GLIVЕKretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: imatinibga qayta hisoblanganda 100 mg yoki 400 mg imatinib mezilati saqlaydi; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, krospovidon, gipromelloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi; qoplamasi: gipromelloza, makrogol, talk, temir (III) oksidi (Ye 172), temir (II) oksidi (Ye 172).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

imatinib

Preparatning savdo nomi:

GLIVЕK

Farmakalogik guruhi:

Antineoplastik vositalar. Boshqa antineoplastik vositalar. Proteinkinaza ingibitorlari. Imatinib.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 100 mg li tabletkalar: juda ham to‘q sariq rangdan to jigar rang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, chekkalari qiya, bir tomonida “NVR” yozuvi va ikkinchi tomonida “SA” yozuvi va riskasi bo‘lgan tabletkalar. Plyonka qobiq bilan qoplangan 400 mg li tabletkalar: juda ham to‘q sariq rangdan to jigar rang-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan, ovalsimon uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, chekkalari qiya, bir tomonida “NVR” yozuvi va ikkinchi tomonida “SL” yozuvi bo‘lgan tabletkalar.

Antineoplastik vositalar. Boshqa antineoplastik vositalar. Proteinkinaza ingibitorlari. Imatinib.

L01XE01

Glivek® preparatining farmakokinetik ko‘rsatkichlari 25 mg dan 1000 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida baholangan. Farmakokinetik profillar qo‘llanilishining 1-kuni, shuningdek imatinibning plazmada muvozanat kontsentratsiyalariga erishilganida 7 yoki 28-kuni tahlil qilingan. So‘rilishi Preparatning biokiraolishligi o‘rtacha 98% ni tashkil etadi. Qon plazmasida imatinib AUC darajasining o‘zgaruvchanligi koeffitsiyenti preparatni peroral qabul qilinganidan keyin 40–60% chegarasida bo‘lgan. Agar preparat yuqori miqdorda yog‘li ovqat bilan birgalikda qabul qilingan bo‘lsa, och qoringa bo‘lgan holat bilan taqqoslanganda AUC darajasi sezilarsiz miqdorda (7,4%) kamaygan holda imatinibning so‘rilishi darajasi minimal darajada kamaygan (Cmax 11% ga kamaygan va tmax 1,5 soatga uzaygan). Taqsimlanishi In vitro sharoitdagi ma’lumotlari bo‘yicha imatinibning klinik jihatdan ahamiyatli kontsentratsiyalarida uning qon plazmasi oqsillari (eng avvalo, albumin va kislotali α-glikoprotein va sezilarsiz darajada lipoprotein) bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil etadi. Metabolizmi Dastlabki moddaning faolligiga yaqin bo‘lgan in vitro sharoitda faollikni namoyon qiluvchi N-demetilizatsiya qilingan piperazin hosilasi odamlarda asosiy aylanib yuruvchi metaboliti bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolitning plazmadagi AUC qiymati imatinib AUC qiymatining faqat 16 % tashkil etadi. Qon plazmasidagi oqsillar bilan N- demetilizatsiya qilingan metabolitning bog‘lanishi dastlabki birikmaning bog‘lanishiga yaqin bo‘ladi. Chiqarilishi [14S] radiofaol izotopi bilan nishonlangan imatinib peroral qo‘llanilganidan keyin dozaning taxminan 81 foizi 7 kun ichida axlatda (dozaning 68 %) va siydikda (dozaning 13 %) aniqlanadi. Dozaning taxminan 25 % (20 % axlatda va 5 % siydik bilan) o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Preparatining qolgan qismi metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Plazmada farmakokinetikasi Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan peroral qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilishi davri t1/2 taxminan 18 soatni tashkil etadi, bu preparatni sutkada bir marta qabul qilish kerakligidan dalolat beradi. Doza oshirilganida AUC o‘rtacha qiymatini oshishi proportsional bog‘liqlikka ega va ichga qabul qilinganidan keyin imatinibning 25 mg dan 1000 mg gacha diapazondagi dozasiga proportsionaldir. Takroriy yuborilganidan keyin imatinib kinetikasida o‘zgarishlar kuzatilmagan, to‘planishi esa preparatni sutkada bir marta yuborilganida muvozanat holatida 1,5–2,5 marta ko‘p bo‘lgan. Populyatsiyalarda farmakokinetikasi Populyatsiyalarda farmakokinetikasiga doir ma’lumotlar tahlili natijalari taqsimlanish hajmiga yoshning sezilarli bo‘lmagan ta’sirini (> 65 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlarda 12% ga oshishini) ko‘rsatdi. Bunday o‘zgarish klinik jihatdan ahamiyatli hisoblanmaydi. Tana vaznini imatinib klirensiga ta’siri: tana vazni 50 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun o‘rtacha klirens 8,5 l/soat bo‘lishi kutiladi, ayni vaqtda tana vazni 100 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun klirens 11,8 l/soat gacha ortadi. Bunday o‘zgarishlar dozaga tana vazni kilogrammlar asosida tuzatish kiritishni talab qilish uchun yetarlicha bo‘lib hisoblanmaydi. Jinsni imatinib kinetikasiga ta’siri aniqlanmagan. Bolalarda farmakokinetikasi Katta yoshdagi patsiyentlardagi kabi imatinib I faza va II faza tadqiqotlarida pediatrik patsiyentlar tomonidan peroral qabul qilinganidan keyin tezda so‘rilgan. Bolalarga sutkada 260 va 340 mg/m2 doza yuborilganida katta yoshdagi patsiyentlarda muvofiq ravishda 400 mg va 600 mg dozalardagi kabi ekspozitsiyaga erishilgan. Sutkada 340 mg/m2 doza qo‘llanilganida AUC(0-24) ni 8-kun va 1-kunda taqqoslanishi sutkada bir marta takroriy qabul qilinishidan keyin 1,7 martalik to‘planishini ko‘rsatdi. Gematologik kasalliklari bo‘lgan (SML, Ph+ O‘LL yoki boshqa kasalliklarda imatinib qo‘llanilgan) pediatrik patsiyentlarda ma’lumotlarning populyatsiyadagi farmakokinetik tahlili natijalari tana yuzasi maydoni (TYUM) oshishi bilan imatinib klirensi ortib borishini ko‘rsatadi. TYUM ga nisbatan tuzatishlar kiritilganidan keyin yosh, tana vazni va tana vazni indeksi kabi boshqa demografik tavsif ko‘rsatkichlari imatinib ekspozitsiyasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta’sirni ko‘rsatmagan. A’zolar funktsiyasini buzilishi Imatinib va uning metabolitlari buyraklar orqali sezilarli hajmda chiqarilmaydi. Buyrak funktsiyasi yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlar buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarga qaraganda yuqoriroq plazma ekspozitsiyasiga ega. Ekspozitsiyaning oshishi taxminan 1,5-2 martani tashkil etadi, bu plazmada imatinib sezilarli darajada bog‘lanadigan alfa-glikoproteini darajasini 1,5 marta oshishiga mos keladi. Imatinib uchun erkin preparat klirensi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda qiymati bo‘yicha ehtimol yaqin bo‘ladi, chunki buyrak ekskretsiyasi imatinib chiqarilishi yo‘li bilan ikkinchi darajali bo‘lib hisoblanadi. Garchi farmakokinetika tahlili natijalari sezilarli shaxslararo o‘zgaruvchanlik mavjudligini ko‘rsatgan bo‘lsa ham, imatinibning o‘rtacha ekspozitsiyasi jigar funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan jigar funktsiyasining turli darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yuqori bo‘lmagan.

