Gemate P 250/500/1000retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: VIII (FVIII) odam qon ivishi omili 250/500/1000 TB; fon Villebrand omili (VWF) 600/1200/2400 XB, yordamchi moddalar: odam albumini, aminosirka kislotasi (glitsin), natriy xloridi, natriy tsitrati. Natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi (oz miqdorda rN ni ushlab turish uchun). Erituvchi: inyektsiya uchun suv 5/10/15 ml

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

VIII (FVIII) odam qon ivishi omili 250/500/1000, fon Villebrand omili (VWF) 600/1200/2400 XB.

Preparatning savdo nomi:

Gemate P 250/500/1000

Farmakalogik guruhi:

gemostatik vosita.

Dori shakli:

inyektsiya va infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi.

GЕMATЕ P 250/500/1000 inyektsiya/infuziya eritmani tayyorlash uchun tiniq erituvchi bilan komplektda oq toza kukun.

gemostatik vosita.

Villebrand omili Haemate ning farmakokinetik xususiyatlari Villebrand xastaligi bo‘lgan 28 nafar patsiyentda qon ketmagan paytda baholangan [tip 1 n=10; tip 2A n=10; tip 2M n=1; tip 3 n=7]. VWF:RCo (ikki kamerali model) ning o‘rtacha terminal yarim chiqarilish davri 9,9 soat (diapazon: 2,8 dan 51,1 soatgacha) ni tashkil qildi. O‘rtacha boshlang‘ich yarim chiqarilish davri 1,47 soat (diapazon: 0,28 soatdan 13,86 soatgacha) ni tashkil etdi. In vivo sharoitida VWF:RCo faolligini tiklanish medianasi 1,9 (XB/dl)/(XB/kg) [diapazon 0,6 dan 4,5 (XB/dl)/(XB/kg)] ni tashkil etadi. AUC medianasi 1664 XB/dl*soat (diapazon 142 dan 3846 XB/dl*soat), ushlab turish medianasi vaqti 13,7 soat (diapazon 3,0 dan 44,6 soatgacha), klirens medianasi esa 4,8 ml/kg/soat (diapazon 2,08 dan 53,0 ml/kg/soat) ni tashkil etdi. VWF ning plazmadagi maksimal darajasiga inyektsiyadan keyin tahminan 50 minutdan so‘ng erishiladi. FVIII ning maksimal darajasi inyetsiyadan keyin 1-1,5 soatdan so‘ng kuzatiladi. VIII omil Vena ichiga yuborilgandan keyin plazmada avval FVIII (FVIII:S) faolligini tezkor oshishi, so‘ngra tezkor pasayishi, keyinchalik asta-sekin faoligini pasayishi kuzatiladi. Gemofiliya A xastaligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkazilgan tadqiqot, yarim chiqarilish davrining o‘rtacha ko‘rsatkichi 12,6 soat (diapazon 5,0 dan 27,7 soatgacha) ni tashkil etishini ko‘rsatdi. In vivo sharoitda FVIII ni tiklanish medianasi 1,73 XB/dl XB/kg ga (diapazon 0,5 dan 4,13 gacha) ni tashkil etdi. Bir tadqiqotda o‘rtacha ushlab turish vaqti 19,0 soatni (diapazon 14,8 dan 40,0 soatgacha), egri chiziq ostidagi maydon (AUC) medianasi – 36,1 (%*soat)/(XB/kg) (diapazoni 14,8 dan 72,4) (%*soat)/(XB/kg ) ni, klirens medianasi esa soatiga 2,8 ml/kg) ni tashkil etdi.

Villebrand kasalligi Qon ketishlari yoki jarrohlik paytida qon yo‘qotilishini profilaktikasi yoki davolash uchun, agar desmopressin (DDAVP) bilan monoterapiya samarasiz bo‘lsa yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Gemofiliya A (VIII omilning irsiy yetishmovchiligi) Gemofiliya A bo‘lgan patsiyentlarda qon ketishlarini profilaktikasi va davolash uchun qo‘llaniladi. Preparat orttirilgan FVIII tanqisligi yoki FVIII ga nisbatan antitelasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Villebrand kasalligi va gemofiliya A ni davolashni gemostaz buzilishlarni davolash bo‘yicha tajribasi bor mutaxassis rahbarligida o‘tkazilishi kerak.

Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar postmarketing tekshirish natijalariga asoslangan.

“Tarkibi” bo‘limida ko‘rsatilgan faol moddalar yoki qandaydir to‘ldiruvchilarga nisbatan o