GRAMMIDIN s anestetikom neo rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: faol moddalar: gramitsidin S digidroxloridi – 3,20 mg (gramitsidin S ga hisoblanganda – 3,00 mg) tsetilpiridiniy xloridi monogidrati – 1,05 mg (tsetilpiridiniy xloridga hisoblanganda -1,00 mg) oksibuprokain gidroxloridi – 0,20 mg yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi – 5,00 mg, talk – 60,00 mg, atsesulfam kaliy – 15,00 mg, yalpiz hushbo‘yi – 25,00 mg, sorbitol  – 1065,55 mg, magniy stearati – 25,00 mg.

Preparatning savdo nomi:

GRAMMIDIN® s anestetikom neo

Farmakalogik guruhi:

antibiotik + antiseptik vosita + mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

So‘rish uchun tabletkalar

oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida GR yozuvli tabletkalar.

antibiotik + antiseptik vosita + mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

R02A

Preparat mahalliy ta’sirga ega va deyarli me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, bu amalda tizimli samaralarini butunlay yo‘qligini belgilaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: angina, faringit, tonzillit, paradontoz, gingivit, stomatit.

Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda so‘rish yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparat bevosita qo‘llanganidan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta. 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta. Preparat 7 kun davomida qabul qilinganida terapevtik samara bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar, tilni vaqtinchalik sezuvchanligini yo‘qolishi bo‘lishi mumkin.

– preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik; – 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – homiladorlik (I uch oylik);

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retseptsiz

So‘rish uchun tabletkalar. 9 tabletkadan polivinilxlorid yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va chop etilgan loklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 9 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.