Amlodipin uchun xarakterli: yurak urishi tezlashishi, hansirash, oqib kelishlar, oyoqlarni shishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, charchoqlik hissi, kam hollarda– kayfiyatni o‘zgarishi, asteniya, mushak tirishishlari, mialgiya, ko‘rishni buzilishi, paresteziyalar, dispeptik simptomlar, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, kam hollarda – jigar transaminazalarini oshishi va sariqlik (xolestaz oqibatidagi), kam hollarda – tez-tez siyish, ginekomastiya, impotentsiya, ko‘p shaklli eritema, teri toshmalari, qichishish, shish, milklarning giperplaziyasi.
Lizinopril uchun quyidagi nojo‘ya samaralar xarakterli: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ich ketishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi, qusish, ortostatik gipotenziya, teri toshmalari, ko‘krakda og‘riq, anoreksiya, disgevziya (ta’mni buzilishi), jigar faoliyatini buzilishi, xolestaz, buyrak faoliyatini buzilishi, allergik reaktsiyalar.
Boshqa nojo‘ya samaralari 1% kam hollarda uchraydi.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi yuz, lablar, til, hiqildoq qopqog‘i, hiqildoqda (0,1% hollarda) joylashgan angionevrotik shishni o‘z ichiga oladi.
Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va tegishli simptomatik davolashni amalga oshirish kerak.
Antigistamin preparatlarni qo‘llash shish simptomlarini bartaraf qilish uchun foydali.
Hiqildoqni shishi bilan angionevrotik shish fatal bo‘lishi mumkin.
Til, hiqildoq qopqog‘i, hiqildoqning shikastlanishi nafas yo‘llarining mushaklarining spazmini chaqirishi mumkin, shuning uchun shoshiling adekvat farmakoterapiya talab qilinadi: 0,3-0,5 ml 0,1% (0,3-0,5 mg) adrenalin gidroxloridni teri ostiga yuborish yoki vena ichiga sekin yuborish, shundan so‘ng glyukokortikoidlar va antigistamin preparatlar qo‘llanadi.
Laborator ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi.
Angiotenzinga-aylantiruvchi fermentning (AAF) boshqa ingibitorlari qabul qilinganida, ayrim hollarda agranulotsitoz kuzatilgan; lizinopril qo‘llanganida ham agranulotsitoz rivojlanishini istisno qilish mumkin emas.
Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida gemoglobin va gematokritning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishi mumkin.
Buyrak kasalliklari bo‘lganida, qandli diabetda yoki renovaskulyar gipertoniyada ko‘pincha giperkaliyemiya, qonda kreatinin va mochevinaning darajasini oshishi kuzatilishi mumkin.
Artralgiya, mialgiya, isitmaning bir holati ta’riflangan.