Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar yoki yo‘riqnomada eslatilmagan boshqa reaktsiyalar paydo bo‘lganida, darxol bu xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, qabziyat) – yaqqolligi ovqat qabul qilish vaqtida pasayadi; kam xollarda- jigar funktsiyasini buzilishi (gepatit, xolestatik sariqlik – preparatni bekor qilish talab etiladi, “jigar”transaminazalari, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi).
Qon yaratish a’zolari tomonidan: suyak ko‘migida qon xosil bo‘lishini susayishi (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitozpeniya).
Teri qoplamalari tomonidan: teri qichishishi, eshakemi, angionevrotik shish, toshma, makulopapulez toshma va bullyoz reaktsiyalar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizni), eritema, allergik vaskulit.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: gipoglikemiya.
Gipoglikemiyaning ko‘rinishlari: bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoqlik, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va terlash, holsizlik, asabiylik, qaltirash, paresteziyalar.
Boshqa mumkin bo‘lgan simptomlar: ochlik, uyquni buzilishi, qo‘zg‘alish, tajovvuzkorlik, diqqatni yomon jamlash, reaktsiyalarni sekinlashishi, depressiya, ongni chalkashishi, ko‘rish va nutq buzilishlari, afaziya, parezlar, sensor buzilishlar, kuchsizlik xissi, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, deliriy, tirishishlar, tez-tez nafas olish, bradikardiya uyquchanlik va xushdan ketish.
Komaga va o‘limga olib kelishi mumkin.
Ko‘p terlash, yopishqoq teri, xavotirlik xissi, taxikardiya, qon bosimini oshishi, yurak urishini tezlashishi, stenokardiya va yurak aritmiyasi kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin.
Odatda bu simptomlar uglevodlar (qand) qabul qilinganida yo‘qoladi.
Sun’iy shirin ta’m beruvchilar samarali emas! Gipoglikemiya qaytalanishi mumkin! Gipoglikemiyaning og‘ir va davomli xurujlarida shifokorning shoshilinch yordami yoki gospitalizatsiya kerak bo‘ladi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: qondagi glyukozaning darajasini o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni o‘tkinchi buzilishlari, ayniqsa davolashni boshida, bo‘lishi mumkin.
Diabetga qarshi vositalarning xamma guruxi uchun xarakterli bo‘lgan noxush samaralar: eritrotsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, pantsitopeniya, giponatriyemiya, allergik vaskulit paydo bo‘lishi mumkin.
Jigar fermentlari faolligini oshishi va jigar funktsiyasini buzilishi (xolestaz, sariqlik), shuningdek gepatit.
Bu samaralar orqaga qaytuvchan xisoblanadi.