Filadelfiya xromosomasi (Ph+) bo‘yicha birinchi bor musbat tashhislangan surunkali miyeloleykozli (SML) kattalar va bolalarni davolash.Blast krizi fazasida, akseleratsiya fazasida, shuningdek ilgari interferon alfa bilan davolash samarasizligi tufayli surunkali fazada bo‘lgan surunkali miyeloleykozli kattalar va bolalarni davolash.Filadelfiya xromosomasi (Ph+) bo‘yicha birinchi bor musbat tashhislangan o‘tkir limfoblast leykozli (Ph+ O‘LL) kattalar va bolalarni ximioterapiya bilan majmuada davolash.Qaytalanuvchi yoki refrakter Ph+ O‘LL (o‘tkir limfoblast leykozli) katta yoshdagi patsiyentlarni monoterapiya sifatida davolash.Trombotsitar o‘sish omili retseptorini genetik jihatdan qayta tuzilishi bilan bog‘liq miyelodisplastik/miyeloproliferativ kasalliklari (MDS/MPK) bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash.D816Vc-Kit mutatsiya yoki noma’lum c-Kit mutatsion statusi mavjud bo‘lmagan holda tizimli mastotsitozli (TM) katta yoshdagi patsiyentlarni davolash.Gipereozinofil sindromi (GES) va/yoki surunkali eozinofil leykemiyali (SEL) katta yoshdagi patsiyentlarni davolash.Operatsiya qilib bo‘lmaydigan va/yoki c-Kit (CD 117) bo‘yicha musbat MIY metastatik xavfli stromal o‘smalari bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash.Katta yoshdagi patsiyentlarda c-Kit bo‘yicha musbat MIY stromal o‘smalar rezektsiyasidan keyingi adyuvant davolash.Operatsiya qilib bo‘lmaydigan, qaytalanuvchi va/yoki metastatik bo‘rtib chiquvchi dermatofibrosarkomali (Dermatofibrosarcoma protuberans – DFSP) katta yoshdagi patsiyentlarni davolashda qo‘llanadi.

