Gertikadretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

150 mg li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 150,0 mg trastuzumab; yordamchi moddalar: 3,4 mg gistidin gidroxloridi monogidrati, 2,2 mg gistidin, 330,0 mg tregaloza digidrati, 0,6 mg polisorbat-20. 440 li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 440,0 mg trastuzumab; yordamchi moddalar: 9,9 mg gistidin gidroxloridi monogidrati, 6,4 mg gistidin, 968,0 mg tregaloza digidrati, 1,8 mg polisorbat-20. Gertikad® preparati uchun erituvchi: inyektsiya uchun bakteriostatik suv (440 mg dozali preparat bilan to‘plamda taqdim etiladi) 1 ml tarkibi: benzil spirti 11,0 mg, inyektsiya uchun suv 1,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

trastuzumab

Preparatning savdo nomi:

Gertikad

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita – monoklonal antitelolar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat tayyorlash uchun liofilizat.

oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun yoki g‘ovaksimon massa. Tayyorlangan eritma – tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan to och-sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik. Gertikad® preparati uchun erituvchi (inyektsiya uchun bakteriostatik suv) – tiniq, rangsiz yoki kuchsiz sarg‘ish tusli suyuqlik.

o‘smalarga qarshi vosita – monoklonal antitelolar.

L01XC03

Trastuzumabning farmakokinetikasi markaziy kameradan parallel proportsional va noproportsional chiqarilish bilan ikki kamerali modeldan foydalanilgan holda populyatsion farmakokinetik tahlilsh asosida baholangan. Noproportsional chiqarilish hisobiga preparatni kontsentratsiyasini kamayishi umumiy klirensini oshishi bilan kechgan. Proportsional klirens sut bezi raki (sut bezining metastatik raki (SBMR) va sut bezining erta raki (SBER)) bo‘lgan patsiyentlarda kuniga 0,127 l va me’daning tarqalgan raki bo‘lgan patsiyentlarda kuniga 0,176 l ni tashkil qilgan. Mixaelis-Mentgen modeli bo‘yicha noproportsional ko‘rsatkichlarning qiymatlari chiqarilishning maksimal tezligi (Vmax) uchun kuniga 8,81 mg va Mixaelis-Mentgen kontstantasi (Km) uchun kuniga 8,92 mg ni tashkil qilgan. Markaziy kamerada taqsimlanish xajmi SBR bo‘lgan patsiyentlarda uchun 2,62 l va me’daning tarqalgan raki bo‘lgan patsiyentlar uchun 3,63 l ni tashkil qilgan. Preparatni har xaftada yoki har 3 xaftada qo‘llaganda SBR va me’daning tarqalgan raki (MTR) bo‘lgan patsiyentlardagi populyatsion tahlil yordamida hisoblangan preparat ekspozitsiyasining (5-chi -95-chi pertsentil) va klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarning qiymatlari (maksimal kontsentratsiya (Cmax) va minimal kontsentratsiya (Cmin)) 1 va 2 jadvalda keltirilgan (muvozanat holatida). 1 jadval. Vena ichiga yuborilganda SBR va MTR bo‘lgan patsiyentlarda 1 tsikl davomidagi ekspozitsiyaning populyatsion farmakokinetik ko‘rsatkichining hisoblangan qiymatlari (5-chi -95-chi pertsentil).

HER2 o‘sma giperekspressiyasi bilan kechuvchi sut bezining metastatik raki: monoterapiyadan keyin, bir yoki undan ko‘proq ximioterapiya sxemalaridan keyin;avval ximioterapiya o‘tkazilmaganda (davolashning birinchi qatori) paklitaksel yoki dotsetaksel bilan majmuada;ayollarda postmenopauzada musbat gormonal retseptorlarda (estrogen va/yoki progesteron) aromataza ingibitorlari bilan majmuada. HER2 o‘sma giperekspressiyasi bilan kechuvchi sut bezi rakining erta bosqichlari: jarroxlik aralashuvi, ximioterapiya tugatilgandan (noad’yuvant yoki ad’yuvant) va nur bilan davolagandan keyin ad’yuvant davolash ko‘rinishida;doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan ad’yuvant ximioterapiyadan keyin paklitaksel yoki dotsetaksel bilan majmuada;dotsetaksel va karboplatindan iborat ad’yuvant ximioterapiya bilan majmuada;mahalliy tarqalgan (shu jumladan yallig‘langan shakli) kasallik yoki o‘sma o‘lchami diametri 2 sm dan katta bo‘lgan hollarda noad’yuvant ximioterapiya bilan majmuada va keyinchalik trastuzumab bilan monoterapiyada qo‘llanadi.

