Modda almashinuvi tomonidan: kam hollarda – gipoglikemik reaktsiyalar rivojlanishi.
Bu reaktsiyalar asosan preparat qabul qilinganidan keyin tezda paydo bo‘ladi va ularni xar doim ham oson yo‘q qilish mumkin emas.
Paydo bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, charchoqlik hissi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajavvuzkorlik, diqqatni jamlashni va reaktsiyani buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishlari, afaziya, tremor, nimfalaj, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, koordinatsiyani buzilishlari, yordamga muhtoj holat, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, deliriy, tserebral tirishishlar, ongni chalkashuvi yoki yo‘qotish va shu qatorda komatoz holatlar, yuzaki nafas olish, bradikardiya.
Bundan tashqari, teskari bog‘lanishning adrenergik mexanizmi natijasida sovuq, yopishqoq ter, bezovtalik, taxikardiya, arterial gipertenziya, stenokardiya va yurak ritmini buzilishlari kabi belgilar paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: davolash vaqtida (ayniqsa uning boshida) glyukozaning qondagi kontsentratsiyasini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni tranzitor buzilishlari kuzatilishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘irlik yoki diskomfort hissi, qorin og‘riqlari, diareya; (davolashni to‘xtatishga juda kam olib keluvchi), kam hollarda – jigar fermentlarining faolligini oshishi, xolestaz, sariqlik, gepatit (hatto jigar yetishmovchiligi rivojlangunicha).
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam – trombotsitopeniya (o‘rtachadan og‘irigacha), leykopeniya, gemolitik va aplastik anemiya, eritrotsitopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitopeniya bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: ba’zida qichishish, eshakemi, teri toshmasi bo‘lishi mumkin.
Bunday reaktsiyalar odatda o‘rtacha ifodalangan bo‘ladi, ammo arterial bosimning tushishi, dispnoe bilan birga kechib, xatto anafilaktik shok rivojlangunicha kuchayishi mumkin.
Boshqa sulfanilmochevina hosilalari, sulfanilamidlar yoki ularga o‘xshash moddalarga qarama-qarshi allergiya, hamda allergik vaskulit rivojlanishi mumkin.
Boshqalar: istisno hollarda fotosensibilizatsiya, giponatriyemiya.