Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: glyukoza – 0,4 g (suvsiz glyukozaga qayta hisoblaganda); yordamchi moddalar: xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi, natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
dekstroza
Preparatning savdo nomi:
Glyukoza
Farmakalogik guruhi:
Uglevodli oziqlantirish uchun vosita.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.
Uglevodli oziqlantirish uchun vosita.
V05SX01
Vena ichiga yuborilganidan keyin glyukoza qon oqimi bilan a’zolar va to‘qimalarga tushadi, u yerda metabolizm jarayonlariga kirishadi.
Glyukozaning zahiralari ko‘pchilik to‘qimalarning hujayralarida glikogen ko‘rinishida to‘planadi.
Glikoliz jarayoniga kirishib, glyukoza piruvat va laktatgacha metabolizmga uchraydi, anaerob sharoitlarda esa piruvat karbonad angidridi gazi va suvgacha, energiya va ATF hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Glyukozaning to‘liq oksidlanishining yakuniy mahsulotlari o‘pka va buyraklar orqali chiqariladi.
Gipoglikemiyada qo‘llanadi.
Glyukozaning 40% li eritmasi vena ichiga yuboriladi (juda sekin), kattalarga – bir yuborishga 20-40-50 ml dan.
Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchigacha (soatiga 1,5 ml/kg) tezlik bilan tomchilab yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborishda kattalar uchun doza – sutkada 300 ml gacha.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 15 ml/kg, lekin sutkada 1000 ml dan ko‘p emas.
Yuborish joyidagi reaktsiyalar: yuborish joyida og‘riq, venalarni ta’sirlanishi, flebit, venoz trombozi; Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan buzilishlar: giperglikemiya, gipokaliyemiya, gipofosfatemiya, gipomagniyemiya, atsidoz; Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: poliuriya, glyukozuriya; Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: polidipsiya, ko‘ngil aynishi; Organizmning umumiy reaktsiyalari: gipervolemiya, allergik reaktsiyalar (tana haroratini oshishi, teri toshmalari, angionevrotik shish, shok).
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan holda eritmani yuborishni to‘xtatish, patsiyentning holatini baholash va yordam ko‘rsatish kerak.
Glyukozaning 40% li eritmasini gipokaliyemiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlardan tashqari, bosh miya ichki va orqa miya ichki qon quyilishi; og‘ir darajali degidratatsiya, shu jumladan alkogolli deliriy; preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; anuriya; qandli diabet va giperglikemiya bilan birga kechuvchi boshqa holatlar; glyukozo-galaktozani malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Preparat qon preparatlari bilan bir vaqtda yuborilmaydi.
Glyukozaning 40% li eritmasini bir shpritsda geksametilentetramin bilan yuborish mumkin emas, chunki glyukoza kuchli oksidlovchidir.
Bir shpritsda ishqoriy eritmalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi: umumiy anestetiklar va uxlatuvchi vositalari, chunki ularning faolligi pasayadi, alkaloidlarning eritmalari bilan; streptomitsinni faolsizlantiradi, nistatinning samaradorligini pasaytiradi.
Tiazid diuretiklar va furosemidning ta’siri ostida glyukozaga tolerantlik pasayadi.
Insulin glyukozani periferik to‘qimalarga tushishiga yordam beradi, glikogenni hosil bo‘lishini, oqsillar va yog‘ kislotalarining sintezini rag‘batlantiradi.
Glyukoza eritmasi pirazinamidni jigarga toksik ta’sirini kamaytiradi.
Glyukoza eritmasining katta hajmini yuborish gipokaliyemiyani rivojlanishiga yordam beradi, bu bir vaqtda qo‘llanayotgan angishvonagul preparatlarining toksikligini oshiradi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida giperglikemiya, glyukozuriya, qonning osmotik bosimini oshishi (hatto giperglikemik koma rivojlangunicha), gipergidratatsiya va elektrolit muvozanatini buzilishi.
Bunday holda preparat bekor qilinadi va qondagi glyukozaning har 0,45-0,9 mmol ga 1 TB hisobidan insulin, qondagi glyukozaning darajasi 9 mmol/l ga erishilgunicha yuboriladi.
Qondagi glyukozaning darajasini asta-sekin pasaytirish kerak.
Insulinni buyurish bilan bir vaqtda muvozanatlangan tuzli eritmalar infuziya qilinadi.
Zarurat bo‘lganida simptomatik davolash buyuriladi.
Retsept bo‘yicha
5 ml va 10 ml dan ampulada.
10 dona ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.