Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: arginin gidroxloridi – 4,2 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
arginin gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Glovertin
Farmakalogik guruhi:
Aminokislotalar.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma.
tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.
Aminokislotalar.
B05BA01
Arginin jigarda metabolizmga uchraydi, gidroliz natijasida mochevina va ornitin hosil bo‘ladi.
Kalava filtratsiyasi davomida chiqariladi va buyraklarda deyarli to‘liq qayta so‘riladi.
Yurak-qon tomir kasalliklari: yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, periferik qon tomirlari aterosklerozi, shu jumladan o‘xtin-o‘xtin cho‘loqlikning ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yuark ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti yoki miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishidan keyingi kechki davr, surunkali yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, giperxolesterinemiya; Pulmonologiyada: o‘pkaning surnkali obstrutiv kasalligi, idipatik o‘pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasi; Akusherlikda: preeklampsiya, homilani o‘sishini tutilishi; Gepatologiyada: turli etiologiyali o‘tkir va surnkali gepatit, jigarning o‘tkir va surunkali toksik shikastlanishlari (qo‘ziqorin, alkogol, dori vositalari, kimyoviy agentlar bilan zaharlanish); Imunologiyada/onkologiyada: immunomodulyator sifatida; Modda almashinuvini buzilishi: giperammoniyemiya, metabolik alkaloz, giperxolesterinemiya; Endokrinologiyada: Gipofiz tomonidan o‘sish gormonining ajralib chiqishini rag‘batlantirish, ayrisimon bez faoliyatini pasayishi, II tur qandli diabetini kompleks davolashda, diabetik angiopatiya, o‘sishni buzilishida diagnostik vosita sifatida qo‘llanadi; Neonatalogiyada: chala tug‘ilgan bolalarda nekrotik enterokolitni oldini olish, chala tug‘ilgan bolalarda retinopatiyani oldini olish; Gipoksik va ishemik holatlarni oldini olish va davolash; Astenik holatlar.
Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin.
Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.
Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol ko‘rinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.
Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmoldan oshmasligi kerak.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.
Metabolik alkaloz davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha hisoblash mumkin: arginin gidroxloridi (mmol) ————————— x 0,3 x kg tana vazni ortiqcha ishqor (Be) (mmol/l) yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak.
Dozani qo‘shimcha to‘g‘rilash kislota ishqor balansini natija olinganidan keyin qayta o‘tkazilishi kerak.
Bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, giperkaliyemiya (buyrak yetishmovchiligida), o‘tkinchi gipotenziya, giperxloremik atsidoz, juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar.
Yuqori dozalarda qo‘llanganda – ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, quloqlarni jaranglashi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, lokal ta’sirlanish.
Argininga o‘ta yuqori sezuvchanlik, buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (diagnostika maqsadida katta dozalar yuborilganda), giperxloremik atsidoz.
O‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktidan keyingi ilk davrda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Aminofillin bilan bir qaqtda qo‘llanganida qonda insulinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Arginin kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton) ni qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida giperkaliyemiyani chaqirishi mumkin.
Arginin azot oksidi donatorlarning ta’sirini potentsiyalaydi.
Arginin tiopental bilan nomutanosib.
Endokrin bezlarining faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida, preparat insulin va o‘sish gormonining sekretsiyasini rag‘batlantirish qobiliyatiga egaligini hisobga olish kerak.
Infuziyaning haddan tashqari yuqori tezligida mahalliy ta’sirlanish va qizarish; ko‘ngil aynishi va qusish rivojlanishi mumkin.
Arginin azot saqlovchi birikmalarga metabolizmga uchrashi mumkin.
Organizmda azotning darajasini vaqtinchalik oshishi buyraklar uchun, ayniqsa buyraklar faoliyatini buzilishida qo‘shimcha yuklamadir, buni preparatni buyurishdan oldin hisobga olish lozim.
Preparat xlor ionlarini saqlaydi, buni, arginin gidroxloridini elektrolitlar almashinuvi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida nazarda tutish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida preparat homiladorlik patologiyasi bo‘lgan hollarda (preeklampsiya, homilani ona qornida o‘sishini tutilishi) qo‘llanadi.
Preparat ko‘krak sutiga bolaga zararali ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan miqdorda ajralib chiqishiga qaramasdan, preparatni emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +15oS dan +25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Argininning dozasini oshirib yuborilishi preparatni yuqori dozalarda qo‘llanganda (masalan, diagnostika maqsadida) yuz berio‘i mumkin; giperventilyatsiya simptomlari bilan kechuvchi metabolik atsidozga olib kelishi mumkin.
Holatni ishqoriy moddalarning dozasini hisoblab chiqish yo‘li bilan kompensatsiya qilish lozim.
Retsept bo‘yicha
Infuziya uchun eritma 100 ml, 150 ml dan flakonlarda.