Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: NYAQV – gastropatiya, abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynashi, qusish, jig‘ildon qaynashi, anoreksiya, diareya, jigar faoliyatini buzilishi (qonda bilirubinni, “jigar” transaminazalarini oshishi).
Yuqori dozalarda uzoq muddatli qo‘llanganida – me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatlarida yaralar paydo bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirchanlik, charchoqlik, uyquchanlik, depressiya, periferik neyropatiya.
Sezgi a’zolari tomonidan: eshitishni pasayishi, quloqni shang‘illashi, ta’m sezishni buzilishi, diplopiya, ko‘rishni xiralashishi, ko‘z shox pardani xiralashishi, kon’yunktivit.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi, taxiaritmiya, arterial bosimni oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, proteinuriya, gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak so‘rg‘ichlari nekrozi.
Gemostaz tizimi tomonidan: qon ketishi (me’da-ichak, milk, bachadon, gemorroidal), trombotsitopeniya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm, kam – Layela sindromi, tugunsimon eritema, anafilaktik shok.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: agranulotsitoz, leykopeniya, giperglikemiya, glyukozuriya, giperkaliyemiya.
Boshqalar: aseptik meningit (ko‘proq autoimmun kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda), aplastik anemiya, autoimmun gemolitik anemiya, shish sindromi, ko‘p terlash.