Immunomodulinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: immunomodulin – 0,1 g; yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, inyektsiya uchun suv 1 litrgacha.

Preparatning savdo nomi:

Immunomodulin

Farmakalogik guruhi:

Immunomodulyatsiyalovchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, yashil-sariq rangli eritma.

Immunomodulyatsiyalovchi vosita.

Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kDa molekulyar og‘irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagotsitlar miqdorini tiklaydi va xususiy a’zo va to‘qimalarga qarshi yo‘naltirilgan hujayraviy immun reaktsiyalari jadalligini pasaytiradi, infektsion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag‘batlantirishi orqali jigardagi detoksikatsiyani, xamda organizm to‘qimalarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaktsinatsiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo‘lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag‘batlantiruvchi va gemorag‘batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari: og‘riq, dispeptik xolatlar, intoksikatsiyani tezda yo‘qolishi va sog‘ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo‘ladi.

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma’lumotlar yo‘q.

Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomiyelit, saramas yallig‘lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, piyelonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, o‘smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaktsinatsiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi.

Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 inyektsiya kurslari, har kuni bir inyektsiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo‘shimcha tutib turuvchi kurslar bir inyektsiyadan 2-7 kun oralig‘ida 2-16 hafta davomida o‘tkaziladi. Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha – 0,1 ml; 10-30 kg – 0,3 ml; 30-50 kg – 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga – 1,0 ml dan yuboriladi.

Kuzatilmagan. Allergik reaktsiyalar yuz berishi mumkin.

Aniqlanmagan.

Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin. Transportirovka Dav.Stan. 17768-90 Ye ga muvofik amalga oshiriladi.

Dozani oshirib yuborilishi xususida ma’lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.

Retsept bo‘yicha

0,01% inyektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) ampulalarda.

3 yil.