Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyada diskomfort/og‘riq, anoreksiya, ta’m sezishni o‘zgarishi, glossit.
Immun tizimi tomonidan: yuqori suzuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, allergik reaktsiyalar.
Teri va teri osti kletchatkasi: eshakemi, teri toshmalari, shu jumladan eritematoz toshmalar, fotosensibilizatsiya reaktsiyalari, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, ekzema, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.
Allopetsiya, purpura, akne kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi va ruhiy buzilishlar: bosh og‘rig‘i, u davolashni davom ettirishda o‘tib ketadi, toliqish hissi, holsizlik, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi (shu jumladan uyquchanlik), jizzakilik, vahima, qo‘zg‘aluvchanlik, dahshatli tushlar ko‘rish, depressiya; periferik neyropatiya (shu jumladan oyoq-qo‘llarning paresteziyalari), migren, koordinatsiyani buzilishi.
Qon yaratish tizimi: granulotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, anemiya, porfiriyani va tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Reproduktiv tizim va sut bezlari: nomuntazam xayz ko‘rish, metroragiya, erektil disfunktsiya, homilani tushishi, rejalashtirilmagan homiladorlik.
Gepatobiliar tizim: gepatotoksiklik namoyon bo‘lishi mumkin, shu jumladan jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, jigar ichi xolestazi.
Yurak-qon tomir tizimi: palpitatsiya, taxikardiya, aritmiya, ekstrasistoliya, sinkope, kardiomiopatiya, qizib ketishlar, vaskulitlar.
Sezgi a’zolari: quloqlarda shovqin, vertigo, kon’yunktival gemorragiyalar, kon’yunktivit, ko‘zda og‘riq.
Nafas tizimi: dispnoe, bronxospazm/bronxial astmani zo‘rayishi, pnevmofibroz.
Boshqalar: alkogolni o‘zlashtiraolmaslik, kandidozli stomatit, gipertermiya, ko‘krak qafasida og‘riq, yuzda shish; artropatiya xolatlari grizeofulvin-induktsiyalangan miozitlar, podagra, bosh og‘rig‘i, artralgiya, mialgiya, tomoqda og‘riq bilan namoyon bo‘luvchi grippsimon sindrom xaqida xabarlar berilgan.
Grizeofulvin qo‘llanganida jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar kam ro‘y beradi va odatda preparatning yuqori dozalari va/yoki uzoq muddatli davolash bilan bog‘liq bo‘ladi.