Davolashni qon xavfli o‘smalari va xavfli sarkomalari bo‘lgan patsiyentlarni davolash tajribasiga ega shifokor nozologiyaga bog‘liq ravishda olib borishi kerak. Buyurilgan dozalarni me’da-ichak yo‘llarining ta’sirlanishi xavfini eng kam darajaga keltirish uchun ovqatlanish vaqtida ko‘p miqdordagi suv bilan peroral qabul qilish lozim. Preparat 400 mg yoki 600 mg dozalarda sutkada bir marta buyuriladi, 800 mg li dozani esa sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun 400 mg dan buyurish lozim. Qobiq bilan qoplangan tabletkani yutolmaydigan patsiyentlar uchun tabletkani bir stakan suv yoki olma sharbatida eritish mumkin. Tabletkalarning zarur miqdorini suyuqlikning tegishli hajmiga (100 mg li tabletka uchun taxminan 50 ml va 400 mg li tabletka uchun taxminan 200 ml) solish va qoshiq bilan aralashtirish lozim. Suspenziyani tabletka (tabletkalar) to‘liq eriganidan keyin darhol ichish lozim. Davolashni patsiyentda klinik samara kuzatilishiga qadar davom ettirish lozim. Ph+ SML li patsiyentlarda suboptimal javobni aniqlash uchun Glivek® preparati bilan davolashga, shu jumladan davolash o‘zgartirilganida unga javob, davolashga javobni yo‘qotilishi, patsiyent tomonidan davolash dozalarini qabul qilish tartibiga yetarlicha rioya qilinmasligi yoki boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirlar ehtimoli yuzasidan muntazam kuzatuvni olib borish lozim. SML ni to‘g‘ri davolash kuzatuv natijalari bilan olib borilishi kerak. Surunkali miyeloleykozda (SML) dozalari Surunkali fazadagi SML li patsiyentlar uchun Glivek® preparatining tavsiya etilgan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi, akseleratsiya yoki blast krizi fazasidagi patsiyentlar uchun esa preparat dozasi sutkada 600 mg ni tashkil etadi. Kasallikning surunkali fazasidagi patsiyentlarda dozani 400 mg dan 600 mg yoki 800 mg gacha yoki akseleratsiya yoki blast krizi fazasidagi patsiyentlarda dozani 600 mg dan ko‘pi bilan 800 mg gacha oshirish masalasi preparatga nisbatan og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar mavjud bo‘lmaganda va quyidagi: kasallikning avj olishi (istalgan vaqtda), eng kamida 3 oylik davolashdan keyin qoniqarli gematologik javobning yo‘qligi, 12 oylik davolashdan keyin tsitogenetik javobning yo‘qligi yoki avval erishilgan gematologik va/yoki tsitogenetik javobni yo‘qotilishi vaziyatlarida leykemiya bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘ir neytropeniya yoki trombotsitopeniya mavjud bo‘lmaganda ko‘rib chiqilishi mumkin. Bolalarda SML da dozalari Bolalarda dozalari tana yuzasi maydoniga (mg/m2) bog‘liq holda hisoblanishi kerak. Surunkali va rivojlanishdagi fazasidagi SML li bolalar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada 340 mg/m2 ni (maksimal sutkalik doza 600 mg dan oshmagan holda) tashkil etadi. Preparatni sutkada bir marta buyurish yoki muqobil dozani 2 marta – ertalab va kechqurun qabul qilish uchun ajratish mumkin. Musbat filadelfiya xromosomali (Ph+ O‘LL) o‘tkir limfoblastli leykozda dozalari Ph+ O‘LL bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 600 mg ni tashkil etadi. Bolalarda musbat filadelfiya xromosomali (Ph+ O‘LL) o‘tkir limfoblastli leykozda dozalari Bolalarda dozalari tana yuzasi maydoniga bog‘liq holda (mg/m2) hisoblanishi kerak. Ph+ O‘LL bo‘lgan bolalarda tavsiya etiladigan dozasi sutkada 340 mg/m2 ni (maksimal sutkalik doza 600 mg dan oshmagan holda) tashkil etadi. Preparatni sutkada bir marta buyurish yoki muqobil dozani 2 marta – ertalab va kechqurun qabul qilish uchun ajratish mumkin. Miyelodisplastik/miyeloproliferativ kasalliklarda (MDS/MPK) dozalari MDS/MPK bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi. Tizimli mastotsitoz (TM) D816V KIT mutatsiyasiz TM li katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi. Agar KIT mutatsiyaning maqomi noma’lum bo‘lsa yoki ma’lumot olish mumkin bo‘lmasa, boshqa dori vositalari bilan davolash samarasiz bo‘lgan TM li patsiyentlarga Glivek® preparatini sutkada 400 mg dozada buyurish haqidagi masalani ko‘rib chiqish mumkin. Eozinofiliya bilan assotsiatsiyalangan TM li patsiyentlar uchun, agar klonal gematologik patologiya FIP1L1-PDGFR-alfakinazalar sintezi bilan bog‘liq bo‘lsa, tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 100 mg ni tashkil etadi. Patsiyentlarning mazkur guruhi uchun dozani 100 mg dan 400 mg gacha oshirilishi davolash samaradorligi yetarli darajada bo‘lmaganida va preparatni qabul qilishda nojo‘ya reaktsiyalar mavjud bo‘lmagan taqdirda ko‘rib chiqilishi mumkin. GES/SEL da dozalari GES/SEL bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi. FIP1L1-PDGFR-alfakinazalar faolligi darajasi yuqori bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada 100 mg ni tashkil etadi. Dozani 100 mg dan 400 mg gacha oshirilishi davolashga javob yetarli darajada samarador bo‘lmagan patsiyentlar uchun va nojo‘ya reaktsiyalar mavjud bo‘lmaganda ko‘rib chiqilishi mumkin. MIY ning xavfli stromal o‘smalarida dozalari MIY ning operatsiya qilib bo‘lmaydigan va/yoki metastatik xavfli stromal o‘smasi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi. Dozani 400 mg dan 600 mg yoki 800 mg gacha oshirilishi davolash samaradorligi yetarli darajada bo‘lmaganida va preparatga nisbatan nojo‘ya reaktsiyalar mavjud bo‘lmaganida ko‘rib chiqilishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llarining operatsiya qilib bo‘lmaydigan va/yoki metastatik xavfli stromal o‘smalari bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda Glivek® preparati bilan davolash kasallik rivojlanishiga qadar yoki o‘zlashtirib bo‘lmaydigan toksiklik paydo bo‘lishiga qadar davom etgan. Me’da-ichak stromal o‘smalari rezektsiyasidan keyin ad’yuvant davolash buyurilganida katta yoshdagi patsiyentlar uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 400 mg ni tashkil etadi. Ad’yuvant tartibda Glivek® preparati bilan davolashning optimal davomiyligi hali aniqlanmagan. Klinik tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra davolashning tavsiya etiladigan minimal davomiyligi ushbu qo‘llash holatida 36 oyni tashkil etadi. Bo‘rtib chiquvchi dermatofibrosarkomada (Dermatofibrosarcoma protuberans -DFSP) dozalari DFSP li patsiyentlarni davolash uchun Glivek® preparatining tavsiya etiladigan dozasi sutkada 800 mg ni tashkil etadi. Nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganida dozaga tuzatish kiritish Nogematologik nojo‘ya reaktsiyalar

