Grippauz

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol BF                                                                  500 mg kofein BF                                                                           30 mg fenilefrin gidroxloridi BF                                         5 mg xlorfeniramin maleati BF                                             2 mg yordamchi moddalar: kaltsiy gidrookis, makkajo‘xori kraxmali, povidon (K-30), jelatin, xinolin sariq bo‘yog‘i, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan talk, suvsiz kolloid kremniy, natriy kraxmal glikolyati (A tip), natriy kroskarmelloza, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati, kofein.

Preparatning savdo nomi:

Grippauz

Farmakalogik guruhi:

O‘RK (o‘tkir respirator kasalliklar) va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

och sariq, kapsulasimon shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

O‘RK (o‘tkir respirator kasalliklar) va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun vositalar.

N02BE51

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarlik barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga orqali oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi. Jigar faoliyati buzilganida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga yordam beradi. Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tish hisobiga va monoaminooksidaza bilan me’dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me’da-ichak yo‘llarida va jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali chiqariladi. Xlorfeniramin maleat uchun so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi – yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri – 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

Tumov, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, et uvishishi, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi gripp, O‘RVI va shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.

Bolalarga: 6 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Kattalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

Kam holatlarda allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eritema, eshakemi), shuningdek bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta’sirchanlik, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;Homiladorlik, laktatsiya davri;Bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiqburchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezining kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik ta’sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo‘llash qorincha aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.

Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta’sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste’mol qilish mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: allergik reaktsiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

4 tabletka blisterda va qog‘oz konvertda №4. 10 tabletka blisterda №10. 50 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida №200 (50x4). 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan qutida №10 (1x10). 20 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan qutida №200 (20x10).

4 yil.