GlyukoNoveksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: 1 mg glimepirid; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (AQSH F), polivinilpirolidon K-30 (AQSH F), mikrokristall tsellyuloza RN102 (AQSH F), natriy kraxmal glikolyati (AQSH F), magniy stearati (AQSH F), temir (III) oksidi (AQSH F), tozalangan suv (AQSH F).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

glimepirid

Preparatning savdo nomi:

GlyukoNoveks

Farmakalogik guruhi:

Peroral qabul qilish uchun qand darajasini pasaytiruvchi preparatlar. Sulfonilmochevina hosilalari.

Dori shakli:

tabletkalar 1 mg, 2 mg, 3 mg, 4 mg.

Peroral qabul qilish uchun qand darajasini pasaytiruvchi preparatlar. Sulfonilmochevina hosilalari.

A10VV12

So‘rilishi Ichga qabul qilingandan keyin glimepiridning biokiraolishligi to‘liq. Ovqat qabul qilish so‘rilishga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatadi, faqatgina so‘rilish tezligi biroz pasayadi. Plazmadagi Smax ga ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2,5 soat o‘tgach erishiladi (sutkada 4 mg dan ko‘p marta qabul qilinganda o‘rtacha ko‘rsatkich 0,3 mkg/ml). Doza va Smax va AUC ko‘rsatkichlari o‘rtasida proportsional bog‘liqlik mavjud. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi juda yuqori – 99%. Glimepirid taxminan albuminning taqsimlanish intervali bilan bir xil juda past taqsimlanish xajmiga Vd (taxminan 8,8 l) ga ega. Klirensi past (minutiga taxminan 48 ml). Klinik oldi tadqiqotlarda glimepiridni ko‘krak suti bilan ajralishi kuzatilgan. Glimepirid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Metabolizmi va chiqarilishi Ko‘p marta qo‘llanganda zardobdagi kontsentratsiyalar uchun ahamiyatli bo‘lgan zardobdan o‘rtacha dominant yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 5-8 soatni tashkil qiladi. Yuqori dozalarda qabul qilingandan keyin T1/2 ni biroz oshishi kuzatilgan. Radiofaol izotop bilan nishonlangan glimepiridning bir martalik dozasidan keyin radiofaollikning 58% siydikda, 35% – axlatda aniqlangan. Siydikda o‘zgarmagan modda aniqlanmagan. Siydikda va axlatda, ehtimol jigarda metabolizmi oqibatida (asosiy ferment-CYP2C9) hosil bo‘ladigan ikkita metaboliti: gidroksi-hosilasi va karboksi-hosilasi aniqlangan. Glimepirid ichga qabul qilingandan keyin bu metabolitlarning yakuniy T1/2 muvofiq ravishda 3-6 soat va 5-6 soatni tashkil qilgan. Sutkada 1 marta qo‘llash tartibida bir martalik doza va ko‘p martalik qabul qilish bilan solishtirilganda juda past individual o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanuvchi farmakokinetik ko‘rsatkichlarni ahamiyatli farqlari aniqlanmadi. Ahamiyatli to‘planishi kuzatilmagan.

qandli diabetning 2 tipini parhez, jismoniy mashqlar va tana vaznini kamaytirish kasallikni yetarli darajada nazorat qilishni ta’minlamaganda davolash uchun qo‘llanadi.

