GЕKSORAL rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: geksetidin – 2,0 mg; yordamchi moddalar: polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarinati, levomentol, evkalipt xivichsimon barglari moyi, natriy kaltsiy edetati, 96% li etanol, natriy gidroksidi, tozalangan suv, azot.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

geksetidin

Preparatning savdo nomi:

GЕKSORAL

Farmakalogik guruhi:

antiseptik vosita.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun aerozol

tiniq, rangsiz, yalpiz hidli suyuqlik.

antiseptik vosita.

A01AV12.

Geksetidin shilliq qavatga yaxshi yopishadi (adgeziya) va deyarli so‘rilmaydi. Faol modda bir marta qo‘llanganidan keyin uning qoldiqlari milklarning shilliq qavatida 65 soat davomida aniqlanadi. Tish karashida faol kontsentratsiyalar qo‘llanganidan keyin 10-14 soat davomida saqlanadi.

Simptomatik vosita sifatida. Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq infektsion yallig‘lanish kasalliklarida simptomatik davolash:tonzillit, angina (shu jumladan Plaut-Vintsent anginasi yonbosh valiklar anginasi), faringit, gingvit, stomatit, glossit, paradontoz;zamburug‘li kasalliklarJarohatlarda og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq xirurgik aralashuvlardanavval yoki keyin va jarohatlarda infektsion asoratlarni oldini olish, shu jumladan tishlar olinganidan keyin alveolalarni infektsiyalanishi oldini olish.Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, shuningdek og‘izdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilish uchun.

Mahalliy qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: preparatni tibbiy xodim bilan maslahatlashgan keyin qo‘llash mumkin. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: shikastlangan sohani nafasni tutib turib ishlov beriladi, 1-2 sekund davomida sutkada 2 marta purkaladi. Geksetidin shilliq qavatga yopishadi va shu tufayli turg‘un samara beradi. Shu sababli preparatni ovqatdan keyin qo‘llash kerak.

Dori preparatining ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qo‘llanganda aniqlangan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagi shaklda tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanib kelib chiqishi tez-tezligini baholash mumkin emas). Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan eshakemi), angionevrotik shish. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: agevziya, disgevziya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar. Kam hollarda: yo‘tal, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan hansirash. Me’da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: og‘iz qurishi, disfagiya, ko‘ngil aynishi, so‘lak bezlarini kattalashishi, qusish. Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar. Juda kam hollarda: yuborish joyida reaktsiyalar (shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatida ta’sirlanish, achishish hissi, og‘iz bo‘shlig‘i paresteziyasi, til rangini o‘zgarishi, tishlarni rangini o‘zgarishi, yallig‘lanishi, pufakchalar shakllanishi va yaralanishi). Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

preparatning har qanday komponetlariga yuqori sezuvchanlik;og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatida eroziv-deskvamoz shikastlanishlari;3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q. Aerozol qo‘llanganida uni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yutib yuborilganidan xavf tug‘ilmaydigan yoki og‘izda yot jismga (purkagichga) qarshilik ko‘rsatmaydigan, shuningdek preparat purkalganda nafasni ushlab tura oladigan yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin. Etanol tarkibi preparatda 5,15% ni tashkil qiladi. Preparatni bitta dozasi 20,3 mg etanol saqlaydi (absolyut spirtga qayta hisoblanganda). Aerozol ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi. Agar xattoki ballon bo‘sh bo‘lsa ham, ochilmasin, teshilmasin va siqilmasin. Agar dori vositasini yaroqsiz holatga kelsa yoki yaroqlilik  muddati tugagan bo‘lsa, uni oqar suvga oqizmang va ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketga joylashtiring va ahlat konteyneriga soling. Ushbu choralar, atrof muhitni himoya qilish uchun yordam beradi! Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi “GЕKSORAL®” preparatini homiladorlik va emizish davrida noxush samarasi haqida biron-bir xabarlar yo‘q. Shunga qaramasdan, “GЕKSORAL®” preparatini homilador va emizuvchi ayollarga buyurishdan oldin shifokor preparatni yo‘ldosh orqali va ona sutiga kirishi haqida yetarli ma’lumotlar mavjud emasligini hisobga olib, davolashning foyda va xavfini sinchiklab baholash kerak. Transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri Mahalliy qo‘llash uchun aerozol “GЕKSORAL®” dori preparati transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Geksetidinni dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llanganda toksik ta’sirini ko‘rsatishini ehtimoli kam. Etanol saqlovchi preparatni katta miqdorini yutib yuborish alkogolli intoksikatsiya belgilari/simptomlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishini har qanday holatlari bo‘lsa, tezda shifokor bilan maslaxatlashing. Alkogolli intoksikatsiyadagi kabi, davolash simptomatik. Ortiqcha dozani yutib yuborgandan keyin 2 soat davomida me’dani yuvish lozim.

Retseptsiz

Mahalliy qo‘llash uchun 0,2% li aerozol. 40 ml dan preparat ichi lak bilan qoplangan alyumin aerozol ballonda. 1 aerozol ballondan purkovchi-uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. Aerozol ballon ichidagisini birinchi qo‘llashdan keyin 6 oy davomida qo‘llash mumkin.