizligi. Ichak atoniyasida qo‘llanadi.

Kasallikning og‘irlik darajasiga qarab, dozalar va davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi. 5 mg/ml va 15 mg/ml saqlovchi ipidakrin eritmalari mushak ichiga va teri ostiga yuboriladi. Miastenik sindromli periferik nerv tizimi kasalliklarida 1 ml da 5 mg yoki 15 mg ipidakrin saqlovchi eritmalar 1 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi. Davolash kursining davomiyligi 1-2 oyni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini, kurslar orasidagi 1-2 oylik interval bilan bir necha marta takrorlash mumkin. Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini og‘ir buzilishlarida miastenik krizni bartaraf etish uchun qisqa vaqt ichida 1 ml da 15 mg (15-30 mg) ipidakrin saqlovchi 1-2 ml eritma yuboriladi, so‘ngra davolash tabletkalar shaklidagi ipidakrin bilan davom ettiriladi. O‘tkir mononevritda 5 mg/ml eritma 1 ml dan kuniga 1-2 marta yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanadi. Davolash kursi 10-15 kunni tashkil etadi. Surunkali nevritda oldingi davolashning samaradorligi yetarli bo‘lmagan hollarda,       5 mg/ml eritma 2 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil etadi. Zarur hollarda maksimal samaraga erishilguncha davolash kursi 2-4 haftalik interval bilan 2-3 marta takrorlanadi. Bosh miya jarohatida o‘tkir davrida jarohat vaqtidan 3-5 kun o‘tgach, 5 mg/ml eritma       1-2 ml dan kunda 1-2 marta qo‘llanadi, 5-6 kundan keyin dozani 30-45 mg gacha (15 mg/ml eritma) oshirish mumkin, kunda 1-3 marta buyuriladi. Alohida hollarda og‘ir buzilishlarda 5% li glyukoza eritmasini yoki 0,9% li natriy xlorid eritmasini vena ichiga yuborish mumkin. Davolash kursining davomiyligi individual ravishda belgilanadi va 30-40 kunlar chegarasida o‘zgarib turishi mumkin. Jarohatning kechki davrida xotira, harakatlar, diqqat, nutqni tiklash, harakat buzilishlarini kamaytirish, umumiy ishlash qobiliyatini oshirish uchun tabletkalar shaklidagi ipidakrin qo‘llanadi. Miyada qon aylanishining buzilishini o‘tkir bosqichida 1 ml da 5 mg ipidakrin saqlovchi eritma 1-2 ml dan kuniga 2-3 marta boshqa preparatlar bilan majmuada, davomli komatoz xolatda, bulbar buzilishlar mavjudligida, afazik, apraksik va amnestik ko‘rinishlarni tez orqaga qaytishi uchun qo‘llanadi. O‘tkir osti davrida 5 mg/ml eritma 1-2 ml dan kunda 2 marta davomiyligi 30-40 kunlik bo‘lgan inyektsiya kurslari o‘tkaziladi. Tug‘ruq faoliyatining birlamchi va ikkilamchi kuchsizligida 5 mg/ml eritma 2 ml dan            1 soatlik interval bilan 1-3 marta qo‘llanadi. Miyelopoliradikulit, tarqoq skleroz, Altsgeymer kasalligi va aqli zaiflikning boshqa shakllarida, ichak atoniyasini davolash va oldini olish uchun ipidakrin tabletkalar shaklida qo‘llanadi.