Peroral qabul qilish uchun buyuriladi. Qandli diabetni muvaffaqiyatli davolash asosi bo‘lib tegishli parhez, muntazam jismoniy mashqlar, shuningdek qon va siydikning tegishli ko‘rsatkichlarini doimiy tekshirish hisoblanadi. Tabletkalar yoki insulin patsiyentga tavsiya etilgan parhezga rioya qilish zaruratini bekor qilmaydi. Dozalash qon va siydikda glyukoza darajasining tahlilari natijalariga qarab belgilanadi. Boshlang‘ich doza sutkada 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Agar bunda nazoratning kerakli darajasiga erishilsa, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun aynan shu dozani qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashning turli tartiblari uchun tegishli chiqarilish shakllari mavjud. Nazorat yetarli bo‘lmaganida, glikemik nazorat ko‘rsatkichlariga qarab, bosqichlar orasida 1-2 xaftalik interval bilan dozani sutkada 2, 3 yoki 4 mg glimepiridgacha bosqichma-bosqich oshirish mumkin. Glimepiridning sutkada 4 mg dan ortiq dozasi faqatgina ayrim hollardagina yaxshi natija berishi mumkin. Metforminning maksimal sutkalik dozalarida yetarli darajada nazorat qilib bo‘lmaydigan kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda glimepirid bilan yondosh davolash buyurilishi mumkin. Metforminning qo‘llanilayotgan dozasini saqlab qolib, glimepirid bilan davolashni eng past dozadan boshlash, keyinchalik kutilgan metabolik nazorat darajasiga qarab, maksimal sutkalik dozagacha titrlash kerak. Bunday majmuaviy davolashni faqat shifokor sinchkov kuzatuvi ostida boshlash kerak. GlyukoNoveksni maksimal sutkalik dozada qo‘llaganda nazoratning yetarli darajasiga erishaolmayotgan patsiyentlarda zarurati bo‘lganida yondosh insulin bilan davolash buyurilishi mumkin. Glimepiridning qo‘llanilayotgan dozasini saqlab qolib, insulin bilan davolashni past dozadan boshlash, keyinchalik kutilgan metabolik nazorat darajasiga qarab oshirish kerak. Bunday majmuaviy davolashni faqat shifokor kuzatuvi ostida boshlash kerak. Odatda patsiyent uchun glimepiridning sutkalik dozasi yetarli bo‘ladi. Bu dozani bevosita ovqatdan oldin yoki nonushta vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi, nonushta o‘tkazib yuborilsa, birinchi ovqat qabul qilishdan oldin yoki ovqat qabul qilish vaqtida qo‘llandi. Agar patsiyent dozani qabul qilishni unutsa, uni keyingi dozani oshirish yo‘li orqali kompensatsiya qilish kerak. Tabletkalarni butunligicha, suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Agar 1 mg glimepiridni sutkada bir marta qabul qilish fonida gipoglikemik reaktsiya rivojlansa, bu ushbu patsiyentda kasallikni nazorat qilish uchun faqat tegishli parhez yetarli bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Davolash jarayonida insulinga sezgirlikni oshishi bilan kechuvchi qandli diabetni nazorat qilinishi yaxshilangan sari, glimepiridga bo‘lgan ehtiyoj pasayishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemiyadan saqlanish uchun bunday hollarda dozani o‘z vaqtida pasaytirish yoki davolashni bekor qilish kerakligini doimo yodda tutish kerak. Tana vazni yoki hayot tarzi o‘zgargan hollarda, shuningdek gipo- yoki giperglikemiya rivojlanishi xavfini oshishiga olib keluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Boshqa peroral gipoglikemik vositalardan GlyukoNoveksga o‘tish Umuman olganda boshqa peroral gipoglikemik vositalardan GlyukoNoveksga o‘tishga yo‘l qo‘yiladi. GlyukoNoveksga o‘tilganda avvalgi dori preparatining dozasi va yarim chiqarilish davrini e’tiborga olish kerak. Ayrim hollarda, xususan, davomli yarim chiqarilish davriga ega diabetga qarshi vositalar (masalan xlorpropamid) qabul qilinganda gipoglikemik reaktsiyalarning additiv samarasi bilan bog‘liq xavfini minimumga yetkazish maqsadida bir necha kun davomida yuvib chiqarish davri tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Reaktsiyaga qarab, yuqorida ta’riflangandek glimepiridning dozasini bosqichma-bosqich oshirish mumkin. Insulindan GlyukoNoveksga o‘tish Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan patsiyentlar insulin bilan davolanganda ayrim hollarda GlyukoNoveks preparati bilan davolashga o‘tish tayinlanishi mumkin. Bunday o‘tish shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

