AAF ingibitorlari (kaptopril, enalapril), gistamin N2-retseptorlari blokatorlari (tsimetidin), zamburug‘larga qarshi preparatlar (mikonazol, flukonazol), NYAQV (fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon), fibratlar (klofibrat, bezafibrat), tuberkulyozga qarshi preparatlar (etionamid), salitsilatlar, kumarin qatori antikoagulyantlari, anabolik steroidlar, beta-adrenoblokatorlar, MAO ingibitorlari, uzoq ta’sir etuvchi sulfanilamidlar, tsiklofosfamid, xloramfenikol, fenfluramin, fluoksetin, guanedin, pentoksifillin, tetratsiklin, teofillin, kaltsiy sekretsiyasi blokatorlari, rezerpin, bromokriptin, dizopiramid, piridoksin, boshqa gipoglikemik preparatlar (shu jumladan akarboza, biguanidlar, insulinlar), allopurinol, oksitetratsiklin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda Gliklamin preparatining gipoglikemik ta’sirini kuchayishi kuzatiladi.
Barbituratlar, GKS, adrenomimetiklar (epinefrin, klonidin), tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin), sekin kaltsiy kanallari blokatorlari, karboangidraza ingibitorlari (atsetazolamid), tiazid diuretiklar, xlortalidon, furosemid, triamteren, asparaginaza, baklofen, danazol, diazoksid, izoniazid, morfin, ritodrin, salbutamol, terbutalin, glyukagon, rifampitsin, qalqolsimon bezi gormonlari, litiy tuzlari, nikotin kislotasining yuqori dozalari, xlorpromazin, peroral kontratseptivlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda Gliklamin preparatining gipoglikemik ta’sirini susayishi kuzatiladi.
Yurak glikozidlari fonida qorinchalar ekstrasistoliyasi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Suyak ko‘migida qon yaratilishini susaytiruvchi dori vositalari miyelosupressiya xavfini oshiradi.
Etanol laktatsidoz rivojlanishi ehtimolini kuchaytiradi.
Farmakokinetik o‘zaro ta’sir Metformin furosemidning qon plazmasidagi Smax va T1/2 muvofiq ravishda 31% va 42,3% ga kamaytiradi.
Furosemid metforminning Smax ni 22% ga oshiradi.
Nifedipin metforminning so‘rilishini oshiradi, qon plazmasida Smax ni oshiradi, chiqarilishini sekinlashtiradi.
Kanalchalardan sekretsiyalanadigan kation dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren va vankomitsin) tubulyar transport tizimlari uchun raqobatlashadi va uzoq vaqt davolaganda qon plazmasida metforminning Smax ni 60% ga oshirishi mumkin.