Gipotiazid/ Hypothiazid.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda – 25 mg gidroxlorotiazid. Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidroxlorotiazid/hydrochlorothiazide

Preparatning savdo nomi:

Gipotiazid/ Hypothiazid.

Farmakalogik guruhi:

Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.

Dori shakli:

tabletkalar.

oq yoki deyarli oq rangli, yassi, bir tomonida “N” gravirovkasi va boshqa tomonida riskali tabletkalar.

Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.

S03AA03.

Gidroxlorotiazid ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, uning diuretik va natriuretik ta’siri qabul qilingandan keyin 2 soat davomida namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Bu ta’sir 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan shaklda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun yarim chiqarilish davri 6,4 soatni, o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun – 11,5 soatni, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda esa – 20,7 soatni tashkil qiladi. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kam miqdorda ko‘krak sutiga ajraladi.

Gipertenziya (yengil shakllarda – monoterapiya shaklida ham, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada ham).Yurak, jigar yoki buyrak etiologiyali shishlar, predmenstrual shishlar, farmakoterapiya bilan kechuvchi shishlar, masalan kortikosteroidli.Nefrogen qandsiz diabetda, poliuriyani kamaytirish uchun (paradoksal ta’siri)Giperkaltsiuriyani kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Dozalash shaxsiy ravishda tanlanishi kerak va shifokorning doimiy nazoratini talab etiladi. Davolash jarayonida kaliy va magniyni yo‘qotilishini kuchayishi sababli (zardobda kaliy miqdori 3,0 mmol/l dan kamayishi mumkin), kaliy va magniyni o‘rnini to‘ldirish zarurati paydo bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki digitalis glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak. Kattalarda Antigipertenziv vosita sifatida: monoterapiya shaklida yoki boshqa antigipertenziv vositalar bilan majmuada odatdagi boshlang‘ich sutkalik dozasi bir marta 25-50 mg ni tashkil qiladi. Ba’zi bemorlarga monoterapiya ko‘rinishida ham, majmuada ham 12,5 mg boshlang‘ich doza yetarli bo‘ladi. Sutkada 100 mg dan oshmaydigan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agar Gipotiazid boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llansa, arterial bosimni (AB) haddan tashqari pasayishini oldini olish maqsadida boshqa preparatning dozasini kamaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Gipotenziv ta’siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, ammo, optimal samaraga erishish uchun 3-4 haftagacha muddat talab etilishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samarasi bir xafta davomida saqlanadi. Shishlarni davolashda preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta yoki ikki kunda bir marta 25-100 mg ni tashkil qiladi. Klinik reaktsiyaga bog‘liq ravishda doza 25-50 mg sutkada bir marta yoki ikki kunda bir martagacha pasaytirilishi kerak. Ayrim og‘ir holatlarda sutkada 200 mg gacha boshlang‘ich doza talab etilishi mumkin. Menstruatsiyadan oldingi shishlarda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi va simptomlar namoyon bo‘lganidan boshlab hayz boshlangunigacha qo‘llanadi. Nefrogen qandsiz diabetda 50-150 mg (bir necha qabullarda) odatdagi sutkalik doza tavsiya etiladi. Bolalarda Dozalar bolaning tana vaznidan kelib chiqib aniqlanadi. Odatdagi pediatrik sutkalik dozalar, tana vazniga 1-2 mg/kg yoki tana yuzasining kvadrat metriga 30-60 mg, sutkada bir marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy sutkalik doza – kuniga 37,5-100 mg ni tashkil qiladi.

