Ingavirin rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: pentandin kislotasining imidazoliletanamidi (vitaglutam) 100% moddaga qayta hisoblaganda – 90,00 mg; yordamchi moddalar:  laktoza monogidrati – 90,00 mg, kartoshka kraxmali – 35,60 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2,20 mg, magniy stearati – 2,20 mg. Kapsula qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi Ye 171 – 1,3333%, qizil bo‘yovchisi [Ponso 4R] Ye124 – 0,0008%, azorubin bo‘yovchisi Ye122 – 0,3066%, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104 – 0,4207%, jelatin – 100% gacha. Logotip uchun siyoh tarkibi: shellak, propilenglikol Ye1520, titan dioksidi Ye171.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pentandin kislotasining imidazoliletanamidi

Preparatning savdo nomi:

Ingavirin

Farmakalogik guruhi:

Viruslarga qarshi vosita. Yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

№2 o‘lchamli qizil rangli kapsula. Kapsulaning qopqog‘ida oq rangli halqa ko‘rinishidagi logotip va halqa ichida I harfi tushirilgan. Kapsulalar ichidagi modda – oq yoki deyarli oq rangli granulalar va kukun; biroz bosganda osongina to‘kiladigan konglomeratlarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Viruslarga qarshi vosita. Yallig‘lanishga qarshi vosita.

J05AX.

So‘rilishi va taqsimlanishi Tavsiya qilingan dozalarda preparatni qon plazmasida mavjud bo‘lgan usullar bilan aniqlash mumkin emas. Radiofaol nishonni ishlatish bilan o‘tkazilgan eksperimentda, preparatni me’da-ichak yo‘llaridan tez qonga tushishi aniqlangan. Ichki a’zolar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Qondagi, qon plazmasidagi va ko‘pchilik a’zolardagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat yuborilganidan keyin 30 minutdan so‘ng erishiladi. AUC ko‘rsatkichi (kontsentratsiyasi – vaqt farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon), buyrak, jigar va o‘pkada, qondagi AUC ko‘rsatkichidan (43,77 mkg/soat) biroz yuqori. Taloq, buyrak usti bezlari, limfa tugunlari va timus uchun AUC ko‘rsatkichi, qonning AUC ko‘rsatkichidan past; MRT (preparatni qonda o‘rtacha tutib turilish vaqti) qonda – 37,2 soat. Preparatni sutkada bir marta kurslik qabul qilishda, uni ichki a’zolarda va to‘qimalarda to‘planishi yuz beradi. Bunda preparatni har bir yuborishdan keyingi farmakokinetik egri chizig‘ining sifat xarakteristikalari o‘xshash bo‘lgan: har bir yuborishdan keyin preparatning kontsentratsiyasini tez oshishi va so‘ngra 24 soatga borib asta-sekin pasayishi kuzatilgan. Metabolizmi Preparat organizmda metabolizmga uchramaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Chiqarilishi Asosiy chiqarilish jarayoni 24 soat davomida yuz beradi. Bu davrda qabul qilingan dozaning 80% chiqariladi: preparatning 34,8% 0 dan 5 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida: 45,2% 5 dan 24 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida chiqariladi. Ulardan 77% ichak orqali va 23% – buyrak orqali chiqariladi.

Kattalarda A va V grippi va boshqa o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni (adenovirus infektsiyasi, paragripp, respirator-sintsitial infektsiya) davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar buyuriladi. Gripp va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni davolash uchun 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi 5-7 kun (bemorning holatni og‘irligiga qarab). Preparatni qabul qilishni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgan vaqtdanoq, kasallik boshlanganidan keyin kechi bilan 36 soatdan so‘ng boshlash kerak. Gripp va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni oldini olish uchun bemor shaxslar bilan muloqatdan keyin 7 kun davomida 90 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar (kam hollarda).

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiya sindromi. Homiladorlik. Emizish davrida. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ingavarin® ning boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’sir holatlari aniqlanmagan.

Preparat sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi, psixomotor reaktsiyalarning tezligiga ta’sir qilmaydi va turli, shu jumladan yuqori diqqat va harakat koordinatsiyasini talab etuvchi turli kasbdagi shaxslarda ishlatish mumkin. Boshqa viruslarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llanishi o‘rganilmagan. Preparatni laktatsiya vaqtida qo‘llanishi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Retseptsiz

Kapsulalar, 90 mg. 7 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramlarda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.