GRINTЕROLretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg ursodezoksixol kislotasi; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kremniy dioksidi, magniy stearati; kapsulasi (korpusi va qopqog‘i): titan dioksidi (Ye 171), jelatin. Ta’rifi: oq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – oq yoki deyarli oq rangli kukun.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ursodezoksixol kislotasi (ursodeoxycholic acid)

Preparatning savdo nomi:

GRINTЕROL

Farmakalogik guruhi:

o‘t kislotasi preparatlari.

Dori shakli:

kapsulalar

o‘t kislotasi preparatlari.

A05A A02 va A05V

UDXK organizmda tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Ichga qabul qilinganida u tezda va to‘liq so‘riladi. U 96-98 % ga plazma proteinlari bilan bog‘lanadi, jigar bilan samarali ekstraktsiyaga uchraydi hamda glitsin va taurin kon’yugatlari ko‘rinishida safro bilan chiqariladi. Ichakda ayrim kon’yugatlar dekonyugatsiyaga uchraydi va takroran so‘riladi. Kon’yugatlar shuningdek litoxol kislotasiga qadar degidroksilizatsiyaga uchrashi mumkin, uning bir qismi jigarda so‘riladi, sulfatlanadi va organizmdan safro yo‘llari orqali chiqariladi.

Birlamchi biliar tsirrozni (BBTs) davolashda;o‘t qopi faoliyat ko‘rsatayotgan patsiyentlarda rentgenda ko‘rinadigan o‘t toshlarini eritishda;6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kistozli fibroz (mukovistsidoz) bilan bog‘liq gepatobiliar buzilishlarda qo‘llaniladi.

BBTs ni davolashda va rentgenda ko‘rinadigan o‘t toshlarini eritishda Grinterolni qo‘llanilishida yoshga oid cheklovlar mavjud emas. Tana vazni 47 kg dan kam bo‘lgan patsiyentlar uchun yoki Grinterol kapsulalarini yutishda qiyinchilik sezadigan patsiyentlar uchun boshqa ishlab chiqaruvchining suspenziyasi mavjud. Birlamchi biliar tsirroz (BBTs) Sutkalik doza tana vazniga bog‘liq va 3 tadan 7 tagacha kapsulalarga qadar o‘zgarib turadi (14±2 mg UDXK/tana vaznining har kg ga). Davolashning dastlabki 3 oyida 250 mg li kapsulalarni sutkalik dozani 3 marta qabul qilish uchun ajratgan holda kun davomida qabul qilish kerak. Jigar funktsiyasini ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lganida dozani sutkada bir marta kechqurun qabul qilish mumkin. Tana vazni (kg)Sutkalik dozasi(mg/tana vaznining har kg)250 mg li kapsulalarbirinchi 3 oydakeyinchalikertalabkunduzikechqurunkechqurun (sutkada1 marta)47-6212-16111363-7813-16112479-9313-16122594-10914-162226110 dan ko‘p2237 Kapsulalarni suyuqlik bilan ichgan holda butunligicha yutish lozim. Qabul qilishning muntazamligiga rioya qilish zarur. Birlamchi biliar tsirrozda 250 mg li kapsulalarni qo‘llanilishi vaqt mobaynida chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. O‘t toshlarini eritish Kattalarda: odatdagi doza sutkada kechqurun 8-12 mg/kg ni (sutkada 750 mg ni) tashkil etadi. O‘t toshlarini eritish uchun zarur bo‘lgan vaqt odatda toshning o‘lchami va tarkibiga bog‘liq ravishda 6-24 oyni tashkil etadi. Davolashning muvaffaqiyatli ketayotganini ultratovushli yoki rentgen tadqiqotlari yordamida to toshlar yo‘qolishiga qadar har 6 oyda tekshirish kerak. Davolashni 4-12 haftalik interval bilan o‘tkaziladigan 2 ta ketma-ket xoletsistografik va/yoki ultratovush tekshiruvlarda o‘t toshlari aniqlanmay qolgunicha davom ettirish lozim. Bu har ikkala usul diametri 2 mm dan kichik bo‘lgan toshlarni aniqlashga imkon bermasligi bilan bog‘liq. UDXK bilan eritilganidan keyin o‘t toshlarining qaytalanishi ehtimoli 5 yil davomida 50% ga baholanadi. Rentgenokontrast yoki qisman rentgenokontrast toshlarni davolashda Grinterolning samaradorligi tekshirilmagan, ammo bu odatda rentgenda ko‘rinadigan toshlarga nisbatan ularning kamroq eruvchanligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Noxolesterinli toshlar rentgenda ko‘rinadigan toshlardan 10-15% ni tashkil etadi va UDXK ta’sirida erimaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Dozaga o‘zgartirish kiritish zarurati bo‘yicha dalillar yo‘q, ammo qo‘llash vaqtida nisbiy ehtiyotkorlik talab qilinadi. Pediatrik populyatsiya Xolesterinli toshlar va BBTs bolalarda kam uchraydi, ammo dozaga tana vazniga bog‘liq holda tuzatish kiritish lozim. Ushbu populyatsiyada Grinterolning samaradorligi va xavfsizligiga doir ma’lumotlar mavjud emas. Bolalarda kistozli fibroz (mukovistsidoz) bilan bog‘liq gepatobiliar buzilishlar Kistozli fibrozi mavjud 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza sutkada 20 mg/kg ni tashkil etadi va keyinchalik zarurat bo‘lganida doza sutkada 30 mg/kg gacha oshirilgan holda 2-3 marta qabul qilish uchun bo‘linadi. Tana vazni(kg)Sutkalik dozasi(mg/kg)250 mg li kapsulalarErtalabKunduziKechqurun20–2917-251—130–3919-2511140–4920-2511250–5921-2512260–6922-2522270–7922-2522380–8922-2523390–9923-25333100–10923-25334>110344 Agar Siz navbatdagi doza qo‘llanilishini yoddan chiqargan bo‘lsangiz, u holda bu haqda eslagan zahotiyoq dorini darhol qabul qiling. Agar dorini keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashib qolgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qo‘llamang. Dorini shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring va dozani ikki baravar oshirmang.

Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini baholash quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10 000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), shu jumladan alohida holatlarda. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Klinik tadqiqotlarda axlatning pastasimon ko‘rinishda ekanligi yoki UDXK bilan uzoq vaqt davolashda diareya haqidagi xabarlar tez-tez uchragan. Juda kam hollarda BBTs ni davolashda o‘ng qovurg‘a ostida mahalliy kuchli abdominal og‘riq qayd etilgan. Jigar va o‘t qopi tomonidan buzilishlar UDXK bilan davolashda juda kam hollarda o‘t toshlarini kaltsiylanishi mumkin. BBTs ning rivojlangan bosqichlarini davolashda juda kam hollarda jigar tsirrozini dekompensatsiyasi kuzatiladi, u davolash to‘xtatilganidan keyin qisman regressiyaga uchragan. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, eshakemi yuz berishi mumkin. Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada qayd etib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.

Grinterolni quyidagi hollarda: o‘t qopi yoki o‘t chiqarish yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishida,o‘t chiqarish yo‘llarining tutilib qolishida (umumiy o‘t yo‘lining yoki o‘t qopi yo‘lining bekilib qolishida),jigar sanchiqlarining ko‘p uchrovchi epizodlarida,rentgenokontrast kaltsiylangan o‘t toshlarida,o‘t qopi qisqarishining buzilishida,dori vositasi tarkibiga kiruvchi har qanday moddaga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kistozli fibroz bilan bog‘liq gepatobiliar buzilishlarda: portoenterostomiyaning muvaffaqiyatsiz natijasida yoki o‘t chiqarish yo‘llari atreziyasi bo‘lgan bolalarda mos safro ketishining mavjud emasligida qo‘llash mumkin emas. Agar Sizda yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar yoki holatlarning birontasi qayd etilsa, bu haqda shifokorni preparat qabul qo‘llanilishiga qadar xabardor qiling.