Gertikad® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin HER2 o‘sma ekspressiyasiga test o‘tkazish majburiy hisoblanadi. Gertikad® preparati bilan davolashni faqat tsitotoksik ximioterapiyani qo‘llash tajribasiga ega shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirilishi, preparat esa tibbiyot xodimi tomonidan yuborilishi kerak.

Hozirgi vaqtda trastuzumabni qo‘llaganda xabar berilgan jiddiy va/yoki tez-tez uchraydigan noxush reaktsiyalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yurak disfunktsiyasi, infuzion reaktsiyalar, gematotoksiklik (xususan neytropeniya), infektsiyalar va o‘pka tomonidan buzilishlar. Ushbu bo‘limda noxush reaktsiyalar tez-tezligini ta’riflash uchun quyidagi tasnifdan foydalaniladi: juda tez-tez (≥ 10%), tez-tez (≥ 1% va < 10%), tez-tez emas (≥ 0,1% va < 1%), kam hollarda (≥ 0,01% va < 0,1%), juda kam hollarda (< 0,01%), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi). Har bir guruh doirasida noxush reaktsiyalar jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan. Trastuzumabni asosiy klinik tadqiqotlar va postmarketing monoterapiyada ham, ximioterapiya bilan majmuada ham qo‘llanilganda xabar berilgan noxush reaktsiyalar quyidagi keltirilgan. Tez-tezligi asosiy klinik tadqiqotlarda maksimal uchraganga mos ravishda ko‘rsatilgan. Infektsion va parazitar kasalliklar: juda tez-tez – infektsiyalar, nazofaringit; tez-tez – faringit, neytropenik sepsis, tsistit, Herpes zoster, gripp, sinusit, teri infektsiyalari, rinit, yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, saramas, flegmona; tez-tez emas – sepsis. Xavfsiz, xafvli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kistalar va poliplar): noma’lum – xavfli o‘smani avj olishi, o‘smani avj olishi; Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – febril neytropeniya, anemiya, neytropeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya; noma’lum – gipoprotrombinemiya, immun trobotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari; noma’lum – anafilaktik reaktsiyalar†, anafilaktik shok†; Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – tana vaznini kamayishi, anoreksiya; noma’lum – giperkaliyemiya. Ruhiyatni buzilishi: juda tez-tez – uyqusizlik; tez-tez – xavotirlik, depressiya, fikrlashni buzilishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – paresteziya, disgevziya (ta’m bilishni o‘zgarishi); tremor1, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez – periferik neyropatiya, mushak gipertonusi, uyquchanlik, ataksiya; kam hollarda – falaj; noma’lum – bosh miya shishi. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – kon’yunktivit, ko‘p ko‘z yoshi oqishi; tez-tez – ko‘zlarni qurishi; noma’lum – ko‘ruv nervi diskini shishi, to‘r pardaga qon quyilishi. Eshitish a’zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari: tez-tez emas – karlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – arterial bosimni (AB) pasayishi va oshishi1, yurak ritmini buzilishi1, yurak urib ketishi1, xilpillash (yurak bo‘lmachalari yoki qorinchalari)1, chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi*, “quyilishlar”; tez-tez – yurak yetishmovchiligi (surunkali)†, supraventrikulyar taxiaritmiya†1, kardiomiopatiya, arterial gipotenziya†1, vazodilatatsiya; tez-tez emas – perikardial suyuqlik to‘planishi; noma’lum – kardiogen shok, perikardit, bradikardiya, “ot dupuri” ritmi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – xirillashlar†1, hansirash†, yo‘tal, burundan qon ketishi, rinoreya; tez-tez – pnevmoniya†, bronxial astma, o‘pka funktsiyasini buzilishi, plevral suyuqlik to‘planishi†; kam hollarda – pnevmonit; noma’lum – o‘pkaning interstitsial kasalligi, o‘pka fibrozi†, nafas yetishmovchiligi†, o‘pka infiltratsiyasi†, o‘tkir o‘pka shishi†, o‘tkir respirator distress-sindrom†, bronxospazm†, gipoksiya†, gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishini pasayishi†, hiqildoq shishi, ortopnoe, o‘pka shishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – stomatit, diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, lablarni shishi1, qorinda og‘riq, dispepsiya, qabziyat; tez-tez – pankreatit, gemorroy, og‘izni qurishi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – gepatit, jigar sohasida og‘riq, gepatotsellyulyar shikastlanish; kam hollarda – sariqlik; noma’lum – jigar yetishmovchiligi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – kaft-tovon sindromi, eritema, toshma, yuzni shishi1, alopetsiya, tirnoqlar tuzilishini buzilishi; tez-tez – akne, terini qurishi, ekximoz, gipergidroz, makulo-papulyoz toshma, qichishish, onixoklaziya, dermatit, eshakemi; noma’lum – angionevrotik shish. Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – artralgiya, mushak karaxtligi1, mialgiya; tez-tez – artrit, belda og‘riq, ossalgiya, mushak spazmlari, bo‘yin sohasida og‘riq, qo‘l-oyoqda og‘riq. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – buyrak kasalligi; noma’lum – membranoz glomurulonefrit, glomerulonefropatiya, buyrak yetishmovchiligi. Homiladorlikni kechishiga ta’siri, tug‘ruqdan keyingi va perinatal holatlar: noma’lum – oligogidramnion, o‘pkaning fatal gipoplaziyasi va homilada buyrak gipoplaziyasi va/yoki funktsiyasini buzilishi. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: tez-tez – sut bezlarini yallig‘lanishi/mastit. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez – periferik shishlar, asteniya, ko‘krakda og‘riq, qaltirash, holsizlik, grippsimon sindrom, infuzion reaktsiyalar, og‘riq, isitma, mukozit; tez-tez – lohaslik, shishlar. Jarohatlar, intoksikatsiyalar va muolajalarning asoratlari: tez-tez – lat yeyish. †  – o‘lim bilan yakunlangan noxush reaktsiyalar. 1 – asosan infuzion reaktsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaktsiyalar. Aniq foizi aniqlanmagan. * – antratsiklinlardan keyin majmuaviy davolashda va taksanlar bilan majmuada qo‘llaganda kuzatilgan noxush reaktsiyalar. Quyida alohida noxush reaktsiyalar bo‘yicha ma’lumot keltirilgan. Yurak disfunktsiyasi NYHA (Nyu-York Kardiologlar Assotsiatsiyasining tasnifi) bo‘yicha II-IV funktsional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi trastuzumabni qo‘llaganda eng ko‘p kuzatilidigan noxush reaktsiya bo‘lib hisoblanadi va o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan. Trastuzumab qabul qilgan patsiyentlarda yurak funktsiyasini buzilishlarining quyidagi belgilari va simpmtolari kuzatilgan: hansirash, ortopnoe, yo‘talni kuchayishi, o‘pka shishi, “ot dupuri” ritmi yoki chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi.

