Ibuprofen Remedy rasmini ko'rish

Tarkibi:

ibuprofen200 yoki 400 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali37,6 yoki 75,2 mg;magniy stearati2,4 yoki 4,8 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

Ibuprofen-Remedy

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV).

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan 200 mg doza uchun – oq rangli “2” o‘lchamdagi, 400 mg doza uchun, “0” o‘lchamdagi qattiq jelatin kapsulalar

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV).

M01AЕ01

bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasining yallig‘lanish-degenerativ kasalliklari (shu jumladan revmatik va revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit va spondiloartrit (Bexterev kasalligi), osteoartroz, psoriatik artrit);podagra zo‘raygandagi bo‘g‘im sindromi;spondilyoz;Barre-Lyeu sindromi (bo‘yin migreni, umurtqa arteriyasi sindromi);tendinit, tendovaginit;bursit;radikulit;artralgiya;ossalgiyayumshoq to‘qima va tayanch-harakat apparatining jarohatli yallig‘lanishi;gematomalar;yallig‘lanish bilan kechuvchi operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi;infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi og‘riq sindromi: LOR-a’zolari (tonzillit, faringit, laringit, sinusit, rinit), bronxit, pnevmoniya, kichik chanoqdagi yallig‘lanish jarayonlari, adneksit, pannikulit, nefrotik sindromi (proteinuriya yaqolligini kamaytirish uchun), shuningdek algodismenoreya hamda mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;bosh va tish og‘rig‘i, migren;lyumbalgiya;ishialgiya;nevralgiyalar;mialgiyalar;nevralgik amiotrofiya;ko‘krak ildizchali sindrom;pay apparatining cho‘zilishi;infektsion-yallig‘lanish kasalliklardagi (shu jumladan shamollash, gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infektsiyalar), immunizatsiyadan keyin) isitmada qo‘llanadi.

Ichga, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan, ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinadi. Doza kasallikning og‘irlik daraajsi, organizmning holati, patsiyentning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi. Davolash davomiyligi va ularni o‘tkazish tez-tezligi shaxsiy ravishda aniqlanadi (kasallik turi va erishilgan davolash samarasiga ko‘ra). Kattalar uchun bir martalik dozasi 200-800 mg ni tashkil qiladi, qabul qilish tez-tezligi – sutkasiga 3-4 marta. Kattalar uchun maksimal sutkalik dozasi – 2,4 g. Bolalar uchun – sutkada 20-40 mg/kg, bir necha qabulga bo‘lgan holda.

Allergik reaktsiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, teri toshmasi (odatda eritematoz yoki urtikar), teri qichishishi, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm yoki dispnoe, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), allergik rinit. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘alish, xavotirlik, asabiylik va ta’sirchanlik, ko‘rishning buzilishi, kam hollarda – aseptik meningit (ko‘pincha autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), depressiya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, AB (arterial bosim) ni oshishi. Nafas olish tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ta’sirlanishi yoki qurishi kuzatilishi mumkin, tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, jig‘ildon qaynashi, ishtaha yomonlashishi, epigastral sohasida diskomfort his etish, meteorizm, qabziyat yoki diareya; MIY ning eroziv-yarali shikastlanishi; kam hollarda – og‘izda og‘riq, milklarning shilliq qavatini shikastlanishi, aftoz stomatit, yarali kolit yoki Kron kasalligining zo‘rayishi, uzoq vaqt qo‘llanilganida jigar faoliyatini buzilishi, qon ketishi (me’da-ichakdan, milkdan, bachadondan, gemorroidal), pankreatit, gepatit rivojlanishi mumkin. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanilganida buyraklar faoliyati buzilishi mumkin, hujayralardagi suyuqlik ushlanishining oshishi (shishlar), ayniqsa gipertoniyasi yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, allergik nefrit, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom (shishlar), poliuriya, tsistit. Sezgi a’zolari tomonidan: eshitishning pasayishi, quloqlarda shang‘illash yoki shovqin, ko‘rishning buzilishi – rangli ko‘rishining buzilishi, skotomalar, ko‘ruv nervining shikastlanishi, ko‘rishning noaniqligi yoki ikkilanishi, ko‘zning qurishi va ta’sirlanishi, kon’yunktiva va qovoqlarni shishi (allergik genezli). Qon yaratish tizimi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanilganida anemiya (shu jumladan gemolitik, aplastik), trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpura, agranulotsitoz, eozinofiliya, leykopeniya, pantsitopeniya kuzatilishi mumkin. Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: qon ketish vaqtini uzayishi, zardobdagi glyukoza kontsentratsiyasi pasayishi, KK kamayishi, gematokrit yoki gemoglobin darajasini kamayishi, zardobda kreatinin kontsentratsiyasi oshishi, jigar tranaminazalari faolligi oshishi mumkin.

