Bemorning tibbiy xujjatida preparatning savdo nomini ko‘rsatish kerak.
Preparatni biron-bir boshqa biologik dori preparatiga almashtirish davolovchi shifokor bilan kelishishni talab qiladi.
HER2 testlash ixtisoslashgan laboratoriyada o‘tkazilishi kerak, u testlash muolajasi sifatini nazorat qilishni ta’minlashi mumkin.
Gertseptin® metastatik SBR yoki erta bosqichlardagi SBR bo‘lgan patsiyentlarda faqat immuno-gistoximik (IGX) usuli, yoki in situ gibritizatsiya usuli (FISH CISH) bilan aniqlangan HER2 geni amplifikatsiyasi bilan aniqlangan HER2 ni o‘smali giperekspressiyasi bo‘lganida ishlatilishi kerak.
Aniqlashni aniq va validatsiyalangan usullarini ishlatish kerak.
Gertseptin® me’daning metastatik raki bo‘lgan patsiyentlarda faqat IGX ham IGX2+ usuli va SISH va FISH, yoki IGX3+ bilan tasdiqlangan HER2 ni o‘smali giperekspressiyasi bo‘lganida ishlatilishi kerak.
Aniqlashni aniq va validatsiyalangan usullarini ishlatish kerak.
Hozirgi vaqtda klinik tadqiqotlardan ad’yuvant davolash qo‘llanganidan keyin takroran Gertseptin® qabul qilgan patsiyentlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Yurak disfunktsiyasi Umumiy ko‘rsatmalar Monoterapiya sifatida yoki paklitaksel yoki dotsetaksel bilan majmuada, ayniqsa antratsiklinlarni (doksorubitsin yoki epirubitsin) xam o‘z ichiga olgan ximioterapiyadan keyin Gertseptin® qabul qilayotgan patsiyentlar, surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUЕ) (NYHA bo‘yicha II-IV funktsional sinfi) yoki yurak faoliyatini simptomsiz buzilishlari rivojlanishining yuqori xavfiga ega.
Bu ko‘rinishlarning og‘irligi o‘rtachadan to og‘ir darajaligacha o‘zgarishi mumkin.
Bu ko‘rinishlar o‘limga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, masalan, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda, xujjatli tasdiqlangan yurak ishemik kasalligida, surunkali yurak yetishmovchiligida, <55% chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasida (CHQCHTF).
Gertseptin® preparatini buyurish rejalashtirilayotgan patsiyentlar, ayniqsa ilgari antratsiklinlar qatori preparatlari va tsiklofosfamid olganlari, oldin anamnezni yig‘ish, fizikal ko‘rik, elektrokardiografiya (EKG), exokardiografiya va/yoki radioizotop ventrikulografiya (MUGA) yoki magnitli-rezonans tomografiyani (MRT) o‘z ichiga olgan sinchkov kardiologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Monitorlash yurak faoliyatini buzilishlari paydo bo‘lgan patsiyentlarni aniqlash imkoniyatini berishi mumkin.
Dastlabki o‘tkazilgan kardiologik tekshirish davolash vaqtida har 3 oyda va u tugaganidan keyin preparatning oxirgi dozasi yuborilgan vaqtdan boshlab 24 oy davomida xar 6 oyda takrorlanishi kerak.
Gertseptin® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin uni qo‘llashdan mumkin bo‘lgan foyda va xavfni sinchiklab solishtirish kerak.
Trastuzumabning yarim chiqarilish davri taxminan 28-38 kunlarni tashkil qilishi tufayli, davolash yakunlanganidan keyin preparat qonda 27 haftagacha bo‘lishi mumkin.
Gertseptin® preparati bilan davolash yakunlanganidan keyin antratsiklinlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, yurak disfunktsiyasining xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Gertseptin® preparati bilan davolash yakunlanganidan keyin shifokorlar iloji boricha antratsiklinlar asosidagi ximioterapiyani buyurishdan 27 hafta davomida saqlanishlari kerak.
