Grammidin neo rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: faol moddalar: gramitsidin S digidroxloridi – 3,20 mg (gramitsidin S ga hisoblanganda – 3,00 mg) tsetilpiridin xlorid monogidrati – 1,05 mg (tsetilpiridiniy xloridiga hisoblanganda – 1,00 mg) yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi – 5,00 mg, talk – 60,00 mg, atsesulfam kaliy – 15,00 mg, yalpiz hushbo‘yi – 25,00 mg, sorbitol – 1065,75 mg, magniy stearati – 25,00 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Gramitsidin S+tsetilpiridiniy xloridi

Preparatning savdo nomi:

Grammidin neo

Farmakalogik guruhi:

antibiotik+antiseptik vosita

Dori shakli:

So‘rish uchun tabletkalar

oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida GR yozuvi tabletkalar.

antibiotik+antiseptik vosita

[R02A]

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibi mikroblarga qarshi vosita gramitsidin S, va antiseptik vosita – tsetilpiridiniy xlorididan iborat. Gramitsidin S ning ta’sir mexanizmi mikrob hujayrasining tsitoplazmatik membranasini preparatga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq, bu mikrob xujjatlarini uning chidamliligini buzadi va hujayrani xalok bo‘lishini chaqiradi. Gramitsidin S og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Tsetilpiridiniy xloridi antiseptik vositalar turkumiga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida infektsion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishi va ko‘payishini bostiradi. Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hisni kamaytiradi yutinishni yengillashtiradi, organizmga so‘rilganda gipersalivatsiyani chaqiradi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni mikroorganizmlardan mexanik tozalanishiga yordam beradi.

Preparat mahalliy ta’sirga ega va deyarli me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, bu amalda tizimli samaralarini butunlay yo‘qligini belgilaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: angina, faringit, tonzillit, paradontoz, gingivit, stomatit.

Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda shimish yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparatni bevosita qo‘llagandan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta. 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta. Preparat 7 kun davomida qabul qilinganida terapevtik samara bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi

Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

– preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik; – 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – homiladorlik (I uch oylik);

Grammidin® neo boshqa mahalliy va tizimli ta’sirga ega mikroblarga qarshi vositalarning samaralarini kuchaytiradi.

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retseptsiz.

So‘rish uchun tabletkalar. 9 tabletkadan polivinilxlorid yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va chop etilgan loklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 9 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.