Gemtsitabinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 ml hajmli har bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gemtsitabin (gemtsitabin gidroxloridi ko‘rinishida) -200 mg; yordamchi moddalar: mannit, natriy atsetati (natriy atsetat trigidrati ko‘rinishida). 50 ml hajmli har bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gemtsitabin (gemtsitabin gidroxloridi ko‘rinishida) -1000 mg; yordamchi moddalar: mannit, natriy atsetati (natriy atsetat trigidrati ko‘rinishida).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gemtsitabin

Preparatning savdo nomi:

Gemtsitabin

Farmakalogik guruhi:

O‘smalarga qarshi vositalar. Antimetabolitlar. Pirimidin analogi.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun.

oq yoki deyarli oq rangli, qavatli yoki alohida agregatlar ko‘rinishidagi kukun yoki yengil sochiluvchan kukun.

O‘smalarga qarshi vositalar. Antimetabolitlar. Pirimidin analogi.

L01BC05

Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (infuziya tugaganidan so‘ng 5 minut davomida) 3,2- 45,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Dastlabki birikmaning plazmadagi kontsentratsiyasi 1000 mg/m2 dozada 30 minut davomida yuborilganda, infuziya tugagandan keyin 30 minut davomida 5 mkg/ml dan ortiq bo‘lgan va keyingi bir soat davomida 0,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi Gemtsitabinning markaziy kompartment uchun taqsimlanish hajmi ayollarda 12,4 l/m2 va erkaklarda 17,5 l/m2 tashkil qiladi (shaxsiy o‘zgaruvchanlik 91,9% ga teng). Periferik kompartment uchun taqsimlanish hajmi 47,41 l/m2 tashkil qiladi. Periferik kopartamentning xajmi jinsga bog‘liq emas. Gemtsitabin plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri patsiyentning yoshi va jinsiga qarab 42 minutdan 94 minutgacha o‘zgarib turadi. Tavsiya qilingan dozalash uchun gemtsitabinni chiqarilishi infuziya boshlanganidan keyin 5 dan 11 soatgachani tashkil qilishi lozim. Gemtsitabin haftada bir marta yuborilganida organizmda to‘planmaydi. Metabolizmi Organizmda gemtsitabin jigarda, buyrakda, qonda va boshqa to‘qimalarda tsitidindezaminazaning ta’siri ostida tez metabolizmga uchraydi. Gemtsitabinning xujayra ichi metabolizmi natijasida gemtsitabin mono-, di- va trifosfatlar (dTdCMP, dTdCDP va dTdCTP) hosil bo‘ladi, ulardan dTdCDP va dTdCTP faol hisoblanadi. Ushbu xujayra ichidagi metabolitlari plazmada yoki siydikda aniqlanmaydi. Birlamchi  metaboliti, 2′-dezoksi- 2′,2′-diftoruridin (dFdU) faol hisoblanmaydi va plazmada va siydikda aniqlanadi. Chiqarilishi Gemtsitabinning tizimli klirensi, patsiyentning jinsi va yoshiga qarab, soatiga 29,2 l/m2 dan 92,2 l/m2 gacha o‘zgarib turadi (shaxsiy o‘zgaruvchanlik 52,2% ga teng). Preparatning klirensi erkaklarga qaraganda ayollarda taxminan 25% ga past. Gemtsitabinning  klirensi ayollarda ham, erkaklarda ham yosh oshishi bilan kamayadi. Gemtsitabin tavsiya qilingan 1000 mg/m2 dozada 30 minut ichida yuborilganida klirensning juda kichik ko‘rsatkichi ayollar va erkaklarda preparatning dozasini pasaytirishni talab qilmaydi. Vena ichiga yuborilgan dozaning 10% dan kamroq dozasi siydikda o‘zgarmagan ko‘rinishda aniqlanadi. Buyrak klirensi 2 l/soat/m2 dan 7 l/soat/m2 gachani tashkil qiladi. Gemtsitabin yuborilganidan keyin bir hafta davomida preparat dozasining 92% dan 98% gachasi organizmdan chiqariladi: 99% siydik bilan (asosan dFdCTU shaklida) va 1% ahlat bilan chiqariladi. dFdCTP kinetikasi Ushbu metabolit periferik qonning mononuklearlarida aniqlanadi va quyida keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xujayralarga taaluqli. Xujayra ichi kontsentratsiyasi gemtsitabinni yuborilgan dozasiga proportsional oshadi. 30 minutda 35 dan 350 mg/m2 gacha yuborilganida barqaror kontsentratsiyasi 0,45 mkg/mg ni tashkil qiladi. Gemtsitabinning plazmadagi 5 mkg/ml dan ortiq kontsentratsiyasida dFdCTP ning xujayra ichi darajasi o‘sishdan to‘xtaydi, bu ushbu xujayralarda uning to‘yinishi to‘g‘risida dalolat beradi. Yarim chiqarilish  davri 0,7-12 soatga teng. dFdU kinetikasi Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (1000 mg/m2 dozada 30 minutli infuziya tugaganidan keyin 3-5 minut): 28–52 mkg/ml. Haftada 1 marta preparat yuborilganidan keyin minimal kontsentratsiyasi: to‘planish belgilarisiz 0,07–1,12 mkg/ml. Plazmadagi kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘iga uch bosqichlik xarakterlidir, oxirgi bosqichida o‘rtacha yarim chiqarilish davri – 65 soatni (33-84 soat diapazonida) tashkil qiladi. Dastlabki moddadan dFdU hosil bo‘lishi: 91-98%. Markaziy kompartmentning o‘rtacha taqsimlanish hajmi: 18 l/m2 (11-22 l/m2 diapazonida). Muvozanatli holatda o‘rtacha ahamiyatdagi taqsimlanish hajmi (Vss): 150 l/m2 (11-22 l/m2 diapazonida). To‘qimalarda taqsimlanishi: yuqori. O‘rtacha klirensi: soatiga 2,5 l/m2 (soatiga 1-4 l/m2 diapazonida). Barcha metabolitlari siydik bilan chiqariladi.

tsisplatin bilan majmuada mahalliy – tarqalgan yoki metastazlanuvchi qovuq rakini davolash.mahalliy – tarqalgan yoki metastazlanuvchi me’da osti bezi adenokartsinomasini davolash.tsisplatin bilan majmuada mahalliy – tarqalgan yoki metastazlanuvchi o‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakini (O‘MXBR) birinchi qator davolash. Gemtsitabin monoterapiya sifatida keksa patsiyentlarda yoki funktsional holati 2 ball bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi mumkin.platinaning birinchi qator preparatlari bilan davolashdan keyin kamida 6 oy davomida kasallikni qaytalanishi bo‘lgan patsiyentlarda karboplatin bilan majmuada tuxumdonning mahalliy – tarqalgan yoki metastazlanuvchi epitelial rakini davolash uchun.paklitaksel bilan majmuada, ad’yuvant/noad’yuvant ximioterapiyadan keyin qaytalangan, operatsiya qilib bo‘lmaydigan mahalliy – tarqalgan yoki metastazlanuvchi sut bezining rakini davolashda qo‘llanadi. Birlamchi davolash qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida antratsiklinlarni o‘z ichiga olishi lozim.

Gemtsitabin bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ko‘ngil aynishi, qusish bilan yoki usiz, jigar transaminazalari (AST/ALT) va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi (60% patsiyentlarda); proteinuriya va gematuriya (taxminan 50% patsiyentlarda); 10-40% patsiyentlarda kuzatilgan hansirash (eng ko‘pi o‘pka raki bo‘lgan patsiyentlarda); terining allergik toshmalari (taxminan 25% patsiyentlarda) va 10% patsiyentlarda muvofiq qichishish. Nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanish tez-tezligi va og‘irligi gemtsitabinning dozasiga, infuziya tezligiga va yuborishlar orasidagi intervalga bog‘liq.

gemtsitabinga yoki preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikhomiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Yondosh (gemtsitabinni bir vaqtda yuborish yoki ≤ 7 kunlik tanaffus bilan) – toksiklik; multimodal davolash bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi omillarga bog‘liq:  gemtsitabinning dozasiga, gemtsitabinni buyurish tez-tezligiga, nurlanish dozasiga, nur bilan davolashni rejalashtirish texnikasi, a’zo – nishon  va nurlanishning umumiy xajmi. Klinika oldi va klinik tadqiqotlar gemtsitabinni radiosensibilizatsiya qiluvchi faollikka egaligini ko‘rsatdi. O‘pkaning maydo xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan, gemtsitabinni ketma-ket 6 hafta davomida ko‘krak qafasi sohasiga terapevtik nurlantirish bilan birga olgan patsiyentlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, asosan nurlantirishning yuqori dozasini (nurlanish olayotgan to‘qimaning hajmini medianasi 4795 sm2) olgan patsiyentlarda mukozitlarni og‘ir va hayot uchun potentsial xavf soluvchi shaklda, ayniqsa ezofagitlar va pnevmonitlar shaklida namoyon bo‘luvchi davolashning jiddiy toksikligi aniqlangan. O‘MXBR ning keyingi tadqiqotlarda gemtsitabinning pastroq dozalari va nur bilan davolashni qo‘shilishini mumkinligi aniqlangan. Ko‘krak qafasining 6 hafta davomida 66 Grey dozada nur bilan davolash gemtsitabin (600 mg/m2 4 marta) va tsisplatinni (80 mg/m2 2 marta) yuborish bilan birga o‘tkazilgan. Nur bilan davolash va gemtsitabinni terapevtik dozalarda birga xavfsiz qo‘shib qo‘llashning optimal tartibi barcha turdagi o‘smalar uchun xozirgacha aniqlanmagan. Alohida davolash (tanaffus >7 kun) – gemtsitabinni nur bilan davolashdan ko‘pi bilan 7 kun oldin yoki uni tugatilganidan keyin ko‘pi bilan 7 kundan keyin, nurlanish samarasidan tashqari, yuqori toksikligi aniqlanmagan. Gemtsitabinni qo‘llashni nur bilan davolashning o‘tkir nojo‘ya reaktsiyalari bartaraf bo‘lganidan keyin, yoki nur bilan davolashdan kamida bir hafta o‘tib boshlash mumkin. Gemtsitabinni va nur bilan davolashni ham muvofiq, ham ketma-ket qo‘llanishida a’zo -nishonni nur bilan shikastlanishi yuz berishi mumkin (masalan, ezofagitlar, kolitlar va pnevmoniya).

Infuziya vaqtini va yuborish tez-tezligi oshishida gemtsitabinni toksikligi oshadi.

Homiladorlik Homilador ayollarda gemtsitabinni qo‘llash haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlardagi o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklik aniqlangan. Klinik oldi tadqiqotlar va gemtsitabinni ta’sir mexanizmiga tayanib, preparatni maxsus zaruratidan tashqari, homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tug‘ruq yoshidagi ayollar gemtsitabin bilan davolanish vaqtida kontratseptsiyaning ishonchli usullaridan foydalanishlari lozim va homiladorlik boshlanish holatlarida davolovchi shifokorini ogohlantirishlari lozim. Laktatsiya davri Gemtsitabinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, ona suti bilan bola organizmiga tushishida, preparat qanday nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi ham noma’lum. Gemtsitabin bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Reproduktivlikka ta’siri Sichqonlardagi o‘tkazilgan tadqiqotlarda gemtsitabinni yuborish gipospermatogenez chaqirgan. Ushbu sabablarga ko‘ra, gemtsitabin bilan davolanayotgan erkaklar davolanish vaqtida va davolanish to‘xtatilganidan 6 oy davomida kontratseptsiyaning ishonchli usullaridan foydalanishlari lozim. Shuningdek, davolashni boshlashdan avval patsiyentlarga spermani kriokonservatsiyasi haqida qo‘shimcha konsultatsiya uchun murojaat qilishlari tavsiya etiladi, chunki gemtsitabin bilan davolanishda bepushtlikni kelib chiqishi ehtimoli mavjud.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Gemtsitabin uchun antidot yo‘q. Gemtsitabin 5700 mg/m2 dozadan oshuvchi vena ichiga tomchilab 30 minut ichida har ikki haftada yuborilganida, klinik xos toksiklik namoyon bo‘lgan. Gemtsitabinning dozasi oshirib yuborilganiga shubha tug‘ilganda patsiyent qonning formulasini hisoblashni o‘z ichiga olgan, doimiy shifokor nazorati ostida bo‘lishi lozim. Zarurati bo‘lganida tutib turuvchi davolashni o‘tkazish lozim

Shifokor retsepti bo‘yicha

Rezina tiqin bilan berkitilgan va alyuminli yoki alyumoplastik qalpoq bilan mustahkamlangan,  200 mg dan 20 ml flakonlarda yoki 1000 mg dan 50 ml shisha flakonlarda (yorqin shisha). Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Statsionar uchun o‘rami: 200 mg dozasi uchun – 40 flakondan va 1000 mg dozasi uchun 20 flakondan muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga guruhli taralarga joylangan.

2 yil.