Antratsiklinlar qatori preparatlari qo‘llanganida yurak faoliyatini sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklariga gumon qilingan patsiyentlarda standart kardiologik tekshirishni o‘tkazish zaruratini baholash kerak.
Davolash vaqtida hamma patsiyentlarda yurak faoliyatini monitorlash kerak (masalan, har 12 haftada).
Monitorlash natijasida yurak faoliyatini buzilishlari rivojlangan patsiyentlarni aniqlash mumkin.
Yurak faoliyatini simptomsiz buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda monitoringni tez-tezroq (masalan, har 6-8 haftada) o‘tkazish foydali bo‘lishi mumkin.
Chap qorincha faoliyatini simptomatik namoyon bo‘lmaydigan davomli yomonlashishida, agar uni qo‘llashdan klinik foyda bo‘lmasa, preparatni bekor qilish masalasini ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yurak faoliyatini buzilishlari rivojlangan patsiyentlarda Gertseptin® preparati bilan davolashni davom ettirish yoki qayta boshlashning xavfsizligi o‘rganilmagan.
Chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasi (CHQCHTF) dastlabkidan ≥10 birlikka va 50% qiymatdan kamga pasayganida davolash to‘xtatilishi kerak.
CHQCHTF takroriy baholash taxminan 3 haftadan keyin o‘tkazilishi kerak.
CHQCHTF ko‘rsatgichini yaxshilanishi bo‘lmaganida yoki uni yanada pasayishida, yoki surunkali yurak yetishmovchiligining (SYUЕ) simptomlari paydo bo‘lganida, agar faqat aniq patsiyent uchun foyda xavfdan yuqori bo‘lmasa, Gertseptin® preparati bilan davolashni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilishi kerak.
Hamma patsiyentlar tekshirish o‘tkazilishi uchun kardiologga yuborilishlari va kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Agar Gertseptin® preparati bilan davolash fonida simptomatik yurak yetishmovchiligi rivojlansa, SYUЕ ni muvofiq standart dorili davolashni o‘tkazish kerak.
SYUЕ yoki simptomsiz yurak disfunktsiyasi bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlarda asosiy tekshirishlarda SYUЕ ni standart dorili davolash: angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki angiotenzin retseptorlarining blokatorlari va beta-adrenoblokatorlari fonida holatni yaxshilanishi kuzatilgan.
Gertseptin® preparatini qo‘llashdan klinik foyda bo‘lganida yurak tomonidan nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlar, yurak tomonidan qo‘shimcha klinik ahamiyatli reaktsiyalarni ko‘rinishlarisiz davolashni davom ettirganlar.
Sut bezining metastatik raki Sut bezining metastatik rakini davolash uchun Gertseptin® preparatini antratsiklinlar bilan majmuada birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Sut bezining metastatik raki bo‘lgan patsiyentlarda antratsiklinlar bilan oldingi davolashda yurak disfunktsiyasining rivojlanishini xavfi yuqori, lekin antratsiklinlar va Gertseptin® preparati bir vaqtda qo‘llangandagi shunday bilan solishtirganda u past.
Sut bezi rakining erta bosqichlari Sut bezi rakining erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlarda davolashni boshlashdan oldin, davolash vaqtida har 3 oyda va preparatning oxirgi dozasi yuborilgan vaqtdan boshlab 24 oy davomida har 6 oyda kardiologik tekshiruvni o‘tkazish kerak.
Gertseptin® preparati antratsiklinlar bilan majmuada davolashdan keyin davomliroq monitorlash, Gertseptin® preparatining oxirgi dozasi yuborilgan vaqtdan boshlab 5 yil davomida yoki keyin agar CHQCHTF doimiy pasayishi kuzatilsa yiliga 1 marta tekshirish o‘tkazish tavsiya etiladi.
