Gidroxlortiazidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gidroxlortiazid (100% quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 25 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, povidon, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidroxlortiazid

Preparatning savdo nomi:

Gidroxlortiazid

Farmakalogik guruhi:

O‘rtacha faollikka ega siydik haydovchi vositalar, tiazidlar guruhi. Oddiy tiazid diuretiklari. Gidroxlortiazid.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, yassitsilindrik shaklli, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Tabletkaning yuzasida marmarlik va kulrang rangli dog‘ bo‘lishi yo‘l qo‘yiladi.

O‘rtacha faollikka ega siydik haydovchi vositalar, tiazidlar guruhi. Oddiy tiazid diuretiklari. Gidroxlortiazid.

S03AA03.

Ichga qabul qilinganidan keyin Gidroxlortiazid me’da-ichak yo‘llaridan tez, lekin to‘liq so‘rilmaydi (60-80%). Diuretik samarasi 1-2 soatdan keyin rivojlanadi, maksimumiga 4 soatdan keyin yetadi va 10-12 soat davom etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Gidroxlortiazid jiddiy metabolizmga uchramaydi. Birlamchi chiqarilish yo‘li – o‘zgarmagan holda buyraklar orqali ekskretsiyasidir. Buyraklar funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni, o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda – 11,5 soatni tashkil qiladi.

Turli genezli (dimlangan yurak yetishmovchiligida, astsit bilan kechuvchi jigar tsirrozida, nefrotik sindromda, surunkali buyrak yetishmovchiligida, predmenstrual sindromda, semizlikda, shuningdek dorilarni, masalan, kortikosteroidlarni qabul qilish bilan bog‘liq suyuqlikni tutilishida) shish sindromi;arterial gipertenziya (ham monoterapiyada, ham boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada);neyrogen qandsiz diabetni (poliuriyani kamaytirish uchun) simptomatik davolash;glaukomaning subkompensatsiyalangan shakllari;kaltsiyli toshlarni hosil bo‘lishini oldini olishda qo‘llaniladi.

Gidroxlortiazidning dozasini shifokor individual ravishda belgilaydi. Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak. Davolash vaqtida kaliy va magniyni chiqarilishini kuchayishi tufayli, kaliy (K+ <3,0 mmol/l) va magniy bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazish zarur bo‘lishi mumkin. Shish sindromida boshlang‘ich doza (klinik samaradorlikka qarab) sutkada 1 marta yoki 2 kunda 1 marta 25-75 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 100 mg. Antigipertenziv vosita sifatida Gidroxlortiazid monoterapiya ko‘rinishida bir marta qabul qilishga 25-50 mg boshlang‘ich sutkalik dozada yoki boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada buyuriladi. Ayrim hollarda 12,5 mg boshlang‘ich dozada qo‘llash samaralidir. Zarurati bo‘lganida doza oshiriladi, lekin maksimal sutkalik doza 100 mg dan oshmasligi lozim. Gidroxlortiazidning gipotenziv ta’siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, biroq, optimal samaraga erishish uchun 3-4 haftagacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samara taxminan 1 hafta saqlanib turadi. Predmenstrual (hayz ko‘rishdan oldingi) shishda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi, uni simptomlar namoyon bo‘lganidan hayz ko‘rish boshlangunicha bo‘lgan davrda qo‘llash kerak. Nefrogen qandsiz diabetda o‘rtacha terapevtik doza sutkada 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Buyrak konkrementlarini (toshlarini) hosil bo‘lishni oldini olish uchun 50 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Glaukomada ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun 4-6 kun davomida 25 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi; samara 24-48 soatdan keyin boshlanadi. 2 yoshdan oshgan bolalar uchun preparatning sutkalik dozasi tana vazniga 1-2 mg/kg ni tashkil qiladi. Tana vazniga qarab, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 37,5- 100 mg buyuriladi. Qabul qilishlar soni sutkada 1-2 martani tashkil qiladi.

