Interferal rasmini ko'rish

Tarkibi:

Preparatning bir balloni (10 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100000 XB odam rekombinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati – 0,018 g, natriy digidrofosfat digidrati – 0,013 g, natriy xloridi – 0,08 g, dinatriy edetati – 0,0067 g, dekstran (o‘rtacha molekulyar massasi 50000-70000) – 0,00017 g, polisorbat-80 – 0,0005 g, alfa-tokoferol atsetati – 0,00005 g, benzalkoniy xloridi – 0,0001 g, benzoy kislotasi – 0,005 g, 95% li etanol  – 0,05 ml, tozalangan suv – 9,81 ml, propellent azot – 0,1 dan 0,2 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

interferon alfa-2b

Preparatning savdo nomi:

Interferal

Farmakalogik guruhi:

immunomodulyatsiya qiluvchi vosita

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun aerozol

tiniq, rangsiz suyuqlik.

immunomodulyatsiya qiluvchi vosita

L03AB05

Ma’lumotlar yo‘q.

Interferal® kattalarda gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklarni (O‘RVK) oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Ballonni qo‘llashdan oldin himoya qalpoqchasi yechiladi, purkovchi uchlik taqiladi, erkin uchini umumiy burun yo‘llariga navbatma-navbat kiritiladi va purkovchi uchlik qisqa (1 sekunddan kamroq) bosiladi, bunda preparatning bir martalik dozasi taxminan 2000-3000 XB ni tashkil etadi. Gripp va O‘RVK ni davolash uchun Interferal® mahalliy qo‘llash uchun aerozol 100000 XB preparati kasallikning birinchi ikki kuni kuniga 7 marta, har 2 soatda (sutkalik doza – 20000 XB gacha), so‘ngra kuniga 3 marta (sutkalik dozasi – 10000 XB gacha) besh kun davomida yuboriladi. Kasallik simptomlari 5 kundan ortiq saqlanib qolgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak. Interferonoterapiya an’anaviy simptomatik davolash fonida olib boriladi. O‘RVK va grippni oldini olish maqsadidi: bemor bilan kontaktda bo‘lganda va sovuq qotganda preparat bir martalik dozada kuniga 2 marta 5-7 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida profilaktik kurslar takrorlanadi: kasallikni mavsumiy ko‘payishida preparat har 1-2 kunda ertalab yuboriladi. Har bir yuborilgandan keyin preparatni burun bo‘shlig‘ida teng taqsimlanishi uchun bir necha minut davomida burun qanotlarini barmoq bilan uqalash tavsiya etiladi.

Mahalliy allergik reaktsiyalar – yengil achishish, burunda qichishish, aksirish bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, allergik kasalliklarning og‘ir shakllari, autoimmun kasalliklar, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Intranazal qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (burun shilliq qavatini qo‘shimcha qurishiga olib keladi).

Interferal® ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Interferal® ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat 2 dan 8oS gacha haroratda saqlanadi va tashiladi. Ballon ochilmasin, ichidagisi bosim ostida joylashgan. Tushib ketish, zarb va bevosita quyosh nurlaridan saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi xolatlari qayd etilmagan.

Retseptsiz

Mahalliy qo‘llash uchun aerozol, 100000 XB (10 ml) uzluksiz ta’sirli klapanli himoya polimer qoplamli, purkagichli va himoya qalpoqchali alyumin yoki shisha aerozol ballonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.