Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladi.
Peptik yara, perforatsiya yoki me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi qon ketishi, bu ayniqsa keksalarda o‘rin tutishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorinda og‘riq, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi ibuprofenni qo‘llangandan keyin qayd etilgan.
Gastrit kam rivojlangan.
Kam hollarda – me’da-ichak yo‘llari devori perforatsiyasi.
Juda kam hollarda – pankreatit.
Immun tizimi tomonidan: NYAQV ni qabul qilgandan keyin o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan.
Xususan: nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaksiya;nafas yo‘llari reaktivligini buzilishi (astma, bronxospazm va hansirash),terida turli ko‘rinishlar (har xil turdagi toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi va kamroq eksfoliativ va bullyoz dermatozlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va ko‘p shaklli eritema).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shishlar, gipertenziya va yurak yetishmovchiligi ko‘rinishlari NYAQV bilan davolanganda qayd qilingan.
Epidemiologik ma’lumotlar, ibuprofenni, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo‘llash bilan uzoq muddat davolanishda, miokard infarkti va insultni keltirib chiqaruvchi arterial tromboz xavfini biroz oshishini chaqirishi mumkinligidan dalolat beradi.
Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya.
Ruhiy buzilishlar: uyqusizlik, xavotirlik, depressiya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi buzilishlari: ko‘rish nervining nevriti, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik.
Infektsiyalar va invaziyalar: rinit va ensa mushaklarini rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma yoki oriyentatsiyani yo‘qolishi simptomlari bilan kechuvchi aseptik meningit (ayniqsa tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari kabi autoimmun buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda).
Ko‘rish a’zosi tomonidan: ko‘rishni buzilishi va ko‘ruv nervining toksik neyropatiyasi.
Qo‘loq va vestibulyar apparat tomonidan: eshitishni buzilishi, quloqni shang‘illashi va bosh aylanishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, jigar yetishmovchiligi, gepatit va sariqlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (juda kam), yorug‘likni sezuvchanlik reaktsiyalari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi va turli ko‘rinishdagi toksik nefropatiya, shu jumladan interstitsial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar: lohaslik, charchoqlik.
Yuqorida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar yoki dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha ushbu yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar yuz bergan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.