Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Indometatsin.
Preparatning savdo nomi:
Indometatsin Rektal shamchalar
Farmakalogik guruhi:
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Indometatsin to‘g‘ri ichakdan tez va to‘liq so‘riladi.
Asosan jigarda metabolizmga uchraydi, yuborilgan dozaning 70% metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali, 30% – me’da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.
Dializda chiqarilmaydi.
Ko‘krak sutiga o‘tadi.
Bo‘g‘im sindromi (revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra), umurtqa pog‘onasidagi og‘riq, nevralgiyalar, mialgiyalar, yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning travmatik yallig‘lanishi, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari, dismenoreya.
LOR-a’zolarining infektsion yallig‘lanish kasalliklarida, adneksitda, prostatitda, tsistitda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Rektal.
Kattalarga 1 shamchadan (50 yoki 100 mg) sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza 200 mg ni tashkil qiladi, uzoq muddat qo‘llanganida 75 mg dan oshmasligi kerak.
14 yoshdan oshgan bolalarga tana vazniga 1,5-2,5 mg/kg dan buyuriladi.
Me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, me’da-ichakdan qon ketishlar, toksik gepatit, qabziyatlar; arterial gipertenziya, yurak ritmining buzilishlari, suyak ko‘migining gipoplazmiyasi, aplastik anemiya, autoimmun gemolitik anemiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, trombotsitlarning faoliyatini buzilishi, suyuqlikning tutilishi, giperglikemiya, giperkaliyemiya, glyukozuriya.
Mahalliy reaktsiyalar: jig‘ildon qaynashi, qichishish, anorektal sohada og‘irlik hissi, gemorroyning zo‘rayishi.
Preparatga va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga (NYAQV) yuqori sezuvchanlik, me’da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi, proktit va kelib chiqishi turli rektal qon ketishlar, yurakning tug‘ma nuqsonlari (Fallo tetradasi, o‘pka arteriyasining atreziyasi), trombotsitopeniya, homiladorlik va emizish davri; 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak.
Indometatsinni qabul qilish iloji boricha alkogolli ichimliklarni istemol qilishdan saqlanish lozim.
Preparat avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Indometatsin rektal qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi juda kam uchraydi.
Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xotirani buzilishi va dezoriyentatsiya.
Og‘ir hollarda paresteziyalar, oyoq-qo‘llarning uvishishi, tirishishlar.
Davolash: simptomatik davolash, gemodializ samarasiz.