Laborator ko‘rsatkichlarni buzilishlari: gipokaliyemiya va gipoxloremik alkaloz, giponatriyemiya, gipomagniyemiya, giperglikemiya, glyukozuriya rivojlanishi, qon plazmasida mochevina va kreatinin darajasini, jigar fermentlari va bilirubinni darajasi oshishi mumkin. Qon tomir va limfatik tizimi tomonidan: agranulotsitoz, trombotsitopeniya purpura bilan yoki usiz, gemolitik va aplastik anemiya, leykotsitopeniya, gematokritni kamayishi, miyelosupressiya, limfadenopatiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, ortostatik gipotenziya, taxikardiya, arterial gipotenziya. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, chanqoqni kuchayishi, diareya, qabziyat, stomatit/aftoz yaralar, glossit, anoreksiya, sialodenit, epigastriyada og‘riq/spazm, pankreatit. Modda almashinuvi tomonidan: podagrani zo‘rayishi, qon plazmasida xolesterin, triglitseridlar darajasini oshishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: teri toshmasi, fotosensibilizatsiya, qichishish, eshakemi, purpura, nekrotik vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, yuguriksimon teri reaktsiyalari, sialoreya, allopetsiya. Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok, angionevrotik shish, shu jumladan Kvinke shishi, yuzni, lablar, til, tomoq, qo‘l-oyoqlarni shishi, ichakni shishi, isitma, eritrodermiya, respirator distress-sindrom, shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi. Endokrin buzilishlar: glyukozaga tolerantlikni buzilishlari, qandli diabet. Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, ishtahani yo‘qolishi, kayfiyatni va ruxiyatni buzilishi, odatdagi bo‘lmagan charchoqlik va holsizlik, ongni chalkashishi, tirishishlar, apatiya, fikrlash jarayonini sekinlashishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xushni yo‘qotish, asteniya. Ruhiy buzilishlar: xavotirlik, depressiya, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, paresteziya, bosh og‘rig‘i. Jigar tomonidan: jigar entsefalopatiyasini yoki jigar komasini rivojlanishi, gepatotsellyulyar yoki xolestatik sariqlik, xoletsistit. Tayanch-harakat apparatini buzilishlari: mushaklarni tirishishi yoki og‘riq. Sezgi a’zolari tomonidan: noaniq ko‘rish, ksantopsiya, vertigo, quloqlarni shang‘illashi, ta’mni buzilishi, kon’yunktivit. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar funktsiyasini buzilishi, interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi. Boshqalar: potentsiya/impotentsiyani pasayishi, tana haroratini oshishi.

Gidroxlortiazidga, boshqa sulfonamidlarga yoki preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);siydik chiqarish yo‘llarini mexanik tutilishi;og‘ir jigar yetishmovchiligi, jigar entsefalopatiyasi;anuriya;podagra (og‘ir shakllari);gipovolemiya;dekompensatsiyalangan qandli diabet;tuz-suv almashinuvini buzilishi (gipokaliyemiya, giperkaltsiyemiya, giponatriyemiya).

