Gepasol Neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1000 ml eritma saqlaydi Ta’sir etuvchi moddalar: L – valin                                                                   10,08 g L – izoleytsin                                                          10,40 g L – leytsin                                                                13,09 g L – lizin                                                                     6,88 g (L – lizin monoatsetat shaklida                               9,71 g L – metionin                                                              1,10 g L – treonin                                                                4,40 g L – fenilalanin                                                       0,88 g L – triptofan                                                            0,70 g L – alanin                                                                   4,64 g L – arginin                                                              10,72 g Glitsin                                                                       5,82 g L – gistidin                                                               2,80 g L – prolin                                                                  5,73 g L – serin                                                                    2,24 g L – tsistein                                                                0,52 g (atsetiltsistein shaklida                                         0,70 g Yordamchi moddalar: 99,8% li sirka kislotasi                                        4,42 g Inyektsiya uchun suv                                                  1000 ml gacha Energetik qiymati                                                  1344 kDj/l (320 kkal/l) Teoretik osmolyarligi                                              770 mOsm/l pH                                                                               5,7 – 6,3

Preparatning savdo nomi:

Gepasol-Neo

Farmakalogik guruhi:

parentaral oziqlanish vositasi – aminokislotalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

rangsizdan to och-sariq ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.

parentaral oziqlanish vositasi – aminokislotalar.

Gepasol–Neo, organizmga normada ovqat bilan muntazam tushib turadigan turli aminokislotalarni saqlaydi. Infuziya yordamida organizmga yuborilgan aminokislotalar mavjud bo‘lgan ikki metabolik yo‘ldan biriga uchraydi: aminokislotalar peptid aloqalar bilan bog‘lanib, oqsillarni hosil qiluvchi anabolik yo‘l va aminokislotalar transaminlanishi bilan katabolik yo‘l. Dekstroza va yog‘lar bilan birga (uglevodlar va yog‘larning nisbati 70:30) to‘liq parenteral oziqlantirish doirasida soatiga 10,5 mg azot/kg tezlikda yuborilgan aminokislotalar, 3 soatdan keyin qonda muvozanatlangan kontsentratsiyalariga yetadi. Aminokislotalar qondagi kontsentratsiyasi tez oshganida ular o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Aminokislotalarning (sog‘lom odamlarda) yarim chiqarilish davri 5-15 minutni tashkil qiladi (bu qisqa vaqt ichida aminokislotalar oqsil sintezi uchun ishlatilishi kerak). Oqsil sintezi jarayonida ishlatilmagan aminokislotalarning qoldiqlari dezaminlanishiga uchraydi, natijada mochevina hosil bo‘lib organizmdan chiqariladi. Arginin buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi. Aminokislotalarning metabolizmi organizmning barcha to‘qimalarida yuz beradi. Ularning parchalanish darajasi organizm duch keladigan stressning yaqqolligiga bog‘liq. Stress aminokislotalarning metabolizmini tezlashtiradi va jigar faoliyati buzilishini kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida aminokislotalarning metabolizmini kamaytiradi. Sepsis ham ularning metabolizmini tezlashtiradi, buyraklar faoliyatini pasayishi esa – susaytiradi. Gepasol–Neo infuziyasida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning o‘zlashtira olinish foizi 99%, almashtirish mumkin bo‘lganlarning esa, 97% ni tashkil qiladi. Bunda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning umumiy va buyrak klirensi minutiga 0,5 l va minutiga 1,5 ml ni, ko‘pchilik almashtirish mumkin bo‘lgan aminokislotalar uchun esa minutiga 0,6 l va minutiga 3 ml ni tashkil qiladi.

Bosh miya faoliyatini buzilishi bilan (jigar entsefalopatiyasi) va usiz kechuvchi jigar faoliyatini buzilishlarida davolash va parenteral oziqlantirish (qisman yoki to‘liq – uglevodlar va yog‘li emulsiya eritmalarini qo‘shib), jigar prekomasi va komasini davolashda qo‘llanadi.

Gepasol–Neo infuzion eritmasi davolashni qonda azot qoldig‘ining kontsentratsiyasi va kasallikning og‘irlik darajasiga qarab o‘tkaziladi. Gepasol–Neo vena ichiga tomchilab yuboriladi. Infuziyani soatiga 1,0–1,25 mg/kg (minutiga 30-35 tomchi) tezlikda o‘tkazish tavsiya etiladi, bu soatiga 0,08–0,1 g aminokislotalar/kg ga mos keladi. Maksimal yuborish tezligi – soatiga 1,25 ml/kg (soatiga 0,1 g aminokislota/kg ga mos keladi). Maksimal sutkalik doza 18,75 ml/kg ni tashkil qiladi (sutkada 1,5 g aminokislota/kg), ya’ni 70 kg og‘irlikdagi bemor uchun 1300 ml ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi nevrologik simptomlar to‘liq yo‘qolguniga qadar individual belgalanadi.

Bu preparatning nojo‘ya samaralari ma’lum emas.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikaminokislotalarning metabolizmini buzilishigipergidratatsiyagiponatriyemiyagipokaliyemiyabuyrak yetishmovchiligi (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar komasida bemorning hayotiga ikkala holatdan qay biri xavf solayotganini e’tiborga olish kerak)yurak yetishmovchiligi (dekompensatsiya bosqichida)homiladorlik va emizish davri18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi o‘rnatilmagan).

Gepasol–Neo eritmasini faqat keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ushbu preparatni qo‘llash paytida elektrolit va kislota–ishqor holatini, organizm gidratatsiya darajasini, buyraklar faoliyati holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish lozim. Faqat shikastlanmagan flakondan tiniq eritma ishlatilsin!

Preparatni homiladorlik va emizish davri qo‘llash mumkin emas.

15°S dan 20oS gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, kuchli terlash, isitma, taxikardiya, “jigar” fermentlari faolligi va azot qoldig‘i kontsentratsiyasi oshishi. Yuqori yuborish tezligi gipergidratatsiya va periferik shish paydo bo‘lishiga, o‘pka shishini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash: preparatning infuziyasini to‘xtatish, simptomatik davolashni boshlash tavsiya etiladi (spetsifik antidotlar mavjud emas).

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun 8% li eritma. 500 ml dan preparat metall, rezina va plastmassa qopqoq bilan yopilgan, birinchi ochilishi nazoratli bo‘lgan shisha (II gidrolitik guruhiga mansub shisha) flakonda. 1 flakondan plastik tutqich va tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylangan. 10 flakon plastik tutqich va teng miqdordagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylangan (statsionarlar uchun).

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.