Inspironretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 80 mg fenspirid gidroxloridi, 100% moddaga qayta hisoblanganda; yordamchi moddalar: kaltsiy gidrofosfati, digidrat; gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza); povidon; suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; qoplama uchun aralashma “Opadry II WHITE” 33G28707 (gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza) saqlaydi); titan dioksidi (Ye 171); laktoza monogidrati; polietilenglikol (makrogol) 3000; triatsetin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): Fenspirid gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Inspiron

Farmakalogik guruhi:

Nafas yo‘llari kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Tizimli qo‘llash uchun nafas yo‘llarini obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar. Fenspirid.

Dori shakli:

Ajralib chiqishi uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan, 80 mg dan tabletkalar.

oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, yumaloq shaklli, yuzasi ikkiyoqlama qavariq tabletkalar. Sindirilganda yadrosi oq yoki deyarli oq rangli ekanligi ko‘rinadi.

Nafas yo‘llari kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Tizimli qo‘llash uchun nafas yo‘llarini obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar. Fenspirid.

R03DX03.

– LOR-a’zolari va nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonini davolash (otit, sinusit, rinit, rinofaringit, traxeit, rinotraxeobronxit, bronxit),  surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari (SOO‘K), bronxial astmani majmuaviy davolash tarkibida. – Mavsumiy va yil davomidagi allergik rinit va respirator tizimi va LOR-a’zolari tomonidan namoyon bo‘ladigan boshqa allergiyalar. – Qizamiq va grippni respirator ko‘rinishi. – Ko‘kyo‘talni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Kattalar qo‘llashi tavsiya etilgan. Peroral qo‘llash uchun. Ovqatlanishdan oldin qo‘llanilsin. Sutkalik dozasi. Surunkali yallig‘lanish jarayonlarini davolash uchun odatdagi tavsiya etiladigan terapevtik dozasi sutkada 2 tabletkani tashkil etadi (1 tabletkadan ertalab va kechasi). Samarani kuchaytirish uchun va/yoki o‘tkir kasallanish hollarida – sutkada 3 tabletkadan (ertalab, tushlikda va kechasi). Davolash kursi. Davolash davomiyligi kasallikni kechishi qarab shifokor individual ravishda belgilaydi.

Preparatni faol moddasiga yoki biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bilan davolash antibiotikoterapiyaga almashtirilmaydi. Inspiron® preparatini galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza/galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida fenspiridni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas yoki cheklangan. Fenspiridning reproduktiv toksikligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan klinik oldi tadqiqotlar urg‘ochi va erkak kalamushlarni fertilligiga ta’siri yo‘qligi isbotlangan. Shuning uchun preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, biroq fenspirid bilan davolash vaqtida homiladorlik aniqlanishi homiladorlikdan voz kechish uchun sabab bo‘lib hisoblanmaydi. Fenspiridni ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum. Shuning uchun Inspiron® emizish davrida qo‘llanilmaydi. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga fenspiridni ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Lekin preparat uyquchanlikni chaqirishi mumkin, u transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga sezilarsiz darajada ta’sirga ega, ayniqsa davolashning boshida yoki alkogol iste’mol qilgan vaqtda. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramda 25 °S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Katta miqdordagi preparat qo‘llanganda uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qusish, sinusli taxikardiya kuzatilishi mumkin. Davolash. Me’dani yuvish, EKG monitoringini o‘tkazish. Simptomatik davolashni qo‘llash.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 3 blister qutida.