Immunoktaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500 mg metizoprinol (inozin pranobeks), yordamchi moddalar: povidon, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metizoprinol

Preparatning savdo nomi:

Immunokta

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riskali tabletkalar.

viruslarga qarshi vosita.

J05AX05.

So‘rilishi. Ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Ovqat qabul qilish inozin pranobeksni so‘rilishiga va uning qondagi farmakokinetikasi proportsionalligiga ta’sir qilmaydi. Qon plazmasidagi faol moddaning (inozin pranobeks) Cmax 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Farmakologik ta’siri taxminan 30 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va 6 soatgacha davom etadi. Metabolizmi. Tez metabolizmga uchraydi. Faol komponent inozin pranobeks ayrim hollarda qon zardobida darajasi oshishi mumkin bo‘lgan siydik kislotasini hosil bo‘lishi bilan endogen purin nukleotidlariga o‘xshab metabolizmga uchraydi. Buning natijasida siydik chiqarish yo‘llarida siydik kislotasi kristallari hosil bo‘lishi mumkin. Ta’sir etuvchi moddaning yordamchi komponentlari oksidlangan va glyukuron hosilalarigacha (N-N-dimetilamino-2-propranolon N-oksidgacha, paraatsetamidobenzoat esa – o-atsilglyukuronidgacha) metabolizmga uchraydi. Organizmda kumulyatsion samarasi aniqlanmagan. Chiqarilishi. Inozin pranobeksning yarim chiqarilish davri (T1/2) 50 minutni tashkil etadi. Ta’sir etuvchi moddaning faol va yordamchi komponentlari o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Faol komponent va uning metabolitlarining organizmdan chiqarilishi 24-48 soat davomida amalga oshadi.

I tip yoki IItip oddiy gerpes virusi chaqirgan teri va shilliq qavatlar infektsiyalari (oddiy gerpes), shuningdek Varicella zoster virusi chaqirgan kasalliklar (suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki).Anogenital soha papillomovirus infektsiyalari, o‘tkir uchli kondiloma, kimyoviy, SO2-lazerli, krio va elektrokoagulyatsion destruktsiya bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.Nimo‘tkir sklerozlovchi panentsefalit.Gripp va boshqa O‘RK davolash.Immun tizimi susaygan patsiyentlarda virusli infektsiyalar chaqirgan immuntanqisligi holatlarida qo‘llanadi.

Immunokta® sutkada 3-4 marta teng vaqt oralig‘ida ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida tabletkani chaynash mumkin. Aspiratsiya xavfi tufayli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Immunokta® tabletkasini qo‘llashdan oldin maydalash va/yoki ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlikda eritish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irlik darajasi, qaytalanishlar tez-tezligi va boshqalarga bog‘liq. Davolash kursi o‘rtacha 5-14 kunni tashkil etadi. Zarurati bo‘lganida 7-10 kunlik tanaffusdan keyin davolash kursini takrorlash mumkin. Tanaffuslar va samarani bir maromda saqlab turuvchi dozada davolash 1 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.

Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini aniqlash: tez-tez (≥1% va <10%), ba’zida (≥0,1% va <1%). Immunokta® hatto uzoq vaqt qo‘llanilganida ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘pincha inozin pranobeks metabolizmi chaqirgan qon zardobida va siydikda siydik kislotasining kontsentratsiyasini qisqa muddatli ahamiyatsiz oshishi kuzatiladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riq, transaminazalar va ishqoriy fosfotaza faolligini vaqtincha oshishi. Dermatologik reaktsiyalar: tez-tez – qichishish. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik; ba’zida – uyquchanlik, uyqusizlik. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: ba’zida – poliuriya. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez – bo‘g‘imlarda og‘riq. Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – podagrani zo‘rayishi, qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish va iloji boricha tezroq shifokorga murojaat etish kerak.

podagra;siydik tosh kasalligi;III darajadagi og‘ir buyrak yetishmovchiligi;aritmiya;1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;homiladorlik;laktatsiya (emizish) davri;tayyor dori shaklining komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Immunodepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Immunokta®ning samaradorligi pasayishi mumkin. Ksantinoksidaza ingibitorlari va urikozurik vositalar (shu jumladan, diuretiklar) Immunokta®ni qabul qilayotgan patsiyentlarda qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishiga olib kelishi xavfiga olib kelishi mumkin. Inozin pranobeksni zidovudin bilan birga qo‘llash qonda zidovudinning darajasini oshishi va uning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Bu inozin pranobeks bilan birga qo‘llanilganida zidovudinning pastroq dozalari buyurish va qabul qilish orasidagi intervallarni oshirish imkonini beradi. Agar patsiyent boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Agar davolash kasallikning erta bosqichlarida (1-chi sutkada afzal) boshlansa viruslarga qarshi boshqa vositalar kabi Immunokta® o‘tkir virusli kasalliklarda samaraliroq ekanligini yodda tutish kerak. Uni monoterapiyada ham, antibiotiklar, viruslarga qarshi va boshqa etiotrop vositalar bilan majmuaviy davolashda ham qo‘llanadi. 14 kundan ortiq uzluksiz davolaganda qon zardobida va siydikda siydik kislotasining darajasini nazorat qilish, 21 kundan ortiq davolaganda – har oyda jigar va buyrak faoliyatini (transaminazalar faolligi, kreatinin darajasi), periferik qon tarkibini nazorat qilish kerak. Immunokta®ni qon zardobida va siydikda siydik kislotasining darajasini oshishi mumkinligi tufayli giperurikemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Ushbu toifadagi patsiyentlarda dori vositasini qo‘llash zarurati bo‘lganida organizmda siydik kislotasining darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Siydik kislotasi darajasini ahamiyatli oshishi bo‘lgan patsiyentlarda uning darajasini pasaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. O‘tkir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Immunokta® ning dozasini kamaytirish tavsiya etiladi, chunki inozin pranobeksning metabolizm jarayoni jigarda amalga oshadi. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bolalar. 1 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. Keksa yoshdagi patsiyentlar. Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, dori vositasi kattalardagidek qo‘llanadi.

Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida Immunokta®ni qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu toifadagi patsiyentlarda uning xavfsizligi aniqlanmagan.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Inozin pranobeksning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar aniqlanmagan. Dozani oshirib yuborilganda me’dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Tabletkalar №10x2 stripda. 2 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.