Umumiy xavfsizlik profili Klinik amaliyotda qo‘llanilishining 12 yildan ortiq bo‘lgan tajribasida Glivek® preparatining xavfsizlik profili yaxshi o‘rganilgan. Preparatning klinik tadqiqotlari davomida u qo‘llanilganida bemorlarning ko‘pchiligi biror vaqt davomida u yoki boshqa noxush holatlarni sezganlar. Neytropeniya, trombotsitopeniya, anemiya, bosh og‘rig‘i, dispepsiya, shishlar, tana vaznining oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak tirishishlari, mushak-skelet og‘rig‘i, diareya, toshma, xolsizlik, qorinda og‘riq preparatning qo‘llanilishi bilan bog‘liq eng ko‘p qayd etilgan nojo‘ya reaktsiyalar (>10%) bo‘lgan. Asosan ushbu noxush holatlar yengil yoki o‘rtacha ifodalangan bo‘lgan. Faqat 2-5% bemorlar Glivek® preparati bilan davolashni noxush holatlar rivojlanishi tufayli to‘xtatgan. Ph+ leykozli katta yoshdagi patsiyentlar va bolalarda qo‘llanilganida Glivek® preparati o‘xshash xavfsizlik profiliga ega. Ph+ leykozlar va kattagina o‘smalar o‘rtasida xavfsizlik profilidagi farqlanish faqat quyidagilardan: Ph+ leykemiyali patsiyentlarda miyelosupressiya hollari yuzaga kelishidan va og‘irligining ancha yuqori tez-tezligi hamda MIY stromal o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarda ehtimol asosiy kasalligi munosabati bilan me’da-ichakda va o‘sma ichida qon ketishlarning ko‘proq yuzaga kelishidan iborat bo‘lgan. Glivek® preparati qo‘llanilganida miyelosupressiya, MIY tomonidan noxush holatlar, shishlar va toshma Ph+ leykemiyalarda ham, MIY xavfli stromal o‘smalarida ham teng darajada yuzaga keladi. MIY obstruktsiyasi, teshilishlar va yaralanishlar kabi MIY tomonidan boshqa buzilishlar ko‘proq MIY stromal o‘smalarida uchraydi. Gepatotoksiklik, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipofosfatemiya, nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar, o‘sma lizisi sindromi va bolalarda o‘sishni to‘xtab qolishi Glivek® preparati qo‘llanilganida boshqa jiddiy noxush holatlar bo‘lib hisoblanadi. Noxush holatlarning ifodalanganligi darajasiga bog‘liq holda preparat dozasiga tuzatish kiritilishi, ayrim hollarda preparat qo‘llanilishi bekor qilinishi ham mumkin. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar eng ko‘p uchraydiganidan boshlab tez-tezlikda, quyidagi shartli belgilardan foydalangan holda tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, <1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), shu jumladan yakka holatlar.

Preparatning ta’sir etuvchi moddasi yoki har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