Trastuzumabga, preparatning har qanday komponentiga, shu jumladan 400 mg ko‘p dozali har bir flakonga ilova qilinadigan inyektsiya uchun bakteriostatik suvda konservant sifatida saqlanuvchi benzil spirtiga yoki sichqon oqsiliga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davri. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan). O‘pkaga metastazlar chaqirgan yoki kislorod bilan tutib turuvchi davolashni talab etuvchi tinch holatdagi hansirash. Anamnezida miokard infarkti, davolashni talab etuvchi stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha II-IV funktsional sinf), CHQOCHQJ<55%, kardiomiopatiya, aritmiya, klinik ahamiyatli yurak nuqsonlari, nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, gemodinamik ahamiyatli perikardial suyuqlik to‘planishi bo‘lgan erta bosqichdagi SBR bo‘lgan bemorlar (patsiyentlarning ushbu guruhida preparatning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan); erta bosqichdagi SBR bo‘lgan patsiyentlarda ad’yuvant davolash tarkibida antratsiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Gertikad® preparatini dorilar bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan maxsus tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Klinik tadqiqotlarda Gertikad® preparati va bir vaqtda qo‘llanadigan preparatlar o‘rtasida klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta’sirlar kuzatilmagan. Trastuzumab dotsetaksel, karboplatin yoki anastarozol bilan majmuada qo‘llanilgan hollarda yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Trastuzumab mavjudligida paklitaksel va doksorubitsin va ularning asosiy metabolitlari (6-alfa-gidroksipaklitaksel va doksorubitsinol) ning kontsentratsiyasi o‘zgarmagan. Shunga qaramasdan, trastuzumab doksorubitsin metabolitlaridan biri (7-dezoksi-13-digidrodoksorubitsinon) ning umumiy ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. Bu metabolitning biologik faolligi va uning ekspozitsiyasini oshishining klinik ahamiyati noma’lum. Paklitaksel va doksorubitsin mavjudligida trastuzumabni kontsentratsiyasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Trastuzumab bilan majmuada yoki usiz qo‘llanilganda kapetsitabin va tsisplatinning farmakokinetikasini o‘rganish natijalari kapetsitabinning biologik faol metabolitlari (masalan ftoruratsil) ning ekspozitsiyasi tsisplatin yoki tsisplatin va trastuzumabni bir vaqtda yuborganda o‘zgarmagan. Lekin trastuzumab bilan majmuada kapetsitabinning yuqoriroq kontsentratsiyalari va uni davomliroq yarim chiqarilish davri qayd etilgan. Ma’lumotlar shuningdek kapetsitabinni bir vaqtda yoki kapetsitabinni trastuzumab bilan majmuada qo‘llanilganda tsisplatinning farmakokinetikasi o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Oqsil agregatsiyasi mumkinligi tufayli Gertikad® preparati 5% li dekstroza eritmasi bilan nomutanosib. Gertikad® ni boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish yoki eritish mumkin emas. Gertikad® preparati eritmasi va polivinilxlorid, polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan infuzion paketlar o‘rtasida nomutanosiblik belgilari kuzatilmagan.