Quyida ko‘rsatilgan noxush reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi izohni qo‘llash orqali aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 – <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100), kam (≥1/10000 – <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi) Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi a’zolari tomonidan kasalliklar va simptomlar juda kam: leykotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya. Laborator tahlil natijalari tez-tezligi noma’lum: gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipomagniyemiya, giperkaltsiyemiya, giperglikemiya, glikozuriya, giperurikemiya;yuqori dozalarda qonda lipidlar miqdori oshishi mumkin. Yurak kasalliklari va yurak tomonidan simptomlar Tez-tezligi noma’lum: aritmiya, ortostatik gipotenziya Nerv tizimi tomonidan kasalliklar va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, konvulsiyalar, paresteziya. Psixiatrik kasalliklar Tez-tezligi noma’lum: ongni chalkashishi, letargiya, ta’sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi. Ko‘rish a’zosi tomonidan kasalliklar va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, ksantopsiya. Ovqat-hazm qilish tizimi kasalliklari va simptomlari Tez-tezligi noma’lum: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, qabziyat. Jigar va safro tomonidan kasalliklar va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqligi), pankreatit, xoletsistit. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kasalliklar va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kasallik va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: mushak spazmlari va og‘riq. Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kasallik va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: gipoxloremik alkaloz, u jigar entsefalopatiyasi va jigar komasini chaqirishi mumkin;giperurikemiya, u simptomsiz bemorlarda podagra xurujini chaqirishi mumkin;glyukozaga tolerantlik kamayishi mumkin, u yashirin diabetni klinik namoyon bo‘lishini chaqirishi mumkin;anoreksiya. Qon tomir tizimi tomonidan kasallik va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: vaskulit, nekrozlanuvchi angiit. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kasallik va simptomlar Tez-tezligi noma’lum: respirator distress, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi. Immun tizimi tomonidan kasallik va simptomlar

Anuriya.Preparatga yoki boshqa sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik.Og‘ir darajali buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi.Emizish.Davolashga rezistent gipokaliyemiya yoki giperkaltsiyemiya.Refrakter giponatriyemiya.Simptomatik giperurikemiya (podagra).Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tiazid diuretiklar va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkin. Alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar va antidepressantlar: Ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin. Diabetga qarshi vositalar (peroral va insulin): Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Gidroxlorotiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrakni funktsional yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi natijasida sut kislotali atsidoz xavfi sababli metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Boshqa antigipertenziv vositalar: Additiv samara. Kolestiramin va kolestipol qatronlari: Anion almashinuvchi qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yomonlashadi. Kolestiramin yoki kolestipol qatronlarining bir dozasi gidroxlortiazidni bog‘laydi va me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini muvofiq 85% va 43% ga kamaytiradi. Pressor aminlar (masalan, adrenalin): Ehtimol, pressor aminlarning ta’siri susayadi, ammo ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan miqdorda emas. Qutibsizlantirmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin): Miorelaksatsiyalovchi ta’siri kuchayishi mumkin. Litiy: Siydik haydovchi vositalar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiyning toksik ta’siri xavfini oshiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Podagrani davolash uchun dori vositalari (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol): Urikozurik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin, chunki gidroxlorotiazid zardobda siydik kislotasining miqdorini oshirishi mumkin. Probenitsid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Tiazidlarni bir vaqtda qo‘llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining tez-tezligini oshirishi mumkin. Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden): Me’da-ichak yo‘llari motorikasini va me’dani bo‘shash darajasini kamayishi natijasida tiazid turdagi siydik haydovchi vositalarning biokiraolishi oshadi. Tsitotoksik vositalar (masalan, tsiklofosfamid, metotreksat): Tiazidlar tsitotoksik dori vositalarini buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va ularning miyelosupressiv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Salitsilatlar: Salitsilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda gidroxlorotiazid salitsilatlarning markaziy nerv tizimiga toksik samarasini kuchaytirishi mumkin. Metildopa: Ayrim hollarda gidroxlorotiazid va metildopani bir vaqtda qo‘llash fonida gemolitik anemiya haqida xabar berilgan. Tsiklosporin: Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperurikemiyani va podagraga o‘xshash asoratlar rivojlanishini xavfini kuchaytirishi mumkin. Digitalis glikozidlari:

