Insunetretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: tsitikolin natriy tsitikolinga ekvivalent – 250 mg; yordamchi moddalar: etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi, natriy metabisulfit, propilenglikol, metilparaben, propilparaben, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsitikolin natriy

Preparatning savdo nomi:

Insunet

Farmakalogik guruhi:

Nootrop vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz eritma.

Nootrop vosita.

N06BX06

So‘rilishi Tsitikolin vena ichiga va mushak ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Metabolizmi Vena ichiga va mushak ichiga yuborilganida xolin va tsitidinni hosil qilish bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Yuborilganidan keyin qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasi sezilarli oshadi. Taqsimlanishi Tsitikolin bosh miya strukturalarida, xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlarga va tsitidin fraktsiyalariga – tsitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan ahamiyatli darajada taqsimlanadi. Tsitikolin bosh miyaga o‘tadi va hujayra, tsitoplazmatik va mitoxondrial membranalarga faol kirib, struktur fosfolipidlarning fraktsiyasini bir qismini tashkil qiladi. Chiqarilishi Tsitikolinning yuborilgan dozasini faqat 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kami buyraklar orqali va taxminan 12% – nafas orqali chiqarilayotgan SO2 bilan chiqariladi. Tsitikolinni siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin: taxminan 36 soat davom etuvchi birinchi faza, unda chiqarilish tezligi tez pasayadi, va ikkinchi faza, unda chiqarilish tezligi asta-sekin pasayadi. Xuddi shu holat nafas orqali chiqarilayotgan SO2 bilan ham kuzatiladi – chiqarilish tezligi taxminan 15 soatdan keyin tez pasayadi, so‘ngra esa ancha sekinroq pasayadi.

Ishemik insultning o‘tkir davri (majmuaviy davolash tarkibida).Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri.Bosh-miya jarohati (BMJ), o‘tkir (majmuaviy davolash tarkibida) va tiklanish davri.Bosh-miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va xulqiy buzilishlarda qo‘llanadi.

Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi. Vena ichiga preparat asta-sekin vena ichiga inyektsiya (buyurilgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab yuborish (minutiga 40-60 tomchi) ko‘rinishida buyuriladi. Vena ichiga yuborish usuli mushak ichiga yuborishga nisbatan afzalroq. Mushak ichiga yuborishda, preparatni aynan bir joyga takror yuborishdan saqlanish kerak.

Noxush nojo‘ya reaktsiyalar (NNR) ning tez-tezligi Juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan individual holatlar): Allergik reaktsiyalar (toshma, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish hissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyutsinatsiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ishtaxani pasayishi, falajlangan qo‘l-oyoqlarda uvishish, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi. Ayrim hollarda Insunet parasimpatik nerv tizimini rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa muddatli o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa, yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralari aniqlangan bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Yaqqol vagotoniyasi (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismning tonusini ustunligi) bo‘lgan bemorlarga va preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda buyurish mumkin emas. Yetarli klinik ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Tsitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Davolanish davrida alohida diqqatni va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfi faoliyat turlarini (avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operatorning ishi va xokazolar) bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi Tsitikolinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q. Garchi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda salbiy ta’siri aniqlanmagan bo‘lsada, homiladorlik davrida Insunet preparati faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi. Insunet laktatsiya davrida ayollarga buyurilganida emizishni to‘xtatish kerak, chunki tsitikolinni ayollar suti bilan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning kam zaharliligini hisobga olib, dozani oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

4 ml dan ampulalarda. 5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.