P450 tsitoxromi tizimining CYP3A4 izofermentlari faolligini ingibitsiya qiluvchi ta’sir etuvchi moddalar (masalan, ketokonazol, itrakonazol, eritromitsin, klaritromitsin) metabolizmni pasaytirishi va qon plazmasida imatinib kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Imatinibni ketokonazolning (CYP3A4 ingibitori) bir martalik dozasi bilan bir vaqtda buyurilganida sog‘lom ko‘ngillilarda preparat ekspozitsiyasi ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada (imatinibning o‘rtacha Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 26% va 40% ga) oshishi kuzatilgan. Glivek® preparatini CYP3A4 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Glivek® preparatini boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida dorilarning o‘zaro ta’sirining potentsial xavfi mavjud. Glivek® preparatini rifampitsin yoki CYP3A4 izofermentining boshqa kuchli induktorlari bilan, shuningdek ketokonazol yoki CYP3A4 izofermentining boshqa kuchli ingibitorlari, tor terapevtik diapazoniga ega CYP3A4 izofermentining substratlari (masalan, tsiklosporin, pimozid), yoki tor terapevtik diapazoniga ega CYP2C9 izofermentining substratlari (masalan, varfarin va boshqa kumarin hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Gipotireoz Glivek® preparati bilan davolash vaqtida tireoidektomiyadan keyin levotiroksin bilan o‘rnini bosuvchi davolash o‘tkazilgan patsiyentlarda gipotireoz rivojlanishining klinik hollari haqida xabar berilgan. Bunday patsiyentlarda TTG darajasini tez-tez nazorat qilish zarur. Gepatotoksiklik Turli og‘irlik darajasidagi (yengil, o‘rtacha yoki og‘ir) jigar disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda Glivek® preparati qo‘llanilganida periferik qonni muntazam klinik tadqiqotlarini o‘tkazish va jigar funktsiyasini (jigar transaminazalarini) nazorat qilish tavsiya etiladi. Glivek® preparati yuqori dozali ximioterapiyasi tartiblari bilan majmuada qo‘llanilganida transaminazalar darajasi oshishi va giperbilirubinemiya bilan tavsiflanuvchi tranzitor jigar toksikligi kuzatiladi. Bundan tashqari, o‘tkir jigar yetishmovchiligi hollari haqida kam hollarda xabar berilgan. Jigar funktsiyasini nazorat qilish Glivek® preparatini ximioterapiyasi tartiblari bilan birgalikda qo‘llanilgan, ular buyurilganida jigar disfunktsiyasi rivojlanishi bilan bog‘liq hollarda shuningdek tavsiya etiladi. Suyuqlikning ushlanib qolinishi Glivek® preparatini qabul qilayotgan, birinchi bor SML tashhisi qo‘yilgan taxminan 2,5% patsiyentlarda organizmda suyuqlikni yaqqol ifodalangan ushlanib qolishi (plevrada suyuqlikni to‘planishi, shish, o‘pka shishi, astsit, periferik shishlar) rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan. Shu sababli patsiyentlarga tana vaznini muntazam ravishda tekshirish tavsiya etiladi. Kutilmagan holda tana vazni tezda ortib ketgan taqdirda sinchkovlik bilan tekshirish o‘tkazish va zarurat bo‘lganida, tegishli davolashni buyurish lozim. Klinik tadqiqotlarda bunday hollar keksa yoshdagi patsiyentlarda va anamnezda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda tez-tez kuzatilgan. Yurak kasalliklari yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Yurak kasalliklari, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavf omillari yoki anamnezda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarning holati yuzasidan diqqat bilan kuzatish lozim; yurak yoki buyrak yetishmovchiligi belgilari yoki simptomlari bo‘lgan patsiyentlarning har birini tekshirish va tegishli davolashni buyurish lozim. Gipereozinofiliya sindromi va yurak funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda kardiogen shoki/yurak chap qorinchasi yetishmovchiligining alohida hollari Glivek® preparati bilan davolash boshlanishi vaqtida hujayralarning