Gipotoniya va suv-ishqor muvozanatini buzilishi Boshqa antigipertenziv preparatlarni buyurilganda bo‘lgani kabi, ayrim bemorlarda gipotoniya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Yondosh ich ketishi yoki qusish oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv-tuz muvozanatini buzilishlarining (masalan, aylanayotgan plazma xajmi, giponatriyemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniyemiya yoki gipokaliyemiya) klinik belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Bunday bemorlarda zardobda elektrolitlar miqdorini muntazam aniqlash kerak. Shishlari bo‘lgan bemorlarda iliq ob-havoda dilyutsion giponatriyemiya bo‘lishi mumkin. Metabolik va endokrin samaralar Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Antidiabetik vositalar, shu jumladan insulinning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta’siri bo‘limiga qarang). Tiazid bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabetni manifestatsiyasi bo‘lishi mumkin. Tiazidlar buyrak tomonidan kaltsiyni chiqarilishini kamaytirishi, shuningdek zardobda kaltsiyning kontsentratsiyasini vaqtinchalik biroz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireodizmning belgisi bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon oldi bezini tekshirishni boshlashdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshishini tiazidlar bilan davolash bilan bog‘lash mumkin (diuretik ta’siri). Ayrim bemorlarda tiazid bilan davolash giperurikemiya va (yoki) podagrani chaqirishi mumkin. Jigarni shikastlanishi Jigar faoliyatini buzilishi hollari yoki jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi bo‘lgan bemorlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tiazidlar jigar ichki xolestazni chaqirishi mumkin, suv-tuz muvozanatining juda kichik o‘zgarishlari esa jigar komasini keltirib chiqarishi mumkin. Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gipotiazidni qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang). Boshqalar Tiazidlar bilan davolanayotgan bemorlarda anamnezida allergiya yoki bronxial astma mavjudligida ham, bemorlar ilgari bunday kasalliklar bilan xastalanmagan hollarda ham yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Tizimli qizil yugurik kechishini yomonlashishi va tiazidlarni qo‘llash vaqtida patologik jarayonni faollashishi haqida xabar berilgan. Quyidagi laborator tahlillarning ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin: Plazmadagi oqsillar bilan bog‘langan yodning miqdorini kamaytirishi mumkin;Qalqonsimon oldi bezi faoliyatining laborator tahlillarini o‘tkazishdan oldin gipotiazid bilan davolashni to‘xtatish kerak;Zardobda erkin bilirubin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Yordamchi moddalar Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida Gipotiazidning 25 mg tabletkasi 63 mg laktoza monogidrati, Gipotiazidning 100 mg tabletkasi esa – 39 mg laktoza monogidrati saqlashini e’tiborga olish kerak. Kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik Gidroxlorotiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda qo‘llash tajribasi cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar yetarli emas. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Agar gidroxlorotiazidni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi qo‘llansa, u (o‘zining farmakologik ta’siri natijasida) fetoplatsentar perfuziyani buzishi va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatni buzilishi va trombotsitopeniyani chaqirishi mumkin. Homiladorlikda gidroxlorotiazidni shishlar, gipertenziya yoki preeklampsiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki kasallikka ijobiy ta’siri o‘rniga u plazma miqdorini kamayishi xavfi va bachadon va yo‘ldoshni qon bilan ta’minlanishini buzilish xavfini oshiradi. Homilador ayollarda essentsial gipertenziyani, boshqa davolashni qo‘llab bo‘lmaydigan kam hollardan tashqari hollarda gidroxlortiazidni qo‘llash mumkin emas. Gidroxlorotiazid tabletkalarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas – ularni faqat yaxshi asoslangan hollardagina qo‘llash mumkin. Emizish Gidroxlorotiazid ko‘krak sutiga kiradi; uni emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Agar uni qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishning eng sezilarli belgisi bo‘lib, quyidagi belgilar va simptomlarda namoyon bo‘luvchi suyuqlik va elektrolitlarni o‘tkir yo‘qotilishi hisoblanadi: Yurak-qon tomir: taxikardiya, gipotenziya, shok. Neyro-mushak: holsizlik, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va mushak spazmi, paresteziya, ongni buzilishi, charchoqlik. Me’da-ichak: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik. Buyrak: poliuriya, oliguriya yoki anuriya. Laborator ko‘rsatkichlar: gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda). Dozani oshirib yuborilishini davolash: Gidroxlorotiazid bilan zaharlanishda spetsifik antidoti yo‘q. Qusishni chaqirish, me’dani yuvish preparatni chiqarish usullari bo‘lishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilib, preparatni so‘rilishini kamaytirish mumkin. Gipotenziya yoki shok holatlarida aylanib yuradigan plazma hajmi va elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy) o‘rnini to‘ldirish kerak. Suv-elektrolit muvozanati (ayniqsa zardobda kaliy miqdori) va buyrak faoliyatini normal ko‘rsatkichlargacha erishguncha kuzatish kerak.

Retsept bo‘yicha

Gipotiazid® 25 mg 20 tabletkadan PVX/Al blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Gipotiazid® 100 mg 20 tabletkadan PVX/Al blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.