Indometatsin rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Indometatsin

Preparatning savdo nomi:

Indometatsin

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Sirtga qo‘llanganda indometatsin tizimli qon oqimiga ozgina so‘riladi. Asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi.

Bo‘g‘im sindromi (revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra), umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar, nevralgiyalar, mialgiyalar, yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning travmatik yallig‘lanishida qo‘llanadi.

Sirtga. Surtmani og‘riqli bo‘g‘imlarga va tana sohalariga sutkada 2-3 marta teriga ishqalab surtiladi. Surtmaning kattalar uchun tubadan siqib chiqariladigan sutkalik umumiy miqdori 15 sm dan, bolalar uchun 7,5 sm dan oshmasligi kerak.

Allergik reaktsiyalar; terini qurishi, achishishi va qizarishi, preparat surtilgan joyda toshma bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surtma surtiladigan joylarda teri qoplamlari butunligini buzilishi, bolalik yoshi (1 yoshgacha), me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), qon ivishini buzilishi (shu jumladan gemofiliya, qon ketishi vaqtini uzayishi, qon ketishlariga moyillik), homiladorlik, laktatsiya davri.

Preparatni boshqa guruh dori vositalari bilan qo‘llanganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar ta’riflanmagan.

Preparatni faqat terining intakt sohalariga surtish kerak, uni ko‘zga yoki shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan bo‘lgan haroratda.

Retseptsiz

10% li surtma 25, 30 g dan tubalarda yoki 30 g dan bankalarda.

2 yil.