Guttalaksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml (= 15 tomchi) da ta’sir etuvchi modda 7,5 mg natriy pikosulfati saqlanadi. Yordamchi moddalar: natriy benzoati (Ye 211), suyuq parafin (kristallanmaydigan) (Ye 420), natriy tsitrati digidrati (Ye 331), limon kislotasi monogidrati (Ye 330), tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Guttalaks®

Farmakalogik guruhi:

Kontakt ta’sir qiluvchi surgi vositalari. Natriy pikosulfati.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tomchilar

Biroz qovushqoq, rangsizdan sarg‘ish yoki och sariq-jigarrang rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.

Kontakt ta’sir qiluvchi surgi vositalari. Natriy pikosulfati.

A06AV08.

So‘rilishi va taqsimlanishi Ichga qabul qilinganidan so‘ng natriy pikosulfati ahamiyatli darajada so‘rilmay, yo‘g‘on ichakka tushadi. Biotransformatsiyasi Natriy pikosulfatini ichakning distal qismida bakterial parchalanishi natijasida uning faol metaboliti – bis-(r-gidroksifenil)-piridil-2-metan hosil bo‘ladi. Chiqarilish Metabolizmga uchraganidan so‘ng faol metabolitning faqat ozgina qismi so‘riladi. 10 mg natriy pikosulfati ichga qabul qilinganidan so‘ng qabul qilingan dozaning 10,4% faol metabolitning glyukuronidi ko‘rinishida 48 soatdan keyin siydik bilan chiqarilgan. Farmakokinetikasi va farmakodinamikasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik Preparatning ta’siri faol metabolitni ajralib chiqishiga qarab 6-12 soatdan keyin kuzatiladi. Qon plazmasida faol metabolitning kontsentratsiyasi va surgi samarasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.

Qabziyatda, shuningdek defekatsiya jarayonini yengilashtirish zarurati bo‘lganida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Boshqa surgi vositalari kabi, GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki diagnostik tekshiruvlarsiz uzoq vaqt qabul qilish mumkin emas.

Dozalash Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, u holda kattalar uchun dozasi 10-18 tomchini tashkil etadi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga to‘g‘ri keladi). Ushbu dori vositasini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishi kerak bo‘lgan 4 yosh va undan katta bolalar uchun dozasi 5-9 tomchini tashkil etadi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga to‘g‘ri keladi). Dori vositasini eng kichik dozalarini qabul qilishdan boshlash tavsiya etiladi. Ichni muntazam kelishiga erishish uchun preparatning dozasi maksimal tavsiya etilgan dozaga erishilgunicha tuzatish kiritilishi mumkin. Kattalar uchun 18 tomchi hamda 4 yosh va undan katta bolalar uchun 9 tomchini tashkil etuvchi maksimal sutkalik dozani oshirish mumkin emas. GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarni har kuni muntazam ravishda yoki qabziyatning sababini aniqlamasdan uzoq muddat qabul qilish mumkin emas. Qo‘llash usuli GUTTALAKS ichga qabul qilish uchun tomchilarini kechqurun suyuqlik bilan yoki suyuqliksiz qabul qilgan afzal. Qabul qilingandan so‘ng ta’siri odatda taxminan 10-12 soatdan keyin boshlanadi.

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), yoki noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan Noma’lum: teri reaktsiyalari, masalan, angionevrotik shish, dori oqibatidagi toshma, toshma, qichishish. Immun tizimi tomonidan Noma’lum: allergik reaktsiyalar. Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez emas: bosh aylanishi. Noma’lum: xushdan ketish. Natriy pikosulfatini qabul qilgandan so‘ng rivojlanadigan bosh aylanishi va xushdan ketish belgilari parasimpatik qon-tomirlar reaktsiyasi (masalan, qorinda spastik og‘riq, defekatsiya) bilan namoyon bo‘ladi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: diareya. Tez-tez: qorinda og‘riq va diskomfort, qorinda spastik og‘riqlar. Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish. GUTTALAKS dori vositasini uzoq muddat va haddan tashqari ko‘p qo‘llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, GUTTALAKS diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, mushaklar bo‘shligiga, yurak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Ta’sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlar yoki preparatning yordam moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik.Ichak stenozi yoki ichak tutilishi.Tana haroratini oshishi, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechishi mumkin bo‘lgan qorinda kuchli og‘riq (masalan, appenditsit).Me’da-ichak yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari.Og‘ir darajadagi suvsizlanish.Preparatning yordamchi moddalaridan birortasini nasliy o‘zlashtirolmaslik hollari. GUTTALAKS preparatini 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas. Kattaroq yoshdagi bolalarga GUTTALAKS preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llash kerak. Suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda (masalan, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi), dori vositasi faqat shifokorning nazoratida qo‘llanishi mumkin.

Homiladorlik Homilador ayollar ishtirokida adekvat klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 10 mg/kg va undan yuqori sutkalik dozalarda qo‘llanganida reproduktiv toksiklikni ko‘rsatdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, GUTTALAKSNI homiladorlik vaqtida qabul qilish mumkin emas. Emizish davri Klinik ma’lumotlar, natriy pikosulfatning na faol metaboliti, na uning glyukuronidlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqmasligini ko‘rsatdi. Demak, GUTTALAKS preparati emizish davrida qo‘llanishi mumkin. Fertillik Dori vositasini odamning fertilligiga ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Klinika oldi tadqiqotlarda, dori vositasini fertillikka biron-bir ta’siri aniqlanmagan.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi axlatni suyuq kelishiga (diareya), qorinda spastik og‘riqlarga va suyuqlik, kaliy hamda boshqa elektrolitlarni klinik jihatdan ahamiyatli darajada yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Dozasi o‘tkir oshirib yuborilganida, agar qabul qilinganidan so‘ng qusish suniy ravishda chaqirilsa va me’da imkon boricha tezroq yuvilsa, GUTTALAKSNING ta’siri kamaytirilishi yoki bartaraf qilinishi mumkin. Yo‘qotilgan suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va elektrolitlar muvozanatini to‘g‘rilash tavsiya etiladi. Ma’lum bir holatlarda spazmolitik vositalarni qo‘llashni ko‘rib chiqish mumkin. Natriy pikosulfati qabziyatni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozalarda qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘g‘on ichakning shilliq qavatini ishemiyasi rivojlanganligi yuzasidan ayrim xabarlar olingan. GUTTALAKSNING dozasini surunkali oshirib yuborilishi, boshqa surgi vositalari kabi surunkali diareya, qorinda og‘riq, gipokaliyemiya, ikkilamchi giperaldosteronizm va siydik tosh kasalligini chaqirishi mumkin. Surgi vositasini haddan tashqari yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash buyrak naychalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliyemiya va mushak kuchsizligiga olib kelishi mumkin.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Ichga qabul qilish uchun tomchilari 7,5 mg/ml 15 ml yoki 30 ml dan plastmass flakonlarda. Flakon tiqin-tomchilagich va buraladigan qopqoq bilan berkitilgan, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.