Indapamid SRretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: indapamid 1,5 mg yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, karbomer, gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk; qobiqning tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), laktoza monogidrati, makrogol 3000, glitserin triatsetati, temir (II) oksid (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), temir (IV) oksidi (Ye172).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

indapamid

Preparatning savdo nomi:

Indapamid SR

Farmakalogik guruhi:

sulfonamidlar

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan, uzoq muddatli ta’sirga ega tabletkalar

dumaloq, ikki tomoni qabariq, och-pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

sulfonamidlar

S03V A11.

Indapamid SR preparatining dori shakli – ta’siri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ta’sir etuvchi modda tabletkani ichidagi matritsa tizimida joylashgan, bu indapamidni asta-sekin ajralib chiqishini ta’minlaydi. So‘rilishi: indapamid tabletkadan sekin ajralib chiqadi va me’da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. Ovqat so‘rilish tezligini biroz tezlashtiradi, ammo so‘rilgan dori preparatning miqdoriga ta’sir qilmaydi. Dori preparatining zardobdagi maksimal kontsentratsiyasi yuborilgandan so‘ng taxminan 12 soatdan keyin aniqlanadi. Ko‘p marta qabul qilish, qabul qilishlar orasidagi intervallarda dori preparatining zardobdagi kontsentratsiyasining farqlarini kamayishiga yordam beradi. Shaxsiy farqlar mavjud. Taqsimlanishi: indapamid plazma oqsillari bilan 79% bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri eliminatsiya bosqichida 14 dan 24 soatgachani tashkil qiladi (o‘rtacha 18 soat). To‘yinish holatiga 7 kundan keyin erishiladi. Dozani takrorlash dori preparatining to‘planishiga olib kelmaydi. Chiqarilishi: indapamid organizmdan asosan siydik bilan (70%) va ahlat bilan (22%) faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 5% dan 7% gachasi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yuqori xavfli bo‘lgan guruh patsiyentlar: buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi.

Essentsial (birlamchi) arterial gipertenziyada qo‘llanadi.

Davolashni dozasi va davomiyligi har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda belgilanishi lozim. Ichga qabul qilinadi. Sutkada 1 tabletka, preparatni ertalab qabul qilgan afzal. Tabletkalarni butunligicha, suv bilan birga yutish kerak. Yuqori dozalarda indapamid kuchliroq antigipertenziv ta’sir namoyon qilmaydi, ammo saluretik ta’siri kuchayadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) preparatni qo‘llash mumkin emas. Tiazidli diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlari buyrak faoliyati normada bo‘lganida yoki agar buyrak faoliyati kuchsiz darajada buzilgan holatlarda ko‘proq samaralidir. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Og‘ir jigar yetishmovchiligi hollarida dori preparatini qo‘llash mumkin emas. Keksa yoshdagi patsiyentlar Keksa yoshdagi patsiyentlarda plazmadagi kreatinin kontsentratsiyasi patsiyentning yoshi, tana vazni va jinsini hisobga olish kerak. Indapamid SR dori preparati keksa yoshdagi patsiyentlarda faqat buyraklarning normal faoliyatida yoki faqat buyrak yetishmovchiligining yengil darajasida qo‘llash mumkin. Bolalar va o‘smirlar Xavfsizligi va samarasiga talluqli ma’lumotlarni yo‘qligini hisobga olib, preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Ko‘pgina klinik va laborator nojo‘ya ta’sirlar dozaga bog‘liq hisoblanadi. Tiazidsimon diuretik dori preparatlari, shu jumladan indapamid quyidagi nojo‘ya ta’sirlarni chaqirishi mumkin: Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma’lum (ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanib baxolash mumkin emas). Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranutotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: toliqish hissi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar. Tez-teziligi no’malum: hushdan ketish. Yurak tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya. Tez-tezligi no’malum: torsade de pointes potentsial o‘lim xavfi (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qusish. Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi. Juda kam hollarda: pankreatit. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: buyrak yetishmovchiligi Jigar va o‘t chiqaruvchi yo‘llar tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi. Tez-tezligi no’malum: – jigar yetishmovchiligi fonida jigar entsefalopatiyasini rivojlanishi mumkin (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin); – gepatit. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar – yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, asosan terida, allergik reaktsiyalar va astma reaktsiyalari paydo bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda. Tez-tez: dog‘li-papullyoz toshma. Tez-tez emas: purpura. Juda kam hollarda: angionevrotik shish va (yoki) eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi. Tez-tezligi no’malum: tizimli qizil yugurigi simptomlarini xurujlari bo‘lishi mumkin. Fotosensibilizatsiya holatlari aniqlangan (“ Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin). Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga ta’siri

Indapamidga, sulfonamidlarga yoki preparatning yordamchi moddalardan biriga yuqori sezuvchanlik – og‘ir buyrak yetishmovchiligi – jigar entsefalopatiyasi yoki jigar faoliyatini boshqa og‘ir buzilishlari – gipokaliyemiyada qo‘llash mumkin emas.

Indapamid bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lmagan dori preparatlari Litiy Plazmada litiy miqdorini oshishi dozani oshirib yuborilishi simptomlari bilan kelib chiqadi, kam tuzli parhez holatdagi kabi (siydik bilan litiyni kam chiqarilishi). Agar litiy tuzlarini va diuretik preparatlarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lsa, plazmada litiy tarkibini nazorat qilish va muvofiq dozasiga tuzatish kiritish zarur. Indapamid bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim bo‘lgan dori preparatlari Torsade de pointes chaqiruvchi, yurak ritmiga ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar – antiaritmik preparatlarning Ia sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid); – antiaritmik preparatlarning III sinfi (amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid); – ayrim antipsixotik preparatlar – fenotiazin hosilalari (xlorpromazin, tsiamemazin, levomepromazin, tioridazin, triftoperazin), benzamid hosilalari (amisulpirid, sulpirid, sultoprid, tiaprid), butirofenon hosilalari (droperidol, galoperidol); – boshqa preparatlar: bepridil, tsizaprid, difemanil, eritromitsin (vena ichiga yuborilganida), galofantrin, mizolastin, pentamidin, sparfloksatsin, moksifloksatsin, vinkamin (vena ichiga yuborilganda). Yurak qorinchalari aritmiyasini yuqori xavfi ayniqsa torsade de pointes (gipokaliyemiya moyil omil hisoblanadi). Ushbu preparatlarni qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda gipokaliyemiya rivojlanishiga patsiyentni nazorat qilish zarur va zarurati bo‘lsa kaliy miqdorini muvofiqlashtirish lozim. Plazmada elektrolitlar darajasini va EKG ko‘ratkichlarini nazorat qilish lozim. Gipokaliyemiya kelib chiqqan holatda torsade de pointes ni rivojlanish xavfini chaqirmaydigan dori preparatlarini qo‘llash lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari (ichga qabul qilish uchun), shu jumladan tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari (TsOG-2) va salitsilatlarni yuqori dozalari (sutkada ≥3g). Indapamidni antigipertenziv va samarasi kamayishi mumkin. Suvsizlangan patsiyentlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligini xavfi oshishi mumkin (kalavalar filtratsiyasi kamayishi). Patsiyentni gidratatsiya holatini nazorat qilish va buyrak faoliyatini monitoringini o‘tkazish lozim. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari Tasodifan arterial gipotenziyasi xavfi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan natriy ionlarini tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda (asosan buyrak arteriyalarining stenozi bo‘lgan patsiyentlarda) AAF ingibitorlarini buyurish. Arterial gipertenziyada diuretiklar bilan davolash natriy tanqisligini chaqirishini hisobga olib, quyidagilar: – indapamid qabul qilinganidan keyin rivojlanuvchi giponatriyemiyaning natijasida gipertenziya rivojlangan hollarda, uni qabul qilish AAF ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan 3 kun oldin to‘xtatiladi, yoki – AAF ingibitori bilan davolangan past dozadan boshlash so‘ngra uni asta sekin oshirish. Dimlangan yurak yetishmovchiligida AAF ingibitorlarini juda past dozalarda davolashni boshlash lozim, eng yaxshisi kaliy saqlamaydigan diuretikni dozasini kamaytirgandan so‘ng (agar buni iloji bo‘lsa). Barcha holatlarda AAF ingibitorlari bilan davolashni birinchi davomida buyrak faoliyatini monitoringi o‘tkazish zarur (kreatinin miqdorini). Gipokaliyemiyani chaqiruvchi boshqa dori preparatlari: V amfoteritsin (vena ichiga yuborilganda), glyukokortikosteroidlar va mineralokortikosteroidlar (ichga buyurilganda), tetranozaktid, peristaltikani rag‘batlantiruvchi surgi dori preparatlari. Gipokaliyemiyani rivojlanishini yuqori xavfi (additiv ta’siri). Qon plazmasida kaliy miqdorini monitoringini o‘tkazish zarur, asosan angishvonagul preparatlari bilan bir vaqtda davolash vaqtida. Ichak peristaltikasini rag‘batlantirmaydigan, surgi dori vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Baklofen Indapamidning antigipertenziv samarasini kuchaytiradi. Patsiyentning adekvat gidratatsiyasini ta’minlash va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak. Angishvonagul glikozidlari Angishvonagul glikozidlarini qo‘llangandan keyin toksik simptomlarini rivojlanishiga moyilligi osili bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun kaliy miqdorini nazorat qilish, EKG ni o‘tkazish zarur, zarurati bo‘lsa, davolashni ko‘rib chiqish lozim.

Ogohlantirishlar Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda tiazidsimon diuretik dori preparatlar jigar entsefalopatiyasini rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, asosan elektrolitlar almashinuvini buzilishida. Jigar entsefalopatiyasining simptomlari paydo bo‘lgan hollarda indapamidni bekor qilish kerak. Fotosezuvchanlik Tiazid diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlarini qo‘llanishi bilan bog‘liq fotosensibilizatsiya hollari aniqlangan. Agar davolanish vaqtida fotosensibilizatsiya reaktsiyalari paydo bo‘lsa, dori preparatini bekor qilish tavsiya etiladi. Agar diuretikni takroran qo‘llash zarurati kelib chiqsa, teri yuzasini quyosh nurlarining ta’sirdan yoki sun’iy ultrabinafsha nurlanishdan himoya qilish tavsiya etiladi. Yordamchi moddalar Dori preparati laktoza saqlaydi va galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslikda, laktoza tanqisligi (Lappa turi) yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi mumkin emas. Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

40 mg gacha dozada, ya’ni taxminan terapevtik dozadan 27 marta yuqori dozada indapamidni toksik ta’siri tasdiqlanmagan. Simptomlari O‘tkir zaxarlanish simptomlari suv-elektrolit muvozanatini buzilishi natijasida kelib chiqadi (giponatriyemiya, gipokaliyemiya). Ko‘ngil aynishi, qusish, arterial bosimini pasayishi, mushak spazmlari, bosh aylanishi, uyquchanlik, dezoriyentatsiya, poliuriya, anuriyaga olib keluvchi oliguriya (gipovolemiya oqibatida). Davolash Dozani oshirib yuborish hollarida me’dani yuvishni o‘tkazish yoki faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, shuningdek statsionar sharoitida suv-elektrolit muvozanatini tiklash kerak.

Retsept bo‘yicha

10, 14 yoki 15 tabletkadan PVC/PVDC va alyumin folgali kontur-uyali o‘ramida (blister). 10 tabletkadan 3 yoki 6 kontur o‘ramlar, 14 tabletkadan 2 yoki 4 kontur o‘ramda yoki 15 tabletkadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.