Genferon Layt rasmini ko'rish

Tarkibi:

Muvofiq ravishda 125000 XB + 5 mg, 250000 XB + 5 mg dozali 1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: odam rekombinant interferon alfa-2b – 125000 XB, 250000 XB; taurin – 0,005 g; yordamchi moddalar: “qattiq yog‘”, dekstran 60000, makrogol 1500, polisorbat 80, emulgator T2, natriy gidrotsitrati, limon kislotasi, tozalangan suv – 0,8 g massali suppozitoriy olinguncha yetarli miqdorda.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

interferon alfa-2b + taurin&.

Preparatning savdo nomi:

Genferon Layt

Dori shakli:

vaginal va rektal suppozitoriylar.

O‘tkir uchli tsilindrik shaklli, oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli suppozitoriylar, ko‘ndalang kesimida bir xil. Kesilganda havoli o‘zak yoki voronkasimon chuqurlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

L03AB05.

Preparat rektal yuborilganda interferonning yuqori biokiraolishligi (taxminan 80%) kuzatiladi, shu sababli ham mahalliy, ham yaqqol tizimli immunomodulyatorlik ta’siriga erishiladi; intravaginal qo‘llanilganida infektsiya o‘chog‘idagi yuqori kontsentratsiyasi va shilliq qavat xujayralarida fiksatsiyasi tufayli, yaqqol mahalliy viruslarga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunday qin shilliq qavatining so‘rish qobiliyatining pastligi tufayli, tizimli ta’siri ahamiyatsiz bo‘ladi. Interferonning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat yuborilgandan 5 soatdan keyin erishiladi. α-interfenron chiqarilishining asosiy yo‘li bo‘lib buyrak katabolizmi hisoblanadi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash zaruratini belgilaydi.

– Majmuaviy davolash komponenti sifatida – bolalarda o‘tkir respirator virusli infektsiyalar va bakterial va virusli etiologiyali boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun. – Shifokor tomonidan buyuriladigan va nazorat qilinadigan spetsifik davolash fonida bolalarda va ayollarda, shu jumladan homiladorlarda urogenital yo‘llarning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat ham vaginal, ham rektal qo‘llanishi mumkin. Yuborish usuli, dozasi va davolash kursining davomiyligi patsiyentning yoshi va aniq klinik holatga bog‘liq. Kattalarda va 7 yoshdan oshgan bolalarda GЕNFЕRON® LAYT bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 250000 XB dozada qo‘llanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, shu jumladan emizikli bolalarda preparatni bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 125000 XB dozada qo‘llash xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlikning 13-40 haftasida bo‘lgan ayollarda preparat bir suppozitoriyda interferon alfa-2b 250000 XB dozada qo‘llanadi.

Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam hollarda (tez-tezligi 10000 holatdan 1 tadan kamroq): allergik reaktsiyalar rivojlanishi haqida alohida xabarlar mavjud. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va yuborish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davolashni davom ettirish mumkin. Hozirgi vaqtgacha og‘ir yoki hayot uchun xavfli nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan.

Interferon va preparatning tarkibiga kiruvchi bosh moddalarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

GЕNFЕRON® LAYT majmuaviy davolash komponenti sifatida samaraliroq. Antibakterial, fungitsid va viruslarga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanilganida o‘zaro ta’sirini kuchayishi kuzatiladi, bu yuqori yig‘indi terapevtik samaraga erishishni ta’minlaydi.

GЕNFЕRON® LAYT diqqatni jamlash va tezkor reaktsiyalarni (transport vositalari, mashina qurilmalari va boshqalar) talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta’sir qilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlikning 13-40 xaftasida bo‘lgan ayollarda GЕNFЕRON® LAYT preparatining samaradorligi va xavfsizligi klinik tadqiqotlarda isbotlangan. Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda.

GЕNFЕRON® LAYT preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Shifokor tomonidan buyurilgan suppozitoriy sonidan ko‘proq suppozitoriylarni bir vaqtda to‘satdan yuborilgan hollarda keyingi yuborishlarni        24 soatga kechiktirish, shundan keyin davolashni buyurilgan sxemada davom ettirish mumkin.

Retseptsiz – vaginal va rektal suppozitoriylar, 125000 XB + 5 mg

Vaginal va rektal suppozitoriylar, 125000 XB + 5 mg va 250000 XB + 5 mg. 5 suppozitoriydan alyumin folga yoki polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda.    1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.