HER2 testlash testlash muolajasining sifatini nazorat qilishni ta’minlay oladigan ixtisoslashgan laboratoriyada amalga oshirilishi kerak. Gertikad® metastatik SBR yoki SBR erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlarda qaqat immunogistokimyoviy reaktsiya (IGK) yordamida aniqlangan o‘sma HER2 giperekspressiyasi yoki in situ gibridizatsiya (FISH yoki CISH) usuli yordamida aniqlangan HER2 geni amplifikatsiyasi mavjudligida qo‘llanishi kerak. Aniq va validatsiya qilingan aniqlash usullaridan foydalanish kerak. Gertikad® me’daning metastatik raki bo‘lgan patsiyentlarda faqat IGK2+ sifatida IGK usuli yordamida aniqlangan o‘sma HER2 giperekspressiyasi va SISH yoki FISH, yoki IGX3+ natijalari bilan tasdiqlanganida qo‘llanishi kerak. Aniq va validatsiya qilingan aniqlash usullaridan foydalanish kerak. Hozirgi vaqtda ad’yuvant davolash takroran qo‘llanilgandan keyin trastuzumabni qabul qilgan patsiyentlar haqidagi klinik tadqiqot ma’lumotlari yo‘q. Yurak disfunktsiyasi Umumiy ko‘rsatmalar Gertikad® ni monoterapiya sifatida yoki taksanlar (masalan paklitaksel) bilan majmuada, ayniqsa antratsiklinlarni (doksorubitsin yoki epirubitsin) o‘z ichiga oluvchi ximioterapiyadan keyin qabul qilayotgan patsiyentlarda surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUЕ) (NYHA bo‘yicha II-IV funktsional sinf) yoki yurak funktsiyasini simptomsiz buzilishlari rivojlanishining yuqori xavfi mavjud. Bu ko‘rinishlarning og‘irlik darajasi o‘rtachadan og‘ir darajagacha o‘zgarishi mumkin. Bu ko‘rinishlar o‘limga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari yurak-qon tomir xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarni, masalan arterial gipertenziyasi bo‘lgan, yurak ishemik kasalligi xujjat bilan tasdiqlangan, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan, chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmi (CHQOCHQX) <55% bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarni davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Gertikad® preparatini buyurish rejalashtirilayotgan bemorlar, ayniqsa avval antratsiklin qatori preparatlari va tsiklofosfamid qabul qilgan bemorlar anamnezni to‘plash, fizikal ko‘rik, elektrokardiografiya (EKG), exokardiografiya va/yoki radioizotop ventrikulografiya (MUGA) yoki magnit-rezonans tomografiyu (MRT) ni o‘z ichiga oluvchi dastlab sinchkov kardiologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Monitoring qilish yurak funktsiyasini buzilishlari yuzaga kelgan patsiyentlarni aniqlash imkonini berishi mumkin. Dastlab o‘tkazilgan kardiologik tekshiruv davolash vaqtida har 3 oyda va preparatning oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 24 oy davomida har 6 oyda takrorlanishi kerak. Gertikad® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin uni qo‘llashdan foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Trastuzumabning yarim chiqarilish davri 28-38 kunni tashkil etganligi tufayli, preparat davolash yakunlanganidan keyin qonda 27 xaftagacha saqlanishi mumkin. Gertikad® preparati bilan davolash yakunlangandan keyin antratsiklinlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda yurak disfunktsiyasi xavfi oshishi mumkin. Imkoni boricha shifokorlar Gertikad® preparati bilan davolash yakunlangandan keyin 27 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi ximioterapiyani buyurishdan saqlanishlari kerak. Antratsiklin qatori preparatlarini qo‘llaganda yurak funktsiyasini sinchkovlik bilan monitoringini olib borish kerak. Yurak-qon tomir kasalliklariga shubha qilingan patsiyentlarda