Ichga, ovqatdan 15-20 minut keyin buyuriladi.
Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun – 0,75-3 g ni tashkil etadi.
Davolash kursi 1 oydan 4 oygacha, alohida hollarda – 6 oygacha.
3-6 oydan keyin takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Bolalarga, aqliy qoloqligida: 0,5 g dan kuniga 4-6 marta 3 oy davomida; nutqni rivojlanishi orqada qolganida 0,5 g dan kuniga 3-4 marta 2-3 oy davomida buyuriladi.
Neyroleptik sindromining korrektori sifatida kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga – 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.
Davolash kursi 1-3 oyni tashkil etadi.
Tutqanoqda: bolalarga 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta, kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3-4 marta, uzoq vaqt davomida (6 oygacha) buyuriladi.
Tiklarda: bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta, 1-4 oy davomida; kattalarga 1,5-3 g dan kuniga, 1-5 oy davomida buyuriladi.
Siyishning buzilishlarida: kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta; bolalarga 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg) buyuriladi.
Davolash kursi 2 haftadan 3 oygachani tashkil etadi.
Uzoq davolanish sharoitida boshqa nootrop va markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi vositalarini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.