Grinterolni xolestiramin, kolestipol yoki alminiy gidroksidini va/yoki smektitni (alyuminiy oksidini) saqlovchi antatsid preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu preparatlar UDXK ni ichakda bog‘lab qo‘yadi va shu tarzda uning yutilishiga to‘sqinlik qiladi va samaradorligini pasaytiradi. Agar qayd etib o‘tilgan moddalardan birini saqlovchi preparatlarni qo‘llanilishi zarur bo‘lsa, ularni Grinterol kapsulalari qabul qilinishidan eng kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach qo‘llash kerak. Grinterol tsiklosporinni ichakdan yutilishini kuchaytirishi mumkin. Tsiklosporinni qabul qilayotgan patsiyentlarda shifokor ushbu moddani qondagi kontsentratsiyasini tekshirishi va zarurat bo‘lganida tsiklosporinni dozasiga tuzatish kiritishi kerak. Ayrim hollarda Grinterol tsiprofloksatsin yutilishini kamaytirishi mumkin. Klinik tadqiqotlarda sog‘lom ko‘ngillilarda UDXK (sutkada 500 mg) va rozuvastatinni (sutkada 20 mg) birgalikda qo‘llanilishi plazmada rozuvastatin kontsentratsiyasini bir muncha oshishiga olib kelgan. Mazkur o‘zaro ta’sirning klinik ahamiyati, shuningdek boshqa statinlarning ahamiyati noma’lum. UDXK sog‘lom ko‘ngillilarda kaltsiy nitrendipini antagonistining plazmadagi maksimal kontsentratsiyasini (Cmax) va egri chiziq ostidagi maydonini (AUC) kamaytirishi isbotlangan. Nitrendipin va UDXK ning birgalikda qo‘llanilishi natijasini sinchkov nazorat qilish tavsiya etiladi. Nitrendipin dozasini oshirish talab qilinishi mumkin. Bundan tashqari, dapsonning davolash ta’siri kuchsizlanishi haqida xabar berilgan. Ushbu ma’lumotlar, shuningdek in vitro sharoitda olingan ma’lumotlar UDXK R450 3A tsitoxromi fermentlarining induktsiyasini potentsial keltirib chiqarishi mumkinligini taxmin qilishga imkon beradi. Ammo R450 3A tsitoxromining isbotlangan substrati bo‘lgan budesonid bilan o‘zaro ta’siriga doir yaxshi rejalashtirilgan tadqiqotida bunday ta’sir kuzatilmagan. Estrogen gormonlar, shuningdek qonda xolesterin kontsentratsiyasini kamaytirish uchun klofibrat kabi preparatlar jigar tomonidan xolesterin sekretsiyasini kuchaytirishi va shu tarzda o‘t qopida tosh hosil bo‘lishiga yordam berishi mumkin bo‘lib, ular toshlarni eritish uchun qo‘llaniladigan UDXK ga nisbatan qarama-qarshi ta’sirga ega bo‘ladi. Agar Siz biron-bir dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqda shifokorga xabar bering.

