Gettsetretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg levotsetirizin digidroxloridi; yordamchi moddalar: yumshoq magniy oksidi, povidon K30, mannitol (perlitol 200 SD), krospovidon (polikovidon K10), aspartam, qulupnay xushbo‘yi (52311 ARO 551), suvsiz kolloid kremniy, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levotsetirizin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Gettset

Farmakalogik guruhi:

N– gistamin retseptorlarining antagonisti.

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar

dumaloq shaklli, yassi, chetlari kesilgan, qobiq bilan qoplanmagan, ikki tomoni silliq oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan tabletkalar

N– gistamin retseptorlarining antagonisti.

R06AE09.

Yil davomidagi va mavsumiy, allergik rinitni (shu jumladan persistiyalovchi allergik rinitni) va allergik kon’yunktivitni simptomatik davolash: aksirish, ko‘z yoshini oqishi, kon’yunktivaning giperemiyasi; pichan istmasi (pollinoz); eshakemi (shu jumladan surunkali ideopatik eshakemi); qichishish va toshma bilan birga kechuvchi boshqa allergik dermatozlar; Kvinke shishida qo‘llanadi.

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar chaynamasdan suv bilan birga qabul qilinadi. Sutkalik dozani bir qabulda qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar, o‘smirlar va 6 yoshdan oshgan bolalar. Tavsiya etiladigan sutkalik doza 5 mg ni tashkil qiladi (1-jadval). Keksa yoshdagi patsiyentlar. O‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshdan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qarang). Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Preparatni qabul qilish orasidagi interval buyrak faoliyatini hisobi bilan shaxsiy ravishda belgilanadi. Dozaga tuzatish kiritish bo‘yicha ma’lumot quydagi jadvalda keltirilgan. Uni ishlatish uchun quyidagi formuladan foydalanib zardob kreatinini kontsentratsiyasi (mg/dl) asosida, patsiyentda Cl klirensi ml/min da xisoblanishi kerak: Doza buyrak yetishmovchiligining darajasiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi va quyida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu jadval ishlatilganida kreatinin klirensi (KK) ml/min da hisoblanadi. Kreatinin klirensini kelib chiqib, quyidagi formula bo‘yicha xisoblash mumkin: Cl klirensi = ([140 – yosh, yillar] x vazn, kg)/(72 x qon zardobi kreatinini, mg/dl) Ayollar uchun olingan kattalikni 0,85 ga ko‘paytirish kerak.

Levotsetirizinning nojo‘ya samaralari me’yoriy-xuquqiy faoliyat bo‘yicha Tibbiy lug‘at (MedDRA) tasnifiga muvofiq, paydo bo‘lishini tez-tezligiga qarab organizm tizimlari bo‘yicha  taqsimlangan: tez-tez (≥1/100 va <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100); juda kam hollarda (<1/10000). Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda –  o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – uyquchanlik; juda kam – agressiya, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, depressiya, tirishishlar. Ko‘rish a’zosi tomonidan: juda kam hollarda – ko‘rishni buzilishlari. Yurak  tomonidan: juda kam hollarda – yurak urishini xis qilish, taxikardiya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari  tomonidan: juda kam hollarda – hansirash. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi;  tez-tez emas – qorin og‘riqlari; juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, diareya. Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – gepatit. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda kam hollarda – angionevrotik shish, qichishish, toshma, shu jumladan dori toshmasi, eshakemi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: juda kam hollarda – mialgiya. Umumiy buzilishlar: tez-tez – charchoqlik; tez-tez emas – asteniya. Laboratoriya va  instrumental ma’lumotlar tomonilan: juda kam hollarda – jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini buzilishi, tana vaznini oshishi.

Levotsetirizinni boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, CYP3A4 izofermentining induktorlari bilan shu jumladan tekshirishlar o‘tkazilmagan. Tsetirizin ratsematining soxtaefedrin, tsimetidin, ketokonazol, eritromitsin, azitromitsin, glipizid va diazepam bilan dorilarning o‘zaro ta’sirini o‘rganishda, klinik axamiyatli noxush o‘zaro ta’sirlari aniqlamagan. Teofillin (sutkada 400 mg) bilan bir vaqtda buyurilganida tsetirizinning umumiy klirensi 16% ga pasayadi ( teofillinning kinetikasi o‘zgarmaydi). Ritonavir (600 mg kuniga 2 marta) va tsetirizin (kuniga 10 mg) bir vaqtda qabul qilinishdagi tadqiqotlarda, tsetirizinning ekspozitsiyasini 40% ga oshishi, ritonavirning ekspozitsiyasini esa biroz o‘zgarishi (11%) ko‘rsatilgan. Sezuvchan patsiyentlarda levotsetirizin va alkogolni yoki MNT susaytiruvchi ta’sir qiluvchi boshqa vositalarni bir vaqtda qabul qilish, garchi tsetirizinni alkogolning ta’sirini kuchaytirmasligi ko‘rsatilgan bo‘lsa xam, MNT ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Buyrak faoliyatini o‘rtacha yoki yaqqol buzilishlari bo‘lgan keksa patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda KK ga qarab dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Jigar faoliyatini aloxida buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, dozani biron-bir dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Jigar va buyraklar faoliyatini qo‘shilgan buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani aniqlash tavsiya etiladi. Levotsetirizinni qo‘llash vaqtida patsiyentlar alkogol iste’mol qilishdan saqlanishlari kerak. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas Levotsetirizin ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktatsiyada preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Pediatriyada ishlatilishi 2 yoshdan oshgan bolalarda levotsetirizin maxsus dori shaklida qo‘llanadi. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Qiyosiy klinik tadqiqotlarda levotsetirizinning tavsiya etilgan dozalari qabul qilinganidan keyin tetiklik darajasini, reaktsiyalar vaqtini yoki transport vositalarini boshqarish qobilyatining buzilishini belgilari aniqlanmagan. Lekin ayrim patsiyentlarda qabul qilish vaqtida uyquchanlik, charchoqlik yoki asteniya kuzatilishi mumkin. Avtotransportni boshqaruvchi va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘illanuvchi patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Simptomlari: uyquchanlik va qo‘zg‘alish (kattalarda), shuningdek uyquchanlik bilan almashinuvchi bezovtalik (bolalarda) kuzatilishi mumkin. Davolash: levotsetirizinning spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan xolda tutib turuvchi va simptomatik davolash tavsiya etiladi. Agar preparat qabul qilinganidan keyin ozgina vaqt o‘tgan bo‘lsa me’dani yuvish kerak. Levotsetirizin gemodializda deyarli chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterlarda. 10 blisterdan  yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.