Ipidakrin yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya samaralari kuchsiz ifodalangan bo‘lib, odatda, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi (organizmdan tez chiqarilishi preparatning kumulyatsiyasi va nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi). Nojo‘ya ta’sirlari asosan m-xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq. Quyida nojo‘ya ta’sirlari MedDRA a’zolar tizimi tasnifi bazasi ma’lumotlari va uchrash tez-tezligiga muvofiq sanab o‘tilgan: tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha). Nerv tizimi tomonidan Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik (preparatning katta dozalari qo‘llanganda). Kam hollarda: ataksiya. Yurak tomonidan Tez-tez: yurakni tez urib ketishi, bradikardiya. Nafas, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan Tez-tez emas: bronxlar sekretsiyasini kuchayishi. Kam hollarda: bronxospazm. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan Tez-tez: gipersalivatsiya, ko‘ngil aynishi. Tez-tez emas: qusish (preparatning katta dozalari qo‘llanganda). Kam hollarda: diareya, epigastral sohasida og‘riq, ishtahani pasayishi, peristaltikani kuchayishi. Jigar va/yoki safro chiqarish tizimi tomonidan Kam hollarda: sariqlik. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan Tez-tez: kuchli terlash. Tez-tez emas: allergik teri reaktsiyalari (qichishish, toshmalar) (preparatning katta dozalari qo‘llanganda). Skelet-mushak va yo‘ldosh tizimlari tomonidan Tez-tez emas: mushak tirishishlari (preparatning katta dozalar qo‘llanganda). Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiya Tez-tez emas: kuchsizlik (preparatning katta dozalari qo‘llanganda). So‘lak oqishi va bradikardiyani xolinoblokatorlar (masalan, atropin) ni yuborish bilan kamaytirish mumkin. Noxush nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lganda preparatning dozasini kamaytirish yoki tez      (1-2 kun davomida) preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Ipidakrin nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga va periferik nervlar bo‘ylab mahalliy anestetiklar, aminoglikozidlar va kaliy xloridining qo‘zg‘alashni o‘tkazilishiga susaytiruvchi ta’sirini kuchsizlantiradi. MNT susaytiruvchi dori vositalarining, shu jumladan etanolning sedativ samarasi, shuningdek xolinesterazaning boshqa ingibitorlari, m-xolinomimetik vositalar va  MNT rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta’siri va nojo‘ya samaralari, ipidakrin ta’siri ostida kuchayadi. Miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda boshqa xolinergik dori vositalari fonida ipidakrin  xolinergik kriz xavfini oshiradi. Beta-adrenoblokatorlar ipidakrin chaqirgan bradikardiyaning yaqqolligini kuchaytiradi. Tserebrolizin ipidakrinning mental faolligini yaxshilaydi. Alkogol preparatning noxush nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, tireotoksikoz, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarida, shuningdek anamnezida nafas yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ipidakrin tutqanoqning kechishini zo‘raytirishi, shuningdek alkogolning organizmga salbiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi Ipidakrin bachadon tonusini kuchaytiradi va tug‘ruq faoliyatini muddatidan oldin chaqirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida ipidakrinni qo‘llash mumkin emas. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Ipidakrin sedativ ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun bu ta’sirga duchor bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari: dozasi og‘ir oshirib yuborilganda xolinergik kriz rivojlanishi mumkin (bronxospazm, ko‘z yoshini oqishi, kuchli terlash, qorachiqlarni torayishi, nistagm, MIY peristaltikasini kuchayishi, spontan ich ketishi va siyish, qusish, sariqlik, bradikardiya, yurak ichki o‘tkazuvchanlikni buzilishi, aritmiyalar, arterial gipotenziya, bezovtalik, xavotirlik, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, ataksiya, tirishishlar, koma, nutqni buzilishi, uyquchanlik, umumiy kuchsizlik.

Retsept bo‘yicha

simptomatik. M-xolinoblokatorlar (shu jumladan atropin, trigeksifenidil, metatsin va boshqalar) qo‘llanadi. 1 ml dan sariq va qizil rangli (5 mg/ml inyektsiya uchun eritma) yoki yashil va qizil rangli (15 mg/ml inyektsiya uchun eritma) ikkita markirovka qiluvchi xalqalar va chiziq yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan I gidrolitik sinfi rangsiz shisha ampulalarda. 5 ampuladan usti yopilmagan polivinilxlorid plyonka uyali (taglik) o‘ramda. 2 uyali o‘ramdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.