GЕNFЕRONretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy muvofiq dozalar uchun 55 mg+250 000 XB + 10 mg, 55 mg+500 000 XB + 10 mg, 55 mg+1000 000 XB + 10 mg quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: rekombinant (ro IFN-α2b) odam alfa-2b interferoni – 250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB; taurin – 0,01 g, benzokain – 0,055 g; yordamchi moddalar: qattiq yog‘ – 1,65 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda, dekstran 60 000 – 0,0015 g, makrogol 1500 – 0,1240 g, polisorbat 80 – 0,0330 g, emulgator T2 – 0,1320 g, natriy gidrotsitrati – 0,0001 g, limon kislotasi – 0,0015 g, tozalangan suv – 0,0660 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benzokain+alfa-2b interferoni+taurin&

Preparatning savdo nomi:

GЕNFЕRON

Farmakalogik guruhi:

immunomodulyatsiya qiluvchi vositalar, interferonlar.

Dori shakli:

vaginal va rektal suppozitoriylar

Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, tsilindrik shaklli, o‘tkir uchli suppozitoriylar, uzunasiga kesilganida bir xil. Kesilganida havo o‘zagi yoki voronkasimon o‘yiqcha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

immunomodulyatsiya qiluvchi vositalar, interferonlar.

L03AB05

Preparat rektal yuborilganida interferonning yuqori biokiraolishligi (80% dan ko‘p) aniqlanadi, shu sababli yaqqol ham mahalliy, ham tizimli immunomodulyatsiya qiluvchi ta’sirga erishiladi, vagina ichiga qo‘llanganida infektsiya o‘chog‘idagi yuqori kontsentratsiya va shilliq qavati xujayralarida joylashishi hisobiga yaqqol mahalliy viruslarga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunda tizimli ta’siri vaginaning shilliq qavatidan past so‘rilish qobiliyati hisobiga ahamiyatsiz. Interferonning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat yuborilganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. α-interferonning asosiy chiqarilish yo‘li buyrak katabolizmidir. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash kerakligini belgilaydi.

Kattalardagi urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida: genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, qaytalanuvchi vaginal kandidozi, gardnerellyoz, trixomonoz, papillomavirusli infektsiya, bakterial vaginoz, bachadon bo‘yni eroziyasi, tservitsit, vulvovaginit, bartolinit, adneksit, prostatit, uretrit, balanit, balanopostit. Kattalarda bakterial etiologiyali surunkali qaytalanuvchi tsistitnimajmuaviy davolashda qo‘llanadi. Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Ayollardagi urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari. 1 suppozitoriydan (250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) vaginaga yoki rektal (kasallik xarakteriga qarab) sutkada 2 marta har kuni 10 kun davomida. Cho‘zilgan shakllarida haftada 3 marta, kunora 1 suppozitoriydan 1-3 oy davomida. Vaginadagi yaqqol infektsion-yallig‘lanish jarayonida 500 000 XB 1 suppozitoriyni vagina ichiga ertalab va 1 000 000 XB 1 suppozitoriyni rektal ravishda kechasiga, bir vaqtda vaginaga antibakterial/fungitsid agentlar saqlovchi suppozitoriylarni yuborish bilan birga qo‘llash mumkin. Ayollardagi urogenital yo‘llarning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolashda mahalliy immunitet ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish uchun 13-40 haftalik muddatdagi homiladorlikda 250 000 XB 1 suppozitoriydan vaginaga, sutkada 2 marta har kuni,        10 kun davomida qo‘llanadi. Erkaklardagi urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari. Rektal 1 suppozitoriydan (500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) sutkada 2 marta har kuni, 10 kun davomida. Kattalarda surunkali qaytalanuvchi tsistit majmuaviy davolash tarkibida. Kasallikni zo‘rayishida – standart antibakterial davolash kursi bilan birgalikda 10 kun davomida 1 suppozitoriydansutkada 2 marta rektal, keyin qaytalanishni oldini olish maqsadida 40 kun davomida 1 suppozitoriydan (1000 000 XB)kun ora rektal qo‘llanadi. Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolash tarkibida. 1 suppozitoriy (1 000 000 XB yoki 500 000 XB) dan sutkada 2 marta, 5 kun davomida, qo‘llaniladi.

Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Mahalliy allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchi va yuborish to‘xtatilganidan keyin 72 soat davomida yo‘qoladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davolashni davom ettirish mumkin. Alfa-2b interferonning barcha turlari qo‘llanganida paydo bo‘ladigan etni uvishishi, haroratni oshishi, toliqish, ishtahani yo‘qolishi, mushak va bosh og‘riqlari, bo‘g‘imlardagi og‘riq, terlash kabi ko‘rinishlar, shuningdek leyko- va trombotsitopeniya kuzatilishi mumkin, ammo ko‘pincha ular sutkalik doza 10 000 000 XB dan oshganida kuzatilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha og‘ir nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan. Boshqa har qanday preparat kabi alfa-2b interferon yuborilganidan keyin haroratning oshishi hollarida, bir marta 500-1000 mg dozada paratsetamol qabul qilish mumkin.

Interferonni va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa moddalarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

GЕNFЕRON® urogenital kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari (shu jumladan antibiotiklar va boshqa mikroblarga qarshi preparatlar) bilan birga qo‘llanganida juda samarali. Nonarkotik analgetiklar va antixolinesteraz dori vositalari benzokainning ta’sirini kuchaytiradi. Benzokain sulfanilamidlarning antibakterial faolligini kamaytiradi.

Urogenital infektsiyani qaytalanishini bartaraf qilish uchun bir vaqtda jinsiy sherikni ham davolash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi. Preparatni hayz ko‘rish vaqtida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, tsitomegalovirusli infektsiya, papillomavirusli infektsiya, qichishish bo‘lganida, bakterial vaginoz, urogenital yo‘llarining quyi bo‘limi sohalarida diskomfort va og‘riq hisslari bo‘lganida mahalliy immunitetning ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish uchun qo‘llash ko‘rsatilgan. Klinik tadqiqotlar bilan homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida 250 000 XB GЕNFЕRON® preparatini qin ichiga qo‘llashning xavfsizligi isbotlangan. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. GЕNFЕRON® preparati alohida ehtiyotkorlik va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyatni (transport vositalarini, mashina qurilmalarini va shu kabilarni boshqarish) bajarishga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

20S dan 80S gacha bo‘lgan haroratda.

GЕNFЕRON® preparatining dozasini oshrib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Tasodifan bir vaqtda shifokor buyurganidan ko‘p miqdorda suppozitoriylar yuborilganida, keyingi yuborishni 24 soatga to‘xtatish kerak, undan keyin davolashni ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha tiklash mumkin.

Retsept bo‘yicha

Suppozitoriylar 55 mg+250 000 XB+10 mg, 55 mg+500 000 XB+10 mg, 55 mg+1 000 000 XB+10 mg 5 suppozitoriydan alyuminiy folga yoki polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.