Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 5 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 10 ml gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
L-ornitin-L-aspartat
Preparatning savdo nomi:
Gepa-stin
Farmakalogik guruhi:
Gepatoprotektorlar.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq va rangsiz yoki och-sariq rangli eritma saqlovchi, jigarrang shisha ampula.
Gepatoprotektorlar.
A05VA
Ornitin va aspartatni yarim chiqarilish davri qisqa, 0,3-0,4 soat.
Aspartatning oz qismi siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Taqsimlanishi va biotransformatsiyasi.
Organizmga vena ichiga yuborilgandan keyin L-aspartat komponenti uchta asosiy metabolik yo‘llar orqali o‘zgaradi: To‘qimaning oqsillariga oqsil sintezi orqali kiritilishi;Energiyani hosil bo‘lishi, glikogen va triglitseridlar oraliq metabolizmi;Almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarga va vodorodning boshqa birikmalariga aylanishi.
O‘z o‘rnida, L-ornitin ham uchta yo‘l bilan hosil bo‘ladi: Mochevina hosil bo‘lish tsiklida oraliq mahsulot sifatida;Poliamidlarning sintezida dekarboksilizatsiyalovchi fermentning hosil bo‘lishi uchun (oqsil sintezini boshqarishda ishtirok etadigan katta bo‘lmagan azot birikmalari)O-glyutamatpolualdegid va glyutamin kislotasini hosil bo‘lishi uchun.
Organizmdan chiqarilishi.
Aminokislotalarning katabolizmi vaqtida aminoguruhlar mochevinani hosil bo‘lish tsiklida ishlatiladi, uni shakllantiradi va organizmdan buyrak orqali chiqaradi.
Qon oqimi bilan tashiladigan aminokislotalar nefronlar orqali filtrlanadi va proksimal naychalar orqali faol o‘tkazish tizimida qayta so‘riladi.
Jigar tsirrozi, jigarni yog‘li distrofiyasi, gepatit kabi jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari natijasidagi giperammoniyemiyani davolash uchun; ayniqsa rivojlanayotgan ong buzilishi (koma oldi) yoki nevrologik asoratlarni (jigar entsefalopatiyasi) davolash uchun qo‘llanadi.
Preparat asosan vena ichiga tomchilab infuziya yo‘li bilan yuboriladi.
Ampula ichidagini 500 ml infuzion eritmada eritish yo‘li bilan odatda har kuni 4 ampulagacha qo‘llanadi .
Oldindan komatoz holatda va koma holatini og‘irligiga ko‘ra boshlang‘ich davo sifatida 24 soat davomida 8 ampulagacha qo‘llanadi.
Preparatni odatdagi infuzion eritmalar (5% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi bilan) bilan aralashtirish mumkin.
Ko‘pi bilan 6 ampulani 500 ml infuzion eritmada eritish tavsiya qilinadi.
Dori vositasini maksimal yuborish tezligi: soatiga 5 g.
Infuziya davomiyligi, tez-tezligi va davolashni olib borilishi patsiyentning klinik holatiga qarab shaxsiy ravishda aniqlanadi.
Nerv tizimi tomonidan: ba’zi hollarda qizib ketish hissi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ba’zi hollarda me’da-ichak yo‘llarida diskomfort, ko‘ngil aynishi va qusish paydo bo‘lishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (qon zardobida kreatinin darajasini haddan ziyod oshishida yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega deb qarash mumkin).
Kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan infuzion eritmani penitsillin, K vitamini, rifampitsin, meprobamat, diazepam, klometiazol, tiopental natriy va vinkamin bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Yuqori dozalarda yuborilganda qon zardobida mochevina darajasini nazorat qilish kerak.
Agar jigar faoliyati sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, ko‘ngil aynishini va qusishni bartaraf qilish uchun infuziya tezligi alohida patsiyentga moslashtirilishi kerak.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Shuningdek, L-ornitinni- L-aspartatni hayvonlarning reproduktiv faoliyatiga toksik ta’siri bo‘yicha biron-bir tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Ushbu preparat ona sutiga chiqariladimi, noma’lum.
Shu sababli preparatni emizish davrida qo‘llashdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hozirga qadar L-ornitin-L-aspartatni dozasini oshirib yuborilishi bilan chaqirilgan intoksikatsiyaning hech qanday belgilari kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi yuz bergan hollarda simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Retsept bo‘yicha
Birlamchi o‘ram: 10 ml dan preparat jigarrang rangli shisha ampulada.
Ikkilamchi o‘ram: 10 ampuladan kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan kartonli qutida.