eozinofiliyali toksik degranulyatsiyasi bilan bog‘liq. Tizimli steroidlar buyurilganida, qon aylanishi tizimini tutib-turishga qaratilgan choralar qabul qilinganida va preparatni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilganida bunday holatlar qaytuvchan bo‘lishi haqida xabar berilgan. Miyelodisplastik/miyeloproliferativ kasalliklar va tizimli mastotsitoz eozinofillarning yuqori darajasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli GES/SEL bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek eozinofillarning yuqori darajasi bilan bog‘liq MDS/MPK yoki TM bo‘lgan patsiyentlarda EKG-tadqiqotlarni o‘tkazish va kardiospetsifik troponinning zardobdagi kontsentratsiyasini aniqlash lozim. Normadan og‘ish bo‘lganida davolash boshlanishida profilaktika maqsadida imatinib bilan bir vaqtda 1 yoki 2 hafta davomida tizimli steroidlarni (1 yoki 2 mg/kg) buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Me’da-ichakda qon ketishlar MIY ning operatsiya qilib bo‘lmaydigan yoki metastatik xavfli stromal o‘smasi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida tadqiqotlarning III fazasida 211 nafar patsiyentda (12,9%) turli lokalizatsiyadagi og‘irligi 3/4-darajada bo‘lgan qon ketishlar haqida xabar berilgan. MIY ning operatsiya qilib bo‘lmaydigan yoki metastatik xavfli stromal o‘smasi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida tadqiqotlarning II fazasida (V2222 tadqiqotida) 8 nafar patsiyentda (5,4%) me’da-ichakda qon ketishlar, 4 patsiyentda esa (2,7%) o‘sma o‘choqlaridan qon ketishlar qayd etilgan. Qon ketishlar o‘sma o‘choqlarining anatomik lokalizatsiyasiga bog‘liq ravishda qorin bo‘shlig‘i a’zolarida ham, jigarda ham kuzatilgan. Mazkur toifadagi patsiyentlarda MIY chegarasida o‘smalarning mavjudligi me’da-ichakda qon ketishlar yuzaga kelishi sababi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qo‘shimcha ravishda, SML, O‘LL bo‘lgan patsiyentlarda va boshqa kasalliklarda preparatni qo‘llashning postmarketing tajribasida ta’riflangan, me’da-ichakda qon ketishlarning kam uchraydigan sababi bo‘lgan me’daning antral bo‘limi tomir ektaziyasi (MATE) haqida xabar berilgan. Demak, patsiyentlarni Glivek® preparati bilan davolash boshlanishida va davomida me’da-ichak simptomlari mavjudligi yuzasidan kuzatish zarur. Zarurat bo‘lganida davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin. O‘sma lizisi sindromi Glivek® preparati bilan davolanayotgan patsiyentlarda o‘sma lizisi sindromi (O‘LS) hollari ta’riflangan. O‘LS rivojlanishi xavfi oqibatida Glivek® preparatini buyurishdan oldin zarurat bo‘lganida klinik ifodalangan degidratatsiyaga tuzatish kiritish va patsiyentlarda siydik kislotasining yuqori darajasini mvofiqlashtirish uchun davolashni buyurish lozim. B virusli gepatit reaktivatsiyasi B virusli gepatitining surunkali tashuvchisi bo‘lgan patsiyentlarda ular imatinib kabi BCR-ABL tirozinkinazasi ingibitorlari bilan davolash kursini o‘tganidan keyin B virusli gepatit reaktivatsiyasi bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda, BCR-ABL tirozinkinazasi ingibitorlari guruhidagi preparatlar qo‘llanilganida B virusli gepatit reaktivatsiyasi o‘tkir jigar yetishmovchiligini yoki fulminant gepatitni keltirib chiqargan bo‘lib, ular o‘z navbatida jigar ko‘chirib o‘tkazilishi zaruratiga yoki o‘limga olib kelgan. Patsiyentlar imatinib bilan davolash boshlanishiga qadar V gepatiti mavjudligiga tekshirilishi kerak. Imatinib preparatini qabul qilishni boshlagan patsiyentlar surunkali virus tashuvchisi ekanligini aniqlash uchun V gepatiti mavjudligiga tekshirilishi kerak. Davolash boshlanishidan oldin V gepatitiga sero-musbat statusli patsiyentlarga (shu jumladan kasallikning faol bosqichida bo‘lgan patsiyentlar ham) va V