Grinterol kapsulalarini qabul qilish shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak. Davolashning dastlabki uch oyi davomida jigar faoliyatining funktsional ko‘rsatkichlarini (AST, ALT va GGT) har 4 haftada, keyinchalik esa uch oyda bir marta nazorat qilish lozim. Bu BBTs li patsiyentlarda davolashga nisbatan javob mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash, shuningdek ayniqsa kechki bosqichlarda BBTs li patsiyentlarda jigar funktsiyasining potentsial buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Kechki bosqichda BBTs ni davolash Davolash to‘xtatilganidan keyin qisman regress holatiga kelishi mumkin bo‘lgan jigar tsirrozi dekompensatsiyasi haqida juda kam hollarda xabar berilgan. BBTs li patsiyentlarda kam hollarda davolash boshlanishida simptomlar kuchayishi mumkin, masalan, qichishish kuchayishi mumkin. Bunday holatda Grinterol preparati dozasini sutkada bitta 250 mg li kapsulaga qadar pasaytirish kerak, so‘ngra dozani asta-sekin oshirib borish lozim. Diareya paydo bo‘lganida dozani kamaytirish lozim; agar diareya to‘xtamasa, davolashni to‘xtatish lozim. Xolesterinli o‘t toshlarini eritish Davolashda holatning yaxshilanayotganligini baholash, shuningdek toshlarning o‘lchamiga bog‘liq holda toshlar kaltsiylanishining biron-bir belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun davolash boshlanganidan keyin 6-10 oy o‘tgach patsiyent tik turgan va chalqancha yotgan holda (ultratovush nazorati ostida) xiralashgan joylarni tekshirish bilan o‘t qopini ko‘zdan kechirishni (peroral xoletsistografiyani) amalga oshirish lozim. Agar o‘t qopini rentgen suratlarida ko‘zdan kechirish mumkin bo‘lmasa yoki toshlar kaltsiylanishi yuz bergan holda o‘t qopining qisqarish faoliyati buzilganida yoki jigar sanchiqlari tez-tez yuz berganida Grinterolni qo‘llash mumkin emas. O‘t toshlarini eritish uchun Grinterolni qabul qiluvchi ayollar kontratseptsiyaning samarali nogormonal usulidan foydalanishlari kerak, chunki gormonal kontratseptivlar o‘t qopida toshlar hosil bo‘lishini kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlik UDXK ni homiladorlikda qo‘llanilishi haqida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikning erta bosqichlarida reproduktiv toksikligini isbotlaydi. Grinterolni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas, o‘ta zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno. Reproduktiv yoshdagi ayollar faqat kontratseptsiyaning ishonchli vositalaridan foydalangan hollarda, preparatni qabul qilishlari mumkin. Nogormonal kontratseptsiya vositalaridan yoki estrogenlar miqdori past bo‘lgan peroral kontratseptivlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘t qopida toshlarni eritish uchun Grinterolni qabul qilayotgan ayol patsiyentlar samarali kontratseptsiyaning samarali nogormonal vositalaridan foydalanishlari lozim, chunki gormonal peroral kontratseptivlar o‘t qopida toshlar hosil bo‘lishini kuchaytirishi mumkin. Davolash boshlanishiga qadar homiladorlik ehtimolini istisno etish lozim. Emizish Emizish davrida preparatni qo‘llashning bir necha qayd etilgan hollariga doir ma’lumotlarga ko‘ra ko‘krak sutida UDXK miqdori juda past bo‘lgan, shu sababli bunday sutni emayotgan bolalarda biron-bir noxush holatlar rivojlanishini kutmaslik kerak.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dozasi oshirib yuborilganida diareya bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishining boshqa simptomlari ehtimoli kam, chunki UDXK so‘rilishi doza oshirilganida kamayadi va shu sababli preparatning katta qismi axlat bilan chiqariladi. Davolash: diareya paydo bo‘lganida dozani kamaytirish kerak; agar diareya doimiy bo‘lsa, davolash to‘xtatilishi lozim. Maxsus tadbirlarni o‘tkazishga zarurat yo‘q. Diareya oqibatlarini simptomatik ravishda, suyuqlik va elektrolitlar muvozanati tiklangan holda davolash lozim. Patsiyentlarning alohida guruhlari uchun qo‘shimcha ma’lumot Birlamchi sklerozlanuvchi xolangiti bo‘lgan patsiyentlarda UDXK ning yuqori dozalari (sutkada 28-30 mg/kg) bilan uzoq muddatli davolash (qayd etilmagan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanilishi) jiddiy noxush holatlarning yuqoriroq tez-tezligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Doza oshirib yuborilganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan alyuminiy folgali va polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda. 5 yoki 10 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.

4 yil.