Quyida GlyukoNoveks va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar doirasida kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar ro‘yxati keltiriladi. Tegishli reaktsiyalar yuzaga kelish tez-tezligini kamayishi tartibida keltirilgan (juda tez-tez: ≥1/10; tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas ≥1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda ≥1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam hollarda <1/10000; yuzaga kelish tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)). Kam hollarda Trombotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, eritropeniya, gemolitik anemiya va pantsitopeniya, ular odatda qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.Gipoglikemiya; bunday gipoglikemik reaktsiyalar asosan tez avj oluvchi xarakterga ega bo‘lib, og‘ir darajada bo‘lishi va har doim ham oson muvofiqlashtirib bo‘lmasligi mumkin. Gipoglikemik davolashning boshqa sxemalaridagi kabi, bunday reaktsiyalarni rivojlanishi ovqatlanishning xosligi va doza kabi individual omillarga bog‘liqdir (to‘liqroq ma’lumotlar “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan). Juda kam hollarda leykotsitoklastik vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlikning yengil reaktsiyalari, ular nafas olishni qiyinlashishi, arterial bosimni tushishi, ayrim hollarda esa shok bilan kechuvchi jiddiy reaktsiyalarga o‘tishi mumkinko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinni dam bo‘lishi, qorin sohasida diskomfort va og‘riq, ular kam hollarda davolashni bekor qilishga olib keladijigar funktsiyasini buzilishi (masalan xolestazda va sariqlikda), gepatit va jigar yetishmovchiligiqonda natriy darajasini pasayishi Tez-tezligi noma’lum sulfonilmochevina hosilalari, sulfanilamidlar yoki shunga yaqin moddalarga kesishgan allergiya rivojlanishi mumkinvaqtincha ko‘rishni buzilishi kuzatilishi mumkin, xususan qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi tufayli davolashni boshida kuzatilishi mumkintrombotsitlar soni 10000/mkl dan kam bo‘lgan og‘ir trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpurajigar fermentlari darajasini oshishiqichishish, toshma, eshakemi va fotosensibilazatsiya bilan namoyon bo‘luvchi terining o‘ta yuqori sezuvchanligi.

glimepiridga, sulfonilmochevinaning boshqa preparatlariga, sulfanilamidlarga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikinsulinga qaram qandli diabetdiabetik komaketoatsidozbuyrak yoki jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari. Buyrak va jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan holatlarda patsiyentni insulinga o‘tkazish kerakbolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Agar glimepirid ayrim boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinsa, bu gipoglikemik ta’sirni noxush kuchayishi yoki susayishi bilan kechishi mumkin. Shuning uchun boshqa dori preparatlarni faqat shifokorga xabar bergandan keyin (yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha) qabul qilish kerak. Glimepirid tsitoxrom R450 2S9 (CYP2C9) tomonidan metabolizmga uchraydi. Ma’lumki, CYP2C9 induktorlari (masalan rifampitsin) yoki ingibitorlari (masalan flukonazol) ni yondosh qo‘llash uning metabolizmiga ta’sir ko‘rsatadi. In vivo sharoitdagi o‘zaro ta’siri yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotning chop etilgan natijalari CYP2C9 kuchli ingibitorlaridan biri flukonazolni qo‘llash glimepiridning kontsentratsiyani vaqtga bog‘liq egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) ko‘rsatkichini taxminan 2 marta oshishi bilan kechishini namoyish qilgan. Glimepirid va sulfonilmochevinaning boshqa xosilalarini qo‘llash tajribasini e’tiborga olib, quyidagi o‘zaro ta’sirlarni ko‘rsatish muhim. Qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini kuchayishi va muvofiq ravishda gipoglikemiyani rivojlanishi ayrim hollarda quyidagi dori preparatlaridan birini qo‘llaganda kuzatilishi mumkin: fenilbutazon, azapropazon va oksifenbutazoninsulin va metformin kabi peroral diabetga qarshi preparatlarsalitsil kislotasi tuzlari va paraaminosalitsil kislotasi preparatlarianabolik steroidlar va erkaklar jinsiy gormonlarixloramfenikol, uzoq ta’sirga ega ayrim sulfanilamidlar, tetratsiklinlar, xinolon antibiotiklari va klaritromitsinkumarin antikoagulyantlarifenfluramindizopiramidfibratlarAAF ingibitorlarifluoksetin, MAO ingibitorlariallopurinol, probenetsid, sulfinpirazonsimpatolitik vositalartsiklofosfamid, trofosfamid va ifosfamidmikonazol, flukonazolpentoksifillin (parenteral, yuqori dozalarda)tritokvalin Quyidagi dori preparatlaridan birini qo‘llaganda qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini susayishi va muvofiq ravishda qonda glyukoza darajasini oshishi kuzatilishi mumkin: estrogenlar va progestagenlarsaluretiklar va tiazid diuretiklartireotrop vositalar, glyukokortikoidlarfenotiazin hosilalari, xlorpromazinadrenalin va simpatomimetiklarnikotin kislotasi (yuqori dozalarda) va nikotin kislotasi hosilalarisurgi vositalari (uzoq vaqt qo‘llaganda)fenitoin, diazoksidglyukagon, barbituratlar va rifampitsinatsetazolamid N2-retseptorlari antagonistlari, beta-blokatorlar, klonidin va rezerpin qonda glyukoza darajasini pasaytirish samarasini kuchayishiga ham, susayishiga ham olib kelishi mumkin. Beta-blokatorlar, klonidin, guanedin va rezerpin kabi simptomatolitik dori preparatlari ta’siri ostida gipoglikemiyaga javoban adrenergik kontrregulyatsiya belgilari pasaygan bo‘lishi yoki mavjud bo‘lmasligi mumkin. Alkogolni iste’mol qilish glimepiridning gipoglikemik ta’sirini oldindan bilib bo‘lmaydigan kuchayishini yoki susayishini chaqirishi mumkin. Glimepirid kumarin hosilalarining ta’sirini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin.

