Infezol 40retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol komponentlar:   L-alanin4,00g glitsin7,00g L-agrinin4,55g L-asparagin kislotasi2,00g L-glutamin kislotasi5,00g L-gistidin1,35g L-izoleytsin2,10g L-lizin2,00g L-metionin1,75g L-leytsin2,75g L-fenilalanin3,15g L-treonin1,60g L-triptofan0,50g L-valin2,25g aminokislotalar ja’mi40,00g umumiy azot            6,3g     ksilit50,00g natriy ionlari40,2mmol kaliy ionlari25mmol magniy ionlari2,5mmol xlorid ionlari43,6mmol atsetat ionlari25mmol nazariy osmolyarlik:801,8mOsm/lrN qiymati:5,7-7,0 titrlanadigan kislotalik(qonning rN qiymatiga hisoblanganda)  (qonning rN qiymatiga hisoblanganda) maks. + 11,6 mmol/lenergiya miqdori (umumiy):1551,0kDj/lyordamchi komponentlar:  natriy disulfiti (12,5 mg SO2 ga to‘g‘ri keladi)0,02ginyektsiya uchun suv931,00g

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

L-aminokislotalarning uglevodlar va elektrolitlar bilan birga parenteral oziqlantirish uchun infuzion eritmasi.

Preparatning savdo nomi:

Infezol 40

Dori shakli:

Infuzion eritma

Organizm tomonidan oqsillarning yo‘qotilishini oldini olish, davolash va suyuqlik bilan ta’minlash uchun (masalan, operatsiyalardan, qon ketishlar, kuyishlardan keyin) parenteral ozuqa. Oqsillarning yuqori sarfida yoki ovqat hazm qilinishidagi uning tushishini, so‘rilishini va chiqarilishini buzilishlarida, unga yuqori ehtiyoj natijasida paydo bo‘ladigan tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilishda qo‘llanadi.

Preparatning dozasi patsiyentning klinik holati va uning aminokislotalarga, elektrolitlar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyojiga (oziq-ovqatning tarkibi va kasallik chaqirgan katabolizmning darajasiga) qarab hisoblanadi. Kattalar uchun:

Biror-bir nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta’sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida bevosita “Berlin–Xemi AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Toshkent shahri, 100031, Afrosiyob ko‘chasi, 12 “A”  (biznes-markazi) manzili bo‘yicha xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘p axborot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

O‘zaro ta’sirlari to‘g‘risida emas, balki faqat to‘g‘ri kelmasligi haqida ma’lumotlar bor (boshqa dorilar bilan birga qo‘llanganida o‘zlashtiraolmaslik). Mikroblar bilan ifloslanishning yuqori xavfi va aminokislotalarni saqlovchi eritmalarning nomutanosibligi sababli, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Preparatda natriy disulfiti saqlanganligi tufayli yakka hollarda, xususan, astmasi bo‘lgan bemorlarda, qusish, ich ketishi, masofali xirillashlar, astmaning o‘tkir xurujlari, ongni-hushni buzilishlari yoki shok bilan namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Ushbu reaktsiyalarning har biri alohida holda juda turlicha kechishi va shuningdek hayotga xavf tug‘diruvchi holatlarga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponentlari – xususan, triptofan bilan reaktsiya mahsulotlari – jigarda yog‘larning ko‘rsatkichlarini, shuningdek plazmada bilirubin va jigar fermentlari ko‘rsatkichlarini oshishini chaqirishi mumkin.

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalarni ishlatish mumkin!

Intoksikatsiya simptomlari: Dozani oshirib yuborilganda yoki eritmani haddan tashqari tez yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi va aminokislotalarni buyrak orqali yo‘qotilishi kabi  preparatni o‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Haddan tashqari tez yuborish yoki kaliy saqlovchi eritmalarning haddan tashqari ko‘p miqdorini yuborish, xususan atsidozda va buyrak yetishmovchiligida, giperkaliyemiya chiqarishi mumkin. Kaliyning zardobdagi xavf tug‘diruvchi kontsentratsiyasi > 6,5 mmol/l ni tashkil etadi. Giperkaliyemiyaning simptomlari: mushaklarni kuchsizligi, sezuvchanlikni buzilishi, yurak faoliyatini buzilishi (sinusli bradikardiya, aritmiya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, QRS kompleksini hatto Gis tutami oyoqchalarini blokadasigacha kengayishi, angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda – EKG da T tishchasini o‘tkirlashishi, T tishchasini o‘zgarishi yashirin bo‘lishi mumkin). Intoksikatsiyani davolash: Infuziyani darhol to‘xtatish. Osmotik diurez. Kritik holatlarda – dializ samaralidir.

Deyarli rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik, brombutilkauchukdan tayyorlangan, teshish uchun rezina tiqin bilan berkitilgan, rangsiz infuzion shisha flakonda joylashgan. Flakon polipropilen va alyuminiy majmuaviy qopqoq bilan mustahkamlangan. O‘ram o‘lchami: 250 ml yoki 500 ml. Muomalada barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

Yaroqlilik muddati – 2 yil.