Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: metizoprinol (inozin pranobeks) – 500 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon K-25, magniy stearati, etanol.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
inozin pranobeks
Preparatning savdo nomi:
Groprinosin®
Farmakalogik guruhi:
viruslarga qarshi vosita.
Dori shakli:
tabletkalar
uzunligi 17 mm, qalinligi 7 mm bo‘lgan oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, bir tomonida bo‘lish uchun riskali tabletkalar.
viruslarga qarshi vosita.
J05AX05.
I yoki II tip gerpes viruslari va Varicella zoster virusi (suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki virusi) chaqirgan teri va shilliq qavati infektsiyalarida;anogenital sohadagi papilloma virusi infektsiyasi, o‘tkir uchli kondiloma, SO2 lazer dekstruktsiya va podofillin bilan davolashga qo‘shimcha sifatida;nimo‘tkir osti sklerozlanuvchi panentsefalitda;immun tizimi susaygan patsiyentlardagi virusli infektsiyalar chaqirgan immuntanqislik holatlarida qo‘llaniladi.
Preparat yaxshisi ovqatdan keyin, teng vaqt oralig‘ida sutkada 3-4 marta ichga qabul qilinadi; zarurati bo‘lganida tabletkani chaynash, bevosita qo‘llashdan oldin maydalash va/yoki ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suvda eritish mumkin (6 yoshdan kichik bolalarda aspiratsiyadan saqlanish uchun).
Davolash davomiyligi nozologiyaga, jarayonning og‘irligi va qaytalanish tez-tezligiga qarab individual ravishda belgilanadi.
Davolash davomiyligi o‘rtacha 5-14 kunni tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida 7-10 kunlik tanaffusdan so‘ng davolash kursi takrorlanadi.
Tanaffuslar va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalar bilan davolash 1 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.
Preparatning tavsiya etilgan dozalari va qo‘llash sxemasi: – suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki va labial gerpes: kattalar – 2 tabletkadan sutkada 3-4 marta, bolalar – sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg hisobida 3-4 qabul qilishda 10-14 kun davomida (simptomlar yo‘qolgunicha); – genital gerpes: o‘tkir davrida 2 tabletkadan sutkada 3 marta 5-6 kun davomida; remissiya davrida samarani bir maromda ushlab turuvchi doza – 2 tabletkadan (1000 mg) sutkada 1 marta – 6 oygacha; – nimo‘tkir sklerozlovchi panentsefalit: sutkalik doza tana vazniga 50-100 mg/kg hisobidan 6 qabul qilishda (har 4 soatda) 8-10 kun davomida; 8 kunlik tanaffusdan keyin yengil kechishida qo‘shimcha yana 1-3 kurs, og‘ir kechishida – 9 kursgacha; – anogenital sohaning papillomavirusli infektsiya, o‘tkir uchli kandiloma: onkologik xavf past bo‘lganida – 2 tabletkadan sutkada 3 marta, davolash kursi – 14-28 kun; onkologik xavf yuqori bo‘lganida krioterapiya yoki SO2-lazer terapiya bilan majmuada – 2 tabletkadan sutkada 3 marta 5 kun davomida, 1 oy interval bilan 3 kurs.
– immuniteti susaygan patsiyentlar (majmuaviy davolashda): kattalar – 2 tabletkadan sutkada – 3-4 marta, davolash kursi 2 haftadan 3 oygacha; bolalar – sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg hisobidan 3-4 qabul qilishda 21 kun (yoki 3 kurs 7-10 kun davomida xuddi shunday interval bilan).
Immuntanqislik holatlarni muvofiqlashtirishda davolash kursi 3-9 haftani tashkil qilishi mumkin.
Preparat xatto uzoq muddat qo‘llanganida ham odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Barcha nojo‘ya samaralari preparat bekor qilinganidan keyin tez yo‘qoladi va qo‘shimcha davolashni talab qilmaydi.
Buyrak funktsiyasi normal bo‘lganida preparatni qo‘llash jarayonida qon zardobida va siydikda (ko‘proq keksa yoshdagi shaxslarda) siydik kislotaning darajasi vaqtinchalik ahamiyatsiz oshishi (biroq, norma atrofida) kuzatilishi mumkin.
3 oy va undan ko‘p davom etgan klinik tadqiqotlar davomida aniqlangan va postmarketing tekshirishlar asosida aks ettirilgan hisobotlarda tez-tez kuzatilgan (>1% hollar) nojo‘ya reaktsiyalarga quyidagilar kiradi: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani pasayishi, ba’zida qusishga olib keluvchi ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq;jigar tomonidan: qonda aminotransferazalar, ishqoriy fosfataza faolligini va karbamid azotini oshishi;teridagi o‘zgarishlari: qichishish, toshma;nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, charchoqlik, o‘zini yomon his qilish;boshqa reaktsiyalar: bo‘g‘imlarda og‘riq.
Kam hollarda uchraydigan noxush reaktsiyalarga (<1% hollar) quyidagilar kiradi: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qabziyat;nerv tizimi tomonidan: asabiylik, uyquchanlik yoki uyqusizlik;siydik tanosil tizimi a’zolari tomonidan: poliuriya (siydik hajmini oshishi);allergik reaktsiyalar – dog‘li-papullez toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish.
inozin pranobeks va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;podagra;siydik tosh kasalligi;III darajali og‘ir buyrak yetishmovchiligi;1 yoshgacha bo‘lgan bolalar; Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas, chunki bu toifadagi patsiyentlarda preparatning havfsizligi o‘rganilmagan.
Davolash oldidan shifokor bilan maslahatlashing.
Groprinosin boshqa virusga qarshi vositalar kabi, agar davolash kasallikni erta bosqichida boshlansa (yaxshisi birinchi sutkadan) virusli infektsiyani o‘tkir davrida yuqori samarali ekanligini yodda tutish kerak.
Bolalar 1 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas, chunki bu toifadagi patsiyentlarda preparatning havfsizligi o‘rganilmagan.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.
Preparat organizmning psixomotor funktsiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi va harakatlanayotgan mexanizmlar va transport vositalarga xizmat ko‘rsatadigan patsiyentlarga buyurilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.