Yurak glikozidlari: tiazid tomonidan induktsiyalangan gipokaliyemiya va gipomagniyemiyani rivojlanishi oqibatida glikozidlarning toksik samaralarining (shu jumladan yurak qorinchalarning qo‘zg‘aluvchanligi) ehtimoli oshadi. Gidroxlortiazid qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta’sirini kuchaytiradi va tubokuraringa sezgirlikni oshiradi. Qon zardobida kaliyning darajasini o‘zgarishini chaqiruvchi preparatlar: yurak aritmiyalarini, shu jumladan ventrikulyar taxikardiyani (masalan torsades de pointes) rivojlanish xavfi oshadi: I sinf antiaritmik preparatlari (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);III sinf antiaritmik preparatlari (amiodaron, sotalol, defoyetilid, ibutilid);neyroleptiklar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, sulpirid, amisulpirid, pimozid, galoperidol, droperidol);boshqalar (masalan, bepridil, tsizaprid, difemanil, eritromitsin, pentamidin, terfenadin, vinkamin). Yallig‘lanishga qarshi vositalar (asosan indometatsin): tiazidlarning antigipertenziv, diuretik va natriyuretik samarasi pasayadi, NYAQP tomonidan induktsiyalagan buyraklar funktsiyasini buzilishlari oshadi. Difluzanil: plazmada gidroxlortiazidning kontsentratsiyasi oshadi va uning giperurikemik ta’siri pasayadi. Etanol, barbituratlar (masalan, fenobarbital), diazepam, narkotik analgetiklar, antidepressantlar: gidroxlortiazidning antigipertenziv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Norepinefrin, pressor aminlar: gidroxlortiazid ularning arterial bosimga ta’sirini kamaytiradi. Litiy tuzlari: qon plazmasida litiy tuzlarining kontsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi mumkinligi tufayli, gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Diabetga qarshi preparatlar (peroral preparatlar, insulin): gipoglikemiyani rivojlanish xavfi bilan birga qonda qand ko‘rsatkichlarini pasayishini chaqirishi mumkin. Metformin: gidroxlortiazid bilan bog‘liq bo‘lgan funktsional buyrak yetishmovchiligi oqibatida induktsiyalangan laktoatsidozni paydo bo‘lish xavfi tufayli, ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Xolestiramin va kolestipol qatronlari: gidroxlortiazidni so‘rilishi anionli qatronlarning ishtirokida 85% gacha pasayadi. Boshqa antigipertenziv preparatlar: additiv samara. Probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol: urikozurik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak, chunki gidroxlortiazid qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshirishi mumkin. Probenetsid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish kerak bo‘lishi mumkin. Tiazid diuretiklarni, shu jumladan gidroxlortiazidni bir vaqtda qo‘llash, allopurinolga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini tez-tezligini oshirishi mumkin. Tsitotoksik preparatlar (masalan, tsiklofosfamid, metotreksat): tiazidlar tsitotoksik preparatlarning buyrak orqali chiqarilishini pasaytirishi va ularning miyelosupressiv samaralarini kuchaytirishi mumkin. Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden): me’da-ichak yo‘llarining motorikasini va me’dani bo‘shash tezligini kamaytirib, tiazid diuretiklarning biokiraolishligini oshiradi. Salitsilatlar: salitsilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan holda gidroxlortiazid uning markaziy nerv tizimiga toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Metildopa: gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llanganida gemolitik anemiyaning alohida hollari to‘g‘risida xabar berilgan. Tsiklosporin:giperurikemiya va podagrani yuz berish xavfi oshadi. Amfoteritsin V (parenteral), ichak motorikasini rag‘batlantiruvchi surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormoni, kaltsitonin: gidroxlortiazid elektrolit disbalansini, ayniqsa gipokaliyemiyani kuchaytirishi mumkin. β-blokatorlar va diazoksid: tiazidlar hisobiga ularning giperglikemik samarasi oshishi mumkin. Kaltsiy tuzlari va D vitamini: tiazid diuretiklar kaltsiyni chiqarilishini kamaytiradi va qon plazmasida kaltsiyning darajasini oshirishi mumkin. Qon zardobida kaltsiyning darajasini nazorat qilish va kaltsiy preparatlari/D vitaminining dozasiga tuzatish kiritish kerak. Tiazidlarni qo‘llashni, qalqonsimon oldi bezini tekshiruvini o‘tkazishdan oldin to‘xtatish kerak. Amantadin: gidroxlortiazid amantadinning nojo‘ya reaktsiyalari xavfini oshirishi mumkin. Karbamazepin: giponatriyemiya rivojlanadi. Elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak, zarurati bo‘lganida boshqa guruh diuretiklarini qo‘llash kerak. Yodkontsentratsiyalangan preparatlar: diuretik oqibatida induktsiyalangan suvsizlanish hollarida, ayniqsa yod preparatlarining yuqori dozalari fonida o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi. Qo‘llashdan oldin regidratatsiyani o‘tkazish kerak.