standart kardiologik tekshiruv o‘tkazish zaruratini ko‘rib chiqish kerak. Davolash vaqtida barcha patsiyentlarda yurak funktsiyasini monitoringini o‘tkazish kerak (masalan har 12 xaftada). Monitoring natijasida yurak funktsiyasini buzilishi rivojlangan patsiyentlarni aniqlash mumkin. Yurak funktsiyasini simptomsiz buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda tez-tez monitoring o‘tkazish (masalan har 6-8 xaftada) foydali bo‘lishi mumkin. Simptomatik namoyon bo‘lmagan chap qorincha funktsiyasini davom etuvchi yomonlashishida agar preparatni qo‘llashdan klinik foyda bo‘lmasa, uni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Yurak funktsiyasini buzilishi rivojlangan patsiyentlarda trastuzumab bilan davolashni davom ettirish yoki takroran boshlashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmini (CHQOCHQX) dastlabkidan ≥10 birlikka pasayganda va 50% dan past ko‘rsatkichgacha kamayganda davolash to‘xtatilishi kerak. Taxminan 3 xaftadan keyin CHQOCHQX takroran baholanishi kerak. CHQOCHQX ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi kuzatilmaganda yoki uni keyinchalik pasayishi kuzatilsa yoki surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUЕ) simptomlari paydo bo‘lganda agar faqat konkret patsiyent uchun foyda xavfdan yuqori bo‘lmasa Gertikad® preparati bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Barcha patsiyentlar tekshiruv o‘tkazish va kuzatuv ostida bo‘lishlari uchun kardiologga yuborilishi kerak. Agar Gertikad® preparati bilan davolash fonida simptomatik yurak yetishmovchiligi rivojlansa, SYUЕ tegishli standant medikamentoz davolashni o‘tkazish kerak. Asosiy tadqiqotlarda SYUЕ yoki simptomsiz yurak disfunktsiyasi bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlarda SYUЕ tegishli standant medikamentoz davolash fonida holatni yaxshilanishi kuzatilgan: angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki angiotenzin retseptorlari blokatorlari va beta-adrenoblokatorlar. Trastuzumabni qo‘llashdan klinik foyda bo‘lganida yurak tomonidan nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lgan ko‘pchilik bemorlar yurak tomonidan klinik ahamiyatli qo‘shimcha reaktsiyalar namoyon bo‘lmasdan davolashni davom ettirganlar. Sut bezining metastatik raki Sut bezining metastatik rakini davolash uchun Gertikad® ni antratsiklin bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Sut bezining metastatik raki bo‘lgan patsiyentlarda avval antratsiklinlar bilan davolaganda yurak disfunktsiyasini riojlanish xavfi yuqori, lekin u antratsiklinlar va trastuzumabni bir vaqtda qo‘llanilgandagiga nisbatan pastroq. Sut bezi rakining erta bosqichlari Sut bezi rakining erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlarda davolashni boshlashdan oldin, davolash vaqtida har 3 oyda va preparatning oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 24 oy davomida har 6 oyda kardiologik tekshiruvni o‘tkazish kerak. Agar CHQOCHQX doimiy pasayishi kuzatilsa, Gertikad® preparatining oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 5 yil davomida yiliga bir marta tez-tezlikda antratsiklinlar bilan majmuada Gertikad® preparati bilan davolagandan keyin davomli monitoring tavsiya etiladi. SBR ning erta bosqichlarida (ad’yuvant va noad’yuvant davolash) quyidagilari bo‘lgan bemorlarda Gertikad® preparati bilan davolash tavsiya etilmaydi: anamnezida miokard infarkti; davolashni talab etuvchi stenokardiya; SYUЕ (NYHA bo‘yicha II-IV funktsional sinf); CHQOCHQX 55% dan kam; boshqa kardiomipatiyalar; davolashni talab etuvchi aritmiyalar; yurakning