NYAQV bilan davolashda shish, arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi aniqlangan.
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlar va epidemiologik tadqiqotlarning ma’lumotlari ibuprofenni qo‘llash (ayniqsa 2400 mg yuqori dozalarda xar kuni), shuningdek uni davomli qo‘llash arterial trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) paydo bo‘lishi xavfini axamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari aniqlangan: nospetsifik allergik reaktsiyalar, anafilaksiya va nafas tizimi tomonidan reaktivlik, masalan bronxial astma, bronxial astmani zo‘rayishi, bronxospazm, hansirash, turli teri reaktsiyalari, masalan qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, hamda juda kam hollarda eksfoliativ va bullez dermatitlar (shu jumladan epidermal nekroliz va ko‘p shaklli eritema) aniqlangan.
Quyida keltirilgan nojo‘ya samaralarning ro‘yxati retseptsiz beriladigan preparatlar tarkibida ibuprofenni davomli bo‘lmagan qo‘llashda kuzatilgan nojo‘ya samaralari bilan bog‘liq.
Surunkali kasalliklarni uzoq muddat davolashda qo‘shimcha qo‘shimcha nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin.
Umumiy buzilishlar: eshakemi va qichishish ko‘rinishidagi yuqori sezuvchanlik, quyidagi ko‘rinishlar: yuz, til va xalqumni shishi, hansirash, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi (hatto shokkacha anafilaksiya, Kvinke shishi), gepatorenal sindrom, bronxial astmani zo‘rayishi va bronxospazm bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorin og‘rig‘i, jig‘ildon qaynashi, yarali stomatit, dispepsiya va ko‘ngil aynishi; diareya, meteorizm, qabziyat va qusish, pankreatit, duodenit, ezofagit; yara kasalligi, perforatsiya va me’da-ichak qon ketishlari, ular alohida hollarda, ayniqsa keksa yoshli shaxslarda o‘limga olib kelishi mumkin.
Yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi.
Nevrologik buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, jizzakilik, asabiylik, depressiya, uyquchanlik, uyqusizlik, xavotirlik, psixomotor qo‘zg‘alish, emotsional beqarorlik, tirishishlar; aseptik meningit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: qon zardobida mochevinaning yuqori miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan, ayniqsa davomli qo‘llanganidagi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, papilonekroz va shish, tsistit, gematuriya, interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, oliguriya, poliuriya, tubulyar nekroz, glamerulonefrit.
Sezgi a’zolari tomonidan: eshitishni buzilishi, eshitishni pasayishi, quloqlarda jaranglash yoki shovqin, ko‘rishni noaniqligi, rang sezishni o‘zgarishi, toksik ambliopiya.
Endokrin tizim va metobolizmdagi buzilishlar: ishtahani pasayishi, ko‘zlar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, rinit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, sariqlik, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi.
Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: qon yaratish tizimini buzilishlari, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, eozinofiliya, gematokrit va gemoglobin darajasini pasayishi, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz.
Birinchi belgilari quyidagilar hisoblanadi: yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, gripp simptomlari, ozib ketishning og‘ir shakli, aniqlanmagan qon ketishlar va ko‘karishlar.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: teri toshmalari, purpura, terini qipiqlanishi, alopetsiya, fotosensibilizatsiya; ko‘p shaklli eritema va epidermal nekroliz kabi teri reaktsiyalarining og‘ir shakllari paydo bo‘lishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: autoimmun buzilishlar (xususan – tizimli qizil yugurik, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari) bo‘lgan patsiyentlarda ibuprofen bilan davolash vaqtida aseptik meningit simptomlarini paydo bo‘lishini (xususan – ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori harorat yoki dezoriyentatsiya) kamdan-kam hollari kuzatilgan.