GlyukoNoveksni bevosita ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Ovqatni muntazam qabul qilinmaganda yoki o‘z vaqtida ovqatlanilmasa, GlyukoNoveks bilan davolash gipoglikemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlariga quyidagilar kiradi: bosh og‘rig‘i, to‘ymaslik bilan kechuvchi ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish, uyquchanlik, uyquni buzilishi, qo‘zg‘algan holat, tajavuzkorlik, diqqatni jamlashni yomonlashishi, diqqatni va reaktsiyani susayishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, ojizlik holati, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, tserebral tirishishlar, uyquchanlik, hushdan ketish, hatto komagacha, yuzaki nafas va bradikardiya. Bundan tashqari, terlash, yopishqoq teri, xavotirlik, taxikardiya, gipertenziya, yurak urib ketishi, stenokardiya va yurak aritmiyasi kabi adrenergik kontrregulyatsiya belgilari kuzatilishi mumkin. Og‘ir gipoglikemiya xurujining klinik manzarasi insult manzarasiga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Simptomlarni deyarli har doim uglevodlar (qand) ni darhol qabul qilish yo‘li yordamida bartaraf etish mumkin. Ushbu holatda qand o‘rnini bosuvchilar samarali emas. Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llash tajribasi hatto ko‘rilgan choralarning birlamchi muvaffaqiyatiga qaramay, gipoglikemiya takroran rivojlanishi mumkinligini namoyish etadi. Faqatgina qandning oddiy miqdorlarini qo‘llash yo‘li orqali nazorat qilinadigan og‘ir yoki davomli gipoglikemiyada shoshilinch tibbiy yordam, ayrim hollarda esa – hatto gospitalizatsiya talab etiladi. Gipoglikemiyani rivojlanishiga olib keluvchi omillarga quyidagilar kiradi: patsiyentni sog‘liqni saqlash xodimi bilan hamkorlik qilishni istamasligi yoki (ko‘pincha keksa bemorlarda) imkon qilaolmasligiyetarli darajada ovqatlanmaslik, ovqatni muntazam qabul qilmaslik, ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish yoki och qolish davrlariparhezni o‘zgarishijismoniy yuklama va uglevodlarni iste’mol qilish orasida muvozanatni yo‘qligialkogolni iste’mol qilish, ayniqsa ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish bilan birgabuyrak funktsiyasini buzilishijigar funktsiyasini jiddiy buzilishlariGlyukoNoveks dozasini oshirib yuborishuglevod almashinuvi yoki gipoglikemiya kontrregulyatsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi endokrin tizimi tomonidan ayrim kompensatsiyalanmagan buzilishlar (masalan qalqonsimon bezining funktsiyasini ayrim buzilishlari va adenogipofiz yoki buyrak usti bezi po‘stloq qismi yetishmovchiligida)ayrim dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). GlyukoNoveks bilan davolaganda qonda va siydikda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi. Bundan tashqari, glyukoza molekulasi bilan birikkan gemoglobin darajasini aniqlash kerak. GlyukoNoveks bilan davolash vaqtida jigar va gematologik ko‘rsatkichlarni (xususan leykotsitlar va trombotsitlar sonini) muntazam monitoring qilish talab etiladi. Stress holatlarida (masalan jarohatlar, shoshilinch operatsiyalar, tana haroratini oshishi bilan kechuvchi infektsion kasalliklarda va boshqalar) vaqtincha insulinga o‘tish talab etilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha jigar funktsiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki dializda bo‘lgan patsiyentlarda GlyukoNoveksni qo‘llash tajribasi to‘planmagan. Buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda insulinga o‘tish ko‘rsatilgan. G6FD (glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza) tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda sulfonilmochevina hosilalari bilan davolash gemolitik anemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfonilmochevina hosilalari guruhiga mansubligi tufayli, uni G6FD tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va sulfonilmochevina hosilalariga mansub bo‘lmagan muqobil vositalarni qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak. GlyukoNoveks preparati laktoza monogidrati saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Qandli diabet bilan bog‘liq xavflar Homiladorlik vaqtida qonda glyukoza darajasining og‘ishlari tug‘ma anomaliyalarni yuzaga kelishi va perinatal o‘lim tez-tezligini oshishi bilan kechadi. Shuning uchun teratogenlik xavfidan saqlanish uchun butun homiladorlik davri davomida qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday hollarda insulinni qo‘llash kerak. Homiladorlikni rejalashtirgan patsiyentlar davolovchi shifokorlarini xabardor qilishlari kerak. Glimepirid bilan bog‘liq xavflar Hozirgi vaqtda glimepiridni homilador ayollarda qo‘llash haqida tegishli ma’lumotlar yo‘q. Klinik oldi tadqiqotlari reproduktiv toksiklikni mavjudligini namoyish qilgan, u ehtimol glimepiridning farmakologik ta’siri (gipoglikemiya) bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun homiladorlikning butun davri davomida glimepiridni qabul qilish mumkin emas. Agar glimepirid bilan davolash vaqtida patsiyent homilador bo‘lishni rejalashtirsa yoki homiladorlik aniqlansa, uni iloji boricha tezroq insulin bilan davolashga o‘tkazish kerak.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ortiqcha doza ichga qabul qilingandan keyin 12 soatdan 72 soatgacha davomiylikda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, u birlamchi sog‘aygandan keyin ham takrorlanishi mumkin. Qabul qilgandan keyin 24 soat davomida gipoglikemiya simptomlari kuzatilmasligi mumkin. Odatda statsionarda kuzatish tavsiya etiladi. Patsiyentda ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, gipoglikemiya qo‘zg‘algan holat, tremor, ko‘rishni buzilishi, koordinatsiya bilan muammolar, uyquchanlik, komatoz holat va tirishishlar kabi bir qator nevrologik simptomlar bilan kechishi mumkin. Davolash: asosan qusishni chaqirish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mir (adsorbent) va natriy sulfati (surgi vositasi) bilan suv yoki limonad  ichish yordamida so‘rilishni oldini olishga qaratilgan. Preparatni ko‘p miqdorda ichga qabul qilgan holatlarda me’dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mir va natriy sulfati qabul qilish ko‘rsatilgan. Dozani kuchli (og‘ir) oshirib yuborilganda jadal davolash bo‘limiga gospitalizatsiya ko‘rsatilgan. Zarurati bo‘lganida patsiyentga glyukozani yuborishni boshlash kerak: zarurati bo‘lganida 50 ml 50% li eritmani oqim bilan vena ichiga inyektsiyasi va keyinchalik qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorati ostida 10% li glyukoza eritmasini infuziyasi buyuriladi. Keyinchalik simptomatik davolash buyuriladi. Xususan GlyukoNoveksni emizikli bolalar yoki kichik yoshdagi bolalar tomonidan to‘satdan qabul qilinishi chaqirgan gipoglikemiyani davolaganda xavfli giperglikemiya rivojlanishidan saqlanish uchun yuborilayotgan glyukozaning dozasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Qonda glyukoza darajasini uzluksiz nazorat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan alyumin folgali va polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.