klinik ahamiyatli nuqsonlari; yomon nazoratlanadigan arterial gipertenziya, standart medikamentoz davolashga beriladigan arterial gipertenziyadan tashqari; gemodinamik ahamiyatli perikardial suyuqlik to‘planishi, chunki bunday patsiyentlarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan. Ad’yuvant davolash Ad’yuvant davolash tarkibida Gertikad® ni antratsiklinlar bilan birga majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Antratsiklinlar asosidagi ximioterapiyadan keyin trastuzumab qabul qilgan SBR erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlarda dotsetaksel va karboplatin bilan ximioterapiya (antratsiklinlar qatori preparatlarini saqlamaydigan tartiblar) olgan patsiyentlarga nisbatan yurak tomonidan simptomatik va simptomsiz noxush ko‘rinishlar tez-tezligini oshishi kuzatilgan. Bunday farq ketma-ket qo‘llaganga nisbatan trastuzumab va taksanlarni birga qo‘llagan holatlarda yuqori bo‘lgan. Qo‘llanilgan tartibdan qat’iy nazar simptomatik kardial ko‘rinishlarning ko‘pchiligi davolashning birinchi 18 oyida yuzaga kelgan. O‘tkazilgan 3 asosiy tadqiqotlarning birida (keyingi kuzatuv davr medianasi 5,5 yil) simptomatik kardial ko‘rinishlar yoki CHQOCHQX ni pasayishi bilan bog‘liq ko‘rinishlarning kumulyativ tez-tezligini davomli oshishi kuzatilgan: qiyosiy guruhdagi (antratsiklinlar va tsiklofosfamid, keyinchalik taksanlar bilan davolash guruhi va taksanlar, karboplatin va trastuzumab bilan davolash guruhi) 1% patsiyentlarga nisbatan antratsiklinlar bilan davolagandan keyin trastuzumabni taksanlar bilan birga qabul qilgan 2,37% patsiyentlarda. Trastuzumab bilan a’yuvant davolashda yurak tomonidan noxush ko‘rinishlarni rivojlanishining identifikatsiya qilingan xavf omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: patsiyentning yoshi >50 yil, paklitaksel bilan davolashdan oldin va davolash boshlanganidan keyin dastlabki CHQOCHQX ni pastligi (<55%), CHQOCHQX ni 10-15 birlikka pasayishi, antigipertenziv preparatlarni avvalgi yoki yondosh qabul qilish. Ad’yuvant ximioterapiya yakunlangandan keyin trastuzumab qabul qilgan patsiyentlarda yurak funktsiyasini buzilishi xavfi trastuzumab bilan davolashni boshlashdan oldin antratsiklinlarning yuqoriroq yig‘indi dozasi va tan vazni indeksi (TVI) >25 kg/m2 bilan assotsiatsiyalangan. Noad’yuvant – ad’yuvant davolash Noad’yuvant – ad’yuvant davolash buyurilishi mumkin bo‘lgan SBR erta bosqichlari bo‘lgan patsiyentlar uchun faqat agar ularni avval ximioterapiya olmagan bo‘lsa va faqat antratsiklinlar bilan davolashning past dozali tartiblari (doksorubitsinning maksimal yig‘indi dozasi 180 mg/m2 yoki epiributsinning 350 mg/m2) qo‘llaganda Gertikad® preparatini antratsiklinlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Past dozadagi antratsiklinlarni va Gertikad® ni noad’yuvant davolash tarkibida to‘liq kursini olgan patsiyentlarda jarroxlik aralashuvidan keyin qo‘shimcha tsitotoksik ximioterapiya o‘tkazish tavsiya etilmaydi. Barcha boshqa holatlarda qo‘shimcha tsitotoksik ximioterapiya zarurati haqidagi qaror individual omillar asosida qabul qilinadi. Trastuzumabni antratsiklinlar bilan davolashning past dozali tartiblari bilan birga qo‘llash tajribasi ikkita tadqiqot bilan cheklangan. Trastuzumabni antratsiklinlar bilan (doksorubitsinning yig‘indi dozasi 180 mg/m2 yoki epiributsinning 300 mg/m2) noad’yuvant davolashning uchtadan to‘rttagacha tsikllarini o‘z ichiga oluvchi noad’yuvant ximioterapiya bilan birga qo‘llaganda yurak funktsiyasini simptomatik buzilishining tez-tezligi past (1,7%) bo‘lgan.

