Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralari haqida ma’lumotlar, a’zolar va tizimlar va ularning rivojlanish tez-tezligiga qarab ta’riflangan: juda tez-tez (≥10%); tez-tez (≥1% va <10%); tez-tez emas (≥0,1% va <1%); kam (<0,01%).
Qon va limfa tizimi Juda kam: qon hosil bo‘lishini buzilishi (anemiya, shu jumladan gemolitik, aplastik anemiya, gematokrit va gemoglobinni pasayishi, leykopeniya, purpurali/purpurasiz trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, eozinofiliya).
Birinchi belgilari: isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini eroziyasi, grippga o‘xshash simptomlar, yuqori charchoqlik xissi, qon ketishi, shu jumladan burundan ekximozlar, menorragiyalar.
Ibuprofen bilan uzoq vaqt davolashda qonning manzarasini nazorat qilish kerak.
Immun tizimi Tez-tez emas: teri toshmalari, eshakemi va qichishish bilan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Juda kam: anafilaktoid/anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan til, hiqildoqni shishi, Kvinke shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya bilan birga anafilaktik shok, bronxial astmaning simptomlarini zo‘rayishi, bronxospazm; aseptik meningit ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, dezoriyentatsiya bilan birga, odatda autoimmun kasalliklari (tizimli qizil yuguruk, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari kabilar) bo‘lgan patsiyentlarda.
Ibuprofenni qo‘llash vaqtida zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, yuguruk kasalligiga o‘xshash sindromi, Shenleyn-Genox vaskulitining alohida hollari haqida xabarlar berilgan.
Teri va teri osti kletchatkasi Tez-tez emas: toshma (shu jumladan makulopapulyoz).
Juda kam: eksfoliativ va vezikulobullyoz dermatitlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘pshaklli eritema).
Fotosensibilizatsiya reaktsiyalari, alopetsiya, ko‘p terlash hollari haqida xabarlar berilgan.
Istisno hollarda og‘ir teri infektsiyalari va suvchechakni kechishi vaqtida yumshoq to‘qimalar tomonidan asoratlar bo‘lishi mumkin.
Nerv tizimi/ruhiy buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.
Juda kam: tirishishlar, bosh aylanishi, emotsional labillik, ta’sirchanlik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, koma.
Tez-tezligi aniqlanmagan: psixomotor qo‘zg‘alish, xavotirlik, asteniya, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi (shu jumladan, uyquchanlik, uyqusizlik), lohaslik hissi, paresteziyalar, tremor.
Ovqat hazm qilish yo‘llari Tez-tez emas: epigastral sohada diskomfort hissi, qorin og‘rig‘i/spazmlari, dispepsiya, ko‘ngil aynishi.
Kam: og‘izni qurishi, diareya, qabziyat, meteorizm, qusish, ishtahani o‘zgarishi (shu jumladan, anoreksiya).
Juda kam: jig‘ildon qaynashi, glossit, ezofagit, gastrit, duodenit, me’da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan yarali stomatit, me’da yarasi), perforatsiyalar yoki me’da-ichak qon ketishlari (shu jumladan rektal qon ketishi), melena, gematelizis, ba’zida o‘lim bilan tugovchi (ayniqsa keksa yoshli odamlarda), yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, pankreatit.
Gepatobiliar tizimi Juda kam: (ayniqsa uzoq vaqt davolashda): zardob transaminazalarining darajasini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi, sariqlik, gepatorenal sindrom, jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi.
Siydik chiqarish tizimi Juda kam: tsistit, dizuriya, buyraklar faoliyatini giperkaliyemiya rivojlanishini bilan buzilishi mumkin, giperurikemiya, azotemiya, kreatinin klirensini pasayishi bilan, oliguriya/poliuriya, shishlar, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (ayniqsa, buyraklar faoliyatini ahamiyatli buzilishlari mavjud bo‘lgan patsiyentlarda), tubulyar nekroz, papillyar nekroz (ayniqsa, uzoq vaqt qo‘llanganida qon zardobida mochevinani oshishi bilan assotsiatsiyalangan), turli shakllardagi toksik nefropatiya, shu jumladan, interstitsial nefrit, glomerulonefrit, nefritik sindrom, nefrotik sindrom, gematuriya, proteinuriya.
Sezgi a’zolari Juda kam: quloqlarda shovqin, eshitishini yo‘qolishi, vertigo, ko‘ruv nervining toksik nevriti, ko‘rishning noaniqligi, skotoma, toksik ambliopiya, diplopiya, rang ajratishni o‘zgarishi, kon’yunktivit, “quruq ko‘z”, katarakta.
Yurak-tomir tizimi Juda kam: suyuqlikni tutilib qolishi, shishlar, arterial gipotenziya/gipertenziya, yurak urishi xis qilish, aritmiyalar (shu jumladan sinusli taxikardiya/bradikardiya), odatda yurak faoliyatining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yurak yetishmovchiligi.
Ibuprofen katta dozalarda (≥ 2400 mg/sut) uzoq vaqt qo‘llanganida tromboembolik hodisalar (miokard infarkti, insult) ning xavfi ahamiyatsiz darajada oshishi mumkin.