Gozalidonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: gozalidon – 100 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza “Introtsel-T”, kaltsiy stearat yoki magniy stearat, kartoshka kraxmali yoki jo‘xori kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gossipolning imin hosilasi va N-polivinilpirrolidonni kompleks birikmasi .

Preparatning savdo nomi:

Gozalidon

Farmakalogik guruhi:

Protozoylarga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletka

to‘q sariqdan och jigarranggacha ranggacha bo‘lgan, nuqta-nuqtali, dumaloq, yuzasi tekis, bir tomonida riskali tabletkalar.

Protozoylarga qarshi vosita.

Xlamidiyalar bilan chaqirilgan kasalliklarni davolash – birlamchi va ikkilamchi bepushtlik, odat bo‘lib qolgan chala tug‘ish, xlamidiya xastaligi fonida gerpesga qarshi dori vosita sifatida; kichik chanoq a’zolarining qaytaluvchi yallig‘lanish jarayonlari (kolpit, tservitsit, bachadon bo‘ynini eroziyasi, metroendometrit, salpingit, salpingoforit, epididimit), prostatit, kelib chiqishi urogenital bo‘lgan reaktiv artrit, Reyter kasalligida (okulo-uretro-artrologik sindromi) qo‘llanadi.

Preparat bir kunda 3 marta 2 tabletkadan sxema bo‘yicha buyuriladi: preparat 3 kun qabul qilinadi – 3 kun tanaffus-3 kun qabul qilinadi – 3 kun tanaffus – 3 kun qabul qilinadi – 3 kun tanaffus – 3 kun qabul qilinadi. Davolash kursining umumiy davomiyligi – 21 kunni tashkil qiladi.

Aniqlanmagan.

Preparat komponentlariga bo‘lgan  yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ayrim hollarda, xlamidiya infektsiyalari bilan birga kuzatiladigan yallig‘lanish sindromlarini yo‘qotish uchun, preparat nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va tetratsiklin qatori antibiotiklar bilan  birga qo‘llash tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 0,1 g dan.

2 yil. Ulashish: 1 144 Views