Homiladorlik Tug‘ruq yoshidagi ayollar Gertikad® preparati bilan davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin kamida 7 oy davomida kontratseptsiyaning ishonchli usullaridan foydalanishlari kerak. Homiladorlik yuz bergan hollarda homilaga zararli ta’sir haqida ayolni ogohlantirish kerak. Agar homilador ayol Gertikad® preparati bilan davolashni davom ettirsa, u turli mutaxassislikdagi shifokorlarning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Gertikad® preparati ayollarning preproduktiv qobiliyatiga ta’sir qilishi noma’lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari fertillikni buzilishi yoki homilaga salbiy ta’sirni aniqlamagan. Emizish davri Gertikad® preparati bilan davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin kamida 7 oy davomida emizish tavsiya etilmaydi (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Klinik tadqiqotlarda preparatning dozasini oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan. Gertikad® preparatini 10 mg/kg dan yuqoriroq bir martalik dozada yuborish o‘rganilmagan. Gertikad® ≤10 mg/kg dozalarda yaxshi o‘zlashtirilgan.

Retsept bo‘yicha

150 yoki 400 mg dozada infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat tayyorlash uchun liofilizat. 150 yoki 440 mg dan trastuzumab rezina tiqin bilan berkitilgan, plastmassa qalpoqchali alyumin qalpoqcha bilan berkitilgan I gidrolitik sinfdagi rangsiz neytral shisha flakonlarda. Har bir flakonga o‘z yopishadigan etiketka yopishtiriladi. 20 ml dan erituvchi rezina tiqin bilan berkitilgan, plastmassa qalpoqchali alyumin qalpoqcha bilan berkitilgan I gidrolitik sinfdagi rangsiz neytral shisha flakonlarda. Preparat saqlovchi 1 flakon (440 mg dozada) va erituvchi saqlovchi 1 flakon PVX plyonkali kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Preparat saqlovchi 1 flakon (150 mg dozada) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

4 yil.