preparat komponentlariga, shuningdek anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQV ga o‘ta yuqori sezuvchanlik;MIY ning zo‘rayish davridagi eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan zo‘rayish davridagi me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, Kron kasalligi, NYAK (nospetsifik yarali kolit));ko‘ruv nervi kasalliklari;qon yaratishni buzilishi, gemofiliya va boshqa qon ivishini buzilishlari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar;turli etiologiyali qon ketishlar;“aspirinli uchlik”;aortokoronar shuntlash davri;tasdiqlangan giperkaliyemiya;buyraklar (KK < 30 ml/min) va/yoki jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari;II “B” bosqichidan yuqori yurak yetishmovchiligi;homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llanilganida ibuprofen gipertenziyaga qarshi vositalar (AAF (angiotenzinga aylantiruvchi ferment) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar), diuretiklar (furosemid, gidroxlorotiazid), shuningdek urikozurik preparatlarning ta’sirini kamaytiradi. Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari ibuprofenning chiqarilishini kamaytiradi va plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi. Ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanilganida digoksin, fenitoin va litiyning plazmadagi kontsentratsiyalari oshishi haqida adabiyotlarda yagona holatlar qayd etilgan. Antikoagulyant, antiagregant, fibrinolitiklar, shuningdek estrogenlar va etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganida – ular ta’siri kuchayishi mumkin (bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi). NYAQP va GKS, shuningdek mineralokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida – MIY tomonidan nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanish havfi oshadi. Bir vaqtda qo‘llanilganida ibuprofen qonning plazma oqsillari bilan bog‘langan bilvosita antikoagulyantlar (atsenokumarol), gidantoin hosilalari (fenitoin), peroral gipoglikemik preparatlar, sulfonilmochevina hosilalarini siqib chiqarishi mumkin. Ibuprofen peroral gipoglikemik vositalar va insulinning ta’sirini kuchaytiradi, dozasiga tuzatish kiritish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida amlodipinning antigipertenziv ta’siri kam miqdorda kamayishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganida qon plazmasidagi ibuprofen kontsentratsiyasi hamda atsetilsalitsil kislotasining antiagregant ta’siri kamayadi (antiagregant vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda o‘tkir koronar yetishmovchiligi rivojlanish tez-tezligi oshishi mumkin). Baklofen bilan bir vaqtda qo‘llanilganida baklofenning toksik ta’siri kuchayishi haqida ma’lumotlar mavjud. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida qon ketish vaqti uzayishi mumkin, shuningdek mikrogematuriya, gematomalar kuzatilgan; kaptopril bilan – kaptoprilning antigipertenziv ta’siri kamayishi mumkin; kolestiramin va antatsidlar bilan – ibuprofenning so‘rilishi o‘rtacha yaqqollikda pasayishi mumkin. Litiy karbonati bilan bir vaqtda qo‘llanilganida litiyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Magniy gidroksidi bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ibuprofenning boshlang‘ich so‘rilishi oshishi mumkin. Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanilganida plazmadagi metotreksatning kontsentratsiyasi va uning toksikligi oshishi mumkin. Zidovudin va ibuprofen bilan majmuaviy davolaganda gemofiliyasi bo‘lgan OITV-infektsiyali patsiyentlarda gemartroz hamda gematomalar xavfini oshiradi. Ibuprofen va takrolimus bilan majmuaviy davolaganda buyraklardagi prostaglandinlar sintezi buzilishi tufayli nefrotoksik ta’sir rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Probenitsid yoki sulfinpirazon ibuprofenning organizmdan chiqarilish vaqtini uzaytirishi mumkin. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari – gepatotoksik ta’siri xavfini kamaytiradi. Tsefamandol, tsefaperazon, tsefotetan, valproat kislotasi, plikamitsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida gipoprotrombinemiya rivojanish tez-tezligini oshiradi. Tsiklosporin va oltin preparatlari ibuprofenning buyraklardagi prostaglandinlar sinteziga ta’sirini kuchaytiradi, bu esa nefrotoksiklik oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Ibuprofen tsiklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini va uning gepatotoksik samaralari rivojlanish ehtimolini oshiradi. Kofein analgetik ta’sirini oshiradi.

Gastropatiya simptomlari namoyon bo‘lganida ezofagogastroduodenoskopiya, gemoglobin, gematokrit aniqlanadigan qon tahlili, axlatning yashirin qon tahlilining sinchkov nazorati o‘tkazilishi kerak. MIY dan qon ketish belgilari paydo bo‘lganida ibuprofenni bekor qilish kerak. Ibuprofen obyektiv va subyektiv simptomlarni yashirishi mumkin, shuning uchun preparatni infektsion kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Bronxospazmning paydo bo‘lishi bronxial astmasi yoki anamnezida yohud hozirda allergik reaktsiyalar bilan og‘rigan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Preparatni minimal samarali dozada qo‘llash orqali nojo‘ya samaralarni kamaytirish mumkin. Analgetiklarni uzoq vaqt qo‘llaganda analgetik nefropatiya rivojlanish xavfi bo‘lishi mumkin. Ibuprofen bilan davolash davomida ko‘rishning buzilishi aniqlangan patsiyentlar davolashni to‘xtatib, oftalmologik tekshiruvdan o‘tishlari lozim. Ibuprofen jigar fermentlari faolligini oshirishi mumkin. NPVS-gastropatiyalar rivojlanishi oldini olish uchun ibuprofenni prostaglandin Ye preparatlari (mizoprostol) bilan majmuaviy qo‘llash tavsiya qilinadi. 17-ketosteroidlarni aniqlash zaruriyati tug‘ilganda preparatni tekshiruv o‘tkazishdan 48 soat oldin bekor qilish kerak. Ibuprofenni qo‘llash ayollar fertilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida ayollarga homiladorlikni rejalashtirish tavsiya qilinmaydi. Davolash davrida alkogolni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Davolash davrida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.

Homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II uch oyliklarida ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanadi. Ibuprofen kam miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi. Laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Kapsulalar 50 yoki 100 mg dan, 10 ta kapsulalar polivinilxlorid plyonkali yoki bosma laklangan alyumin folgali yoki polimer qoplamali qog‘ozli kontur uyali o‘ramlarda. Bittadan yoki ikkitadan kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton penalda.

3 yil.