Erta bosqichdagi SBR bo‘lgan bemorlarni Gertseptin® preparati bilan davolash (ad’yuvant va noad’yuvant) quyidagilarda tavsiya etilmaydi: anamnezdagi miokard infarkti; davolashni talab qiluvchi stenokardiya; anamnezdagi yoki hozirgi vaqtdagi SYUЕ (NUHA bo‘yicha II-IV funktsional sinfi); 55% dan past CHQCHTF; boshqa kardiomiopatiyalar; davolashni talab qiluvchi aritmiyalar; klinik ahamiyatli yurak nuqsonlari; yomon nazorat qilinuvchi arterial gipertenziya, standart dorili davolashga beriluvchi arterial gipertenziyadan tashqari; gemodinamik ahamiyatli perikardial suyuqlikli, chunki bunday patsiyentlarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan.
Ad’yuvant davolash Gertseptin® preparatini antratsiklinlar bilan majmuada ad’yuvant davolash tarkibida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Antratsiklinlar asosidagi ximioterapiyadan keyin Gertseptin® preparatini qabul qilgan erta bosqichlardagi SBR bo‘lgan patsiyentlarda, dotsetaksel va karboplatin bilan ximioterapiya (antratsiklinlar qatori preparatlarini saqlamaydigan tartiblar) olganlardagi shunday bilan solishtirganda yurak tomonidan simptomatik va simptomsiz noxush ko‘rinishlar tez-tezligini oshishi kuzatilgan.
Bunda Gertseptin® preparati va taksanlar birga qo‘llangan hollarda ketma-ket ishlatilganidagiga nisbatan farq katta bo‘lgan.
Ishlatilgan tartibdan qat’iy nazar, ko‘pchilik simptomatik kardial ko‘rinishlar davolashning birinchi 18 oylarida paydo bo‘lgan.
O‘tkazilgan asosiy tadqiqotlarning 3 dan birida (keyingi kuzatish davri medianasi 5,5 yil) simptomatik kardial ko‘rinishlar yoki CHQCHTF ni pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rinishlarning kumulyativ tez-tezligini davomli oshishi kuzatilgan: qiyosiy guruhlardagi (antratsiklinlar va tsiklofosfamid, keyin taksanlar bilan davolash guruhida va taksanlar, karboplatin va Gertseptin® preparati bilan davolash guruhida) 1% patsiyentlar bilan solishtirganda, antratsiklinlar bilan davolashdan keyin Gertseptin®ni taksanlar bilan birga qabul qilgan 2,7% patsiyentlarda.
Gertseptin® preparati bilan ad’yuvant davolashda yurak tomonidan noxush ko‘rinishlar rivojlanishining identifikatsiyalangan xavf omillari: >50 yosh, paklitaksel bilan davolashni boshlash oldidan va keyin dastlabki past CHQCHTF (<55%), CHQCHTF 10-15 birlikka pasayishi, antigipertenziv preparatlarni oldingi yoki yondosh qabul qilish.
Ad’yuvant ximioterapiya yakunlanganidan keyin Gertseptin® qabul qilgan patsiyentlarda yurak faoliyatining buzilishini xavfi, Gertseptin® preparati bilan davolashni boshlash oldidan antratsiklinlarning yuqoriroq yig‘indi dozasi va tana vazni indeksi (TVI) >25 kg/m2 bilan assotsiatsiyalangan.
Noad’yuvant va ad’yuvant davolash Noad’yuvant-ad’yuvant davolash buyurilishi mumkin bo‘lgan SBRning erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlar uchun, Gertseptin® preparatini antratsiklinlar bilan birga qo‘llash, faqat agar ular ilgari ximioterapiya olmagan bo‘lsalar va faqat antratsiklinlari bilan davolashnining past dozali tartiblarini (doksorubinning 180 mg/m2 yoki epirubinning 360 mg/m2 maksimal yig‘indi dozasi) ishlatilgan xolda tavsiya etiladi.