Gliyatonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula  quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 400 mg xolin alfostserati; yordamchi moddalar: glitserin; kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin (160 bloom), qisman suvsizlantirilgan suyuq sorbit, glitserin; temir II oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), natriy etilparagid-roksibenzoat,  natriy propilparagidroksibenzoat (Ye217), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xolin alfostserati

Preparatning savdo nomi:

Gliyaton

Farmakalogik guruhi:

Nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar. Parasimpatomimetiklar. Xolin alfostserati.

Dori shakli:

yumshoq kapsulalar

oval shaklli, sariq-jigarrang rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – qovushqoq eritma.

Nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar. Parasimpatomimetiklar. Xolin alfostserati.

N07A X02.

Bosh miyaning degenerativ-involyutsion psixoorganik sindromlari yoki tserebrovaskulyar yetishmovchilikning ikkilamchi oqibatlari, ya’ni keksa yoshdagi odamlarda xotirani buzilishi, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, motivatsiyani va tashabbuskorlikni pasayishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi bilan xarakterlanadigan, aqliy faoliyatini birlamchi va ikkilamchi buzilishlari, emotsional va hulq- atvordagi o‘zgarishlar; emotsional beqarorlik, jizzakilik, atrof-muhitga befarqlik; keksa yoshdagi odamlarda soxtamelanxoliyada xarakterlanadi.

Preparat faqat kattalarda qo‘llanadi. 1 kapsuladan kuniga 2 yoki 3 marta qabul qilinadi. Davolash davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi.

Preparat odatda xatto uzoq qo‘llanganda ham yaxshi o‘zlashtiriladi. Davolanishni birinchi kunlari yoki haftalari davomida xavotirlanish, ajitatsiya, uyqusizlik kabi nojo‘ya reaktsiyalarining belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar vaqtinchalik va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi, ammo dozani vaqtinchalik pasaytirish mumkin. Ko‘ngil aynishi (bu asosan ikkilamchi dopaminergik faollikni natijasi hisoblanadi), arterial bosimini pasayishi, bosh og‘rig‘i, juda kam hollarda abdominal og‘riq va qisqa muddatli ongni chalkashuvi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat dozasini kamaytirish kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, terini qizarishi bo‘lishi mumin. Allergik reaktsiyalarni (ehtimol, sekin avj oluvchi reaktsiyalarni) chaqirishi mumkin.

Preparatga yoki uning komponentlariga ma’lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik. Psixotik sindromi bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir psixomotor qo‘zg‘alishda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.

Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi. Bolalar. Gliyatonnni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligigi ta’sir etish xususiyati Preparat avtotransportni boshqarishga va boshqa mexanizmalar bilan ishlashga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ko‘ngil aynishi, notinchlik, qo‘zg‘alish, uyqusizlik bilan namoyon bo‘luvchi, Gliyaton dozasini oshirib yuborilishida preparatning dozasini  kamaytirish lozim. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida.

2 yil.