Geparinovaya maz rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: geparin natriy – 100 XB (0,833 g faolligida geparin natriyning               120 XB/kg), benzokain – 40,0 mg, benzilnikotinat – 0,8 mg; yordamchi moddalar: glitserol – 150 mg, vazelin – 60 mg, stearin kislotasi (stearin kislotasi 50) – 50 mg, shaftoli moyi – 50 mg, emulgator №1 – 50 mg, metilparagidroksibenzoat – 1,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, suv – 1 g gacha.

Preparatning savdo nomi:

Geparinovaya maz

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy qo‘llash uchun bevosita ta’sir qiluvchi antikoagulyant vosita + boshqa preparatlar.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma

oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan surtma.

Mahalliy qo‘llash uchun bevosita ta’sir qiluvchi antikoagulyant vosita + boshqa preparatlar.

S05VA53

Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebit; teri osti gematomasi; inyektsiyadan keyingi va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; bir joyga yig‘ilgan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimasi, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroidal tugunlarning yallig‘lanishi, limfedema (fil oyog‘i), limfangitda qo‘llanadi.

Sirtga qo‘llanadi. Surtmani shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib (0,5-1 g (2-4 sm surtma) 3-5 sm diametrli soha hisobidan) surtiladi va teriga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Surtma kuniga 2-3 marta, har kuni yallig‘lanish holati yo‘qolguniga, o‘rtacha   3 kundan 7 kungacha qo‘llanadi. Yanada uzoqroq davolash kursini o‘tkazish imkoniyatini shifokor belgilaydi. Tashqi gemorroidal tugunlarning trombozida rektal tamponlar qo‘llanadi, surtma surp yoki mato taglikka surtiladi, ularni bevosita tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Surtma bilan shimdirilgan tamponlar orqa yo‘liga kiritiladi. Surtmani har kuni belgilar yo‘qolgunicha, o‘rtacha 3-14 kun qo‘llash kerak.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; shikastlangan sohaning teri qoplamalarining butunligini buzilishi (ochiq infektsiyalangan jarohatlar, ayniqsa yarali-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Geparin surtmasi katta sohalarga davomli qo‘llanganida va qon ivish va/yoki qon yaratish tizimiga ta’sir qiluvchi peroral dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qonning ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Uzoq muddatli davolash kursining zarurati bo‘lganida va homilador ayollarda va 65 yoshdan oshgan ayollarda katta shikastlanish sohalarda nazorat tavsiya qilinadi. Ochiq jarohatlarga, yiringli jarayonlar bo‘lganida surtish mumkin emas. Surtmani chuqur venalarning trombozida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi va ko‘krak suti bilan chiqarilmaydi. Preparatning boshqa komponentlarini ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Geparin surtmasini homiladorlikda va laktatsiya davrida (emizishda) faqat agar, ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta’sir ko‘rsatmaydi.

20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ahamiyatsiz tizimli so‘rilishi tufayli dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun surtma. 25 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.