Alohida hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari (allergik reaktsiyalar), shu jumladan giperemiya, qichishish, eshakemi, ekzema, angionevrotik shish, toshmalar (shu jumladan vezikulyar), terini ta’sirlanishi, dermatit (shu jumladan kontakt dermatit), surtish joyida issiqlikni his qilish, achishish, mahalliy shish, po‘st tashlash, terini qurishi; ba’zida-unchalik katta bo‘lmagan pustulalar, pufaklar yoki pufakchalarni paydo bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda terining katta sohalarida uzoq vaqt qo‘llanganda, tizimli nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me’da sohasida og‘riq, jigar fermentlarining darajasini oshishi, ishtahani yo‘qolishi, diareya, og‘riq, qon quyilishlar, yaralar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: shishlar, siyishni buzilishlari, gematuriya, siydikning rangini yoki hidni o‘zgarishi; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xotirani buzilishi, eshitishni va ko‘rishni buzilishi, ongni chalkashish, depressiya, nutqni buzilishi.
Immun tizimi tomonidan: allergik rinit, Kvinke shishi, bo‘g‘ilish, anafilaksiya, astmatik xuruj.
Boshqalar: mushak kuchsiz, mialgiya, sariqlik, periferik qonning laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, arterial bosimini oshishi, ko‘zlarni qurishi va qizarishi.
Preparat propilenglikol va dimetilsulfoksidni saqlaydi, u terining ta’sirlanishi chaqirishi mumkin.
Odatda bu simptomlar preparat bekor qilingandan keyin mustaqil o‘tib ketadi.
Har qanday salbiy reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, albatta shifokor bilan preparatni keyingi qo‘llanishi bo‘yicha maslahatlashish lozim.