Jigar funktsiyasini buzilishi: tiazidlarni jigar funktsiyasini buzilishi yoki jigarning rivojlanib boruvchi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki suv-elektrolit balansining biroz o‘zgarishlari jigar komasi, jigar entsefalopatiyasining rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, shuningdek bir vaqtning o‘zida angishvonagul glikozidlarini olayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday hollarda diuretiklar bilan davolashni to‘xtatish kerak. Buyraklar funktsiyasini buzilishi: buyraklar funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatning kumulyativ samarasi rivojanishi, azotemiya paydo bo‘lishi va buyraklar funktsiyasini mavjud bo‘lgan buzilishlari kuchayishi mumkin. Gipotenziv preparatlar: gidroxlortiazid bilan birga qo‘llanganida, arterial bosimni haddan ziyod pasayishini oldini olish uchun, gipotenziv preparatlarning dozasini kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin. Yurak, bosh miya qon tomirlarining ishemik kasalligi, aortal va mitral klapanlarning stenozi: arterial bosimni haddan tashqari pasayishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, u miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin. Tserebral va koronar aterosklerozda bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Keksa yoshdagi shaxslar: gidroxlortiazidni buyurishda, bu yosh toifasidagi patsiyentlar preparatga sezuvchan bo‘lishlari mumkinligini hisobga olish kerak, shuning uchun ikki barobar kamaytirilgan terapevtik doza yetarli bo‘lishi mumkin. Kreatinin klirensining qiymatlarini yosh, vazn yoki jinsga qarab muvofiqlashtirish kerak. Preparatni qo‘llash fonida biriktiruvchi to‘qimaning kasalliklarini, shu jumladan tizimli qizil yugurikni kechishi zo‘rayishi mumkin. Davolanish vaqtida kaliy va magniyni kuchli yo‘qotilishi tufayli, qon plazmasida, zardobda ularning miqdorini muvofiqlashtirish zarurati tug‘ilishi mumkin. Preparat uzoq muddat qo‘llanganida qon plazmasida elektrolitlarning darajasini va kreatinin klirensini muntazam nazorat qilish kerak. Yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar va adrenokortikotrop gormonlar: preparatni qo‘llash davrida patsiyentlarga kaliyga boy parhezga rioya qilish va/yoki kaliy preparatlarini buyurish tavsiya qilinadi. Gidroxlortiazidning antigipertenziv ta’siri simpatektomiyadan keyin kuchayishi mumkin. Preparatni qo‘llashni, qalqonsimon bezi oldi bezi funktsiyasini tekshiruvini o‘tkazishdan oldin to‘xtatish kerak, chunki tiazidlar qon zardobida kaltsiyning darajasini biroz oshishini chaqiradi. Gidroxlortiazid qo‘llanganida qon zardobida bilirubin kontsentratsiyasi (albuminlar bilan bog‘lardan siqib chiqarilishi tufayli) oshishi mumkin. Xolesterin, PZLP va triglitseridlarning darajasi oshishi mumkin. Qandli diabet: tiazidlar bilan davolash glyukozaga tolerantlikni buzilishini chaqirishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda insulin va oral gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Yashirin diabet namoyon bo‘lishi mumkin. Gidroxlortiazidni qo‘llash fonida antidoping testining soxta-pozitiv natijalari bo‘lishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: allergik kasalliklari bo‘lgan/bo‘lmagan yoki anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda, ularni paydo bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak. Gidroxlortiazidni qabul qilish fonida tizimli qizil yugurikni rivojlanishi yoki zo‘rayishi to‘g‘risida xabar berilgan. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktoza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homilador ayollarga Gidroxlortiazidni faqat ona uchun foyda/homila uchun xavf nisbati baholanganidan keyin buyurish mumkin, chunki preparat plazma hajmini, bachadon-yo‘ldoshni qon bilan ta’minlanishini kamaytiradi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homilada embrional yoki neonatal sariqlikni, trombotsitoyepeniya va boshqa nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi bor. Gidroxlortiazidni ko‘krak sutiga kirishi tufayli, preparatni qo‘llashning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Simptomlari: degidratatsiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya. Buning oqibatida quyidagilar paydo bo‘ladi: toliqish, holsizlik, bosh aylanishi, ongni buzilishi, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish;taxikardiya, gipotenziya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi;boldir mushaklarining spazmlari/tirishishlari, paresteziyalar;poliuriya, oliguriya yoki anuriya;alkaloz, qonda mochevina azotining darajasini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda). Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi, spetsifik antidoti yo‘q. Preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash tavsiya qilinadi. Suyuqlik hajmini kompensatsiya qilish va elektrolitlar disbalansini me’yorlashtirish (arterial gipotenziya yoki shok hollarida) kerak. Zarurati bo‘lganida kislorod kelishini ta’minlash yoki sun’iy nafas berish kerak. Suv-elektrolit balansini (ayniqsa qon zardobida kaliyning darajasini) va jigar funktsiyasining laboratoriya ko‘rsatkichlarini, ular me’yorlashgunicha nazorat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan qutida.

5 yil.