Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
:
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
paratsetamol/ibuprofen
Preparatning savdo nomi:
Ibumol
Farmakalogik guruhi:
Analgetik va antipiretik.
Dori shakli:
tabletkalar
oq rangli, ikki tomoni qabariq, cho‘ziq shaklli qobik bilan qoplanmagan bir tomonida belgili tabletkalar.
Analgetik va antipiretik.
N02BE51
Ibuprofen me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi.
Ibuprofen diffuziya yo‘li bilan sinovial suyuqlikka o‘tadi.
Qon zardobidagi ibuprofenning cho‘qqi darajasiga, umuman olganda, qabul qilgandan so‘ng bir yoki ikki soat davomida erishiladi.
Ibuprofen jigarda, yoki metabolitlari holida, yoki asosiy kon’yugatlari holida, shuningdek oz miqdorda o‘zgarmagan holda buyraklar orqali birlamchi chiqariladigan ikki asosiy metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi.
Ibuprofen qabul qilinganidan so‘ng 24 soat davomida organizmdan butunlay chiqariladi.
Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.
Plazmada preparatning cho‘qqi kontsentratsiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 10-60 minut o‘tgach erishiladi.
Paratsetamol organizmning to‘qimalarida taqsimlanadi.
Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari, taxminan 10% glutation kon’yugatlari holida siydik bilan chiqariladi.
Paratsetamolning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 1 dan 3 soatgacha tebranadi.
Ibumol turli kelib chiqishga ega bo‘lgan o‘rtacha yaqqol og‘riq sindromida (bosh va tish og‘rig‘ida, nevralgiya, osteoxondroz, artralgiya, mialgiya natijasida rivojlangan beldagi og‘riqlarda, tendovaginit, bursitda, mushaklar, bog‘lamlar va paylarni cho‘zilishi natijasida rivojlangan og‘riqlarda) qo‘llanadi; shamollashda va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida (shu jumladan, yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida, quloq, tomoq va burun kasalliklarida, artritda, dismenoreyada, adneksitda) yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qo‘llash mumkin.
Kattalarga bir tabletka (400 mg/325 mg) dan sutkada 4 marta ovqatdan so‘ng.
Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 2 tabletkani, maksimal sutkalik doza – 6 tabletkani tashkil qiladi.
Jigar yoki buyraklarning faoliyati buzilganida preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 8 soat bo‘lishi kerak.
Shifokorning nazoratisiz preparatni isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq va og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi.
MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorin og‘rig‘i, me’da-ichak tizimini eroziv-yarali shikastlanishlari, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, qon ketishi, diareya.
Allergik reaktsiyalar: toshma, qichishish, eshakemi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Odatda nojo‘ya reaktsiyalar preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng o‘tib ketadi.
Bu preparatni qo‘llash mumkin emas: – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), ibuprofen, paratsetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma’lum bo‘lgan patsiyentlarda; – anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, bronxospazm, angioedema, asitma, rinitlar yoki eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar) bo‘lgan patsiyentlarda; anamnezida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan me’da-ichak yaralari/perforatsiyasi yoki qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarda; – qon ivishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda; – jiddiy jigar, buyraklar va yurak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda; – nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni saqlovchi boshqa preparatlar, shu jumladan, tsiklooksigenaza-2 (TsOG-2) ni spetsifik ingibitorlari va atsetilsalitsil kislotasini kuniga 75 mg dan ortiq dozasi bilan bir vaqtda ishlatilganida; – jiddiy nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, paratsetamol yoki ibuprofen saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda ishlatilganida; – homilada arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilish havfi va o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi mumkinligi sababli homiladorlikning oxirgi uch oyligi davomida qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlar ibuprofen bilan birga me’da-ichak yo‘llari (MIY) ga nojo‘ya ta’sirini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar geparin yoki trombolitik vositalarni Ibumol bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ibuprofen MIY yaralari va qon ketishlarini chaqirishi mumkin.
Ibuprofen peroral antidiabetik vositalar va insulinning gipoglikemik ta’sirini oshirishi mumkin.
Ibuprofen digoksin, tsiklosporin, litiy va metotreksatning plazmadagi kontsentratsiyalarini oshirishi mumkin.
Ibumolni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar va rifampitsin bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Ibumol furosemid va tiazid diuretiklarining siydik haydovchi ta’sirini kamaytirishi, xloramfenikol (levomitsetin) ning tsitotoksikligini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash shifokor bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak.
Keksa yoshli shaxslarda, jigar va buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda, surunkali yurak yetishmovchiligida, shuningdek antikoagulyant va gipolipidemik preparatlarni ichga qabul qilayotganlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni qabul qilish vaqtida jigarning shikastlanishini oldini olish uchun alkogol iste’mol qilish mumkin emas.
Preparat uzoq vaqt qabul qilinganida (5 kundan ortiq) periferik qonni va jigarning funktsional holatini nazorat qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
O‘tkir zaxarlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi va koma holati rivojlanadi.
Zaharlanishga gumon qilinganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: birinchi 4 soatni ichida me’dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi dori vositalarini yuborish (birinchi 12 soatda atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Retsept bo‘yicha
10 tabletkadan blisterda.
10 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.