Imudon rasmini ko'rish

Tarkibi:

Preparat polivalent antigen majmuasi bo‘lib, bakteriyalarning lizatlarini aralashmasidir, uning tarkibi og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumda eng ko‘p yallig‘lanish jarayonlarini chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilarga mos keladi. Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Imudon® (bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi) – 2,7 mg (quruq moddaga hisoblanganda): shu jumladan bakteriya lizatlari: [L. acidophilis + L. delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] – 0,1575 mg. yordamchi moddalar: glitsin – 2,0 mg, natriy dezoksixolati- 0,53 mg, tiomersal – 0,0125 mg dan ko‘p emas

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi [L. acidophilis + delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. Nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] &

Preparatning savdo nomi:

Imudon

Farmakalogik guruhi:

immunrag‘batlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, yassi tsilindrik shaklli, silliq yaltiroq yuzali, chetlari qiya, yalpiz hidli tabletkalar, biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

immunrag‘batlantiruvchi vosita.

L03AX

Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llanadi: faringit;surunkali tonzillit;tonzilektomiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davr;yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftozli), glossit;eritematoz va yarali gingivit;og‘iz bo‘shlig‘ining disbakteriozi;tishlar olib tashlanganidan, sun’iy tish ildizlarini implantatsiyasidan keyingi infektsiyalar;tish protezlari chaqirgan yaralanish.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida va surunkali kasalliklarni zo‘rayishida preparat kuniga 8 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida 1-2 soat oraliq muddat bilan (chaynamasdan) shimiladi. Davolash kursining davomiyligi o‘rtacha 10 kun. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish uchun preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 2 soatda og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) so‘riladi. Kurs davomiyligi 20 kun. Imudon bilan yiliga 3-4 marta profilaktik kurslarni o‘tkazish tavsiya etiladi. 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini zo‘rayishini davolashda, shuningdek oldini olish preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 1-2 soat oralig‘ida og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) shimiladi. O‘tkir kasalliklarda davolash kursining davomiyligi 10 kun, surunkali kasalliklarni zo‘rayishini oldini olish uchun – 20 kun. Preparat bilan profilaktik davolash kursini yiliga 3-4 marta o‘tkazish tavsiya etiladi.

Kam hollarda preparatni qo‘llash allergik reaktsiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish), me’da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari) haroratni oshishi, bronxial astmani zo‘rayishi, yo‘tal bilan kechishi mumkin. Juda kam hollarda preparatni qo‘llash tugunli eritema, gemorragik vaskulit, trombotsitopeniyani rivojlanishi bilan kechish mumkin.

preparatga yoki uning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik;3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;autoimmun kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.

Aniqlanmagan. Imudon® ni boshqa guruh dori vositalari bilan ishlatish mumkin.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar tabletkalarni kattalarning majburiy kuzatuvi ostida shimishlari kerak!Imudon qo‘llanganidan keyin preparatning samaradorligini pasaytirmaslik uchun ovqat va suvni qabul qilmaslik, shuningdek bir soat davomida og‘izni chaymaslik kerak.Tuzsiz yoki kam tuzli parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarga preparat buyurilganida 1 tabletka Imudon 15 mg Na+ saqlashini hisobga olish kerak.Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga, ularda bakterial lizatlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilish kasallikning zo‘rayishini (bronxial astma xurujlari) chaqiradi, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Imudonni homilador ayollarda ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Hayvonlardagi muvofiq eksperimental ma’lumotlar va epidemiologik tekshirishlar mavjud emas.Imudon® ni homiladorlik yoki lktatsiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmagan.

SP 3.3.2.1248-03 muvofiq 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.

Imudonning dozasini oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan.

Retseptsiz

8 tabletkadan kompozitsion material poliamid alyuminiy PVX va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda (blister). 8 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.