gepatitiga test natijalari musbat bo‘lgan patsiyentlarga imatinib bilan davolash vaqtida jigar kasalliklari sohasidagi va V gepatitini davolash tajribasiga ega mutaxassis maslahati zarur. Imatinib bilan davolash talab qilinadigan V gepatiti virusi tashuvchilarida davolash davomida va davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha oy davomida faol V gepatiti belgilari va simptomlari paydo bo‘lishini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Laboratoriya tahlillari Glivek® preparati bilan davolash vaqtida qonning umumiy tahlilini muntazam ravishda tekshirish lozim. SML li patsiyentlarda preparatni qabul qilish neytropeniya yoki trombotsitopeniya rivojlanishi bilan bog‘liq. Biroq, tsitopeniyalar rivojlanishi tez-tezligi asosiy kasallik bosqichiga bog‘liq va tsitopeniya surunkali fazadagi SML li patsiyentlarga nisbatan akseleratsiya fazasi yoki blast krizidagi SML li patsiyentlarda ko‘proq kuzatiladi. Glivek® preparati bilan davolashni ta’riflangan tavsiyalarga muvofiq to‘xtatish yoki dozani kamaytirish mumkin. Jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarini (transaminazalar, bilirubin, ishqoriy fosfatazani) Glivek® preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda muntazam ravishda nazorat qilish lozim. Tegishli tavsiyalarga ko‘ra, nogematologik nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganida yoki yuqorida ko‘rsatilgan laboratoriya ko‘rsatkichlari darajasi buzilganida, Glivek® preparati qo‘lanilishini to‘xtatish va/yoki dozani kamaytirish lozim. Glivek® preparati va uning metabolitlari sezilarli bo‘lmagan miqdorda buyraklar orqali chiqariladi. Ma’lum bo‘lishicha, kreatinin klirensi yosh o‘tgan sari kamayadi, yosh esa Glivek® preparati kinetikasiga sezilarli tarzda ta’sir ko‘rsatmaydi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida imatinib darajasi buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarga qaraganda bir muncha (ehtimol, bunday patsiyentlarda imatinib-bog‘lovchi protein bo‘lgan alfa-kislotali glikoproteini darajasi yuqori bo‘lganligi sababli) yuqori bo‘ladi. Imatinibni qabul qilish va buyrak funktsiyasini buzilishi darajasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud emas, bu buyrak yetishmovchiligi yengil (kreatinin klirensi (KK) 40 dan 59 ml/minutgacha) va og‘ir (KK <20 ml/minut) shakllari bo‘lgan patsiyentlar o‘rtasida kreatinin klirensini aniqlashda qayd etilgan. Biroq, tavsiyalarga ko‘ra, Glivek® preparatining boshlang‘ich dozalarini ular o‘zlashtiraolinmaganida pasaytirish mumkin. Bolalar va o‘smirlar Imatinibni qabul qilgan bolalarda va kichik yoshdagi o‘smirlarda kuzatilgan o‘sishning to‘xtab qolishi haqidagi xabarlar mavjud. Uzoq muddatli istiqbolda bolalarda imatinib bilan davolashning o‘sishga ta’siri noma’lum. Shunday qilib, Glivek® preparati bilan davolanayotgan bolalarda o‘sishning sinchkov monitoringini olib borish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davri Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini namoyon qilgan. Homilador ayollarda Glivek® preparatini qo‘llashga doir klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Postmarketing davrda Glivek® preparatini qabul qilgan ayollarda o‘zidan o‘zi yuz beradigan bola tashlash hollari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlari haqida xabar berilgan. Glivek® preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, ona uchun davolanishdan foyda homila uchun kutiladigan xavfdan yuqori bo‘lgan hollar bundan mustasno. Agar preparat homiladorlik davrida buyurilgan bo‘lsa, homila uchun potentsial xavf yuzasidan patsiyentni xabardor qilish zarur. Tug‘ruq yoshidagi ayollarga davolash davri davomida homiladorlikdan saqlaydigan yuqori samarali vositalarni qo‘llashni tavsiya etish lozim.

Preparatni davolash dozalaridan ortiq bo‘lgan dozalarda qabul qilish hollari haqidagi axborot cheklangan. Glivek® preparati dozasini oshirib yuborilishining yakka hollari haqida xabar berilgan (spontan xabar qilingan yoki adabiyotda eslatib o‘tilgan). Odatda, bunday hollarda xabar qilingan oqibatlar qaytuvchan bo‘lgan. Doza oshirib yuborilgan taqdirda patsiyentni tekshiruvdan o‘tkazish va tegishli tutib-turuvchi davolashni buyurish lozim. Katta yoshdagi patsiyentlarda dozani oshirib yuborilishi 1200 mg dan 1600 mg gacha (1 kundan 10 kungacha davomida qabul qilinganida): ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, toshma, eritema, shish, charchoq, mushak spazmlari, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, abdominal og‘riq, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi. 1800 mg dan 3200 mg ga (6 kun davomida sutkada maksimal 3200 mg qabul qilinganida): quvvatsizlik, mialgiya, kreatinfosfokinaza, bilirubin darajasini oshishi, gastrointestinal og‘riq. 6400 mg (bir martalik doza qabul qilinganida) bitta patsiyentda (adabiyotdan olingan ma’lumotlar): ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, isitma, yuzning shishi, neytrofillar miqdorining kamayishi, transaminazalar darajasining oshishi kuzatilgan. 8 g dan 10 g gacha (bir martalik doza): qusish va gastrointestinal og‘riq. Bolalarda dozani oshirib yuborilishi Bir marta 400 mg dozani qabul qilgan uch yoshli bolada qusish, diareya, anoreksiya kuzatilgan; boshqa uch yoshli bolada preparatni 980 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin leykotsitlar miqdorining kamayishi, diareya kuzatilgan.

Retsept bo‘yicha

O‘ramida 60 dona 100 mg li tabletkalar. O‘ramida 30 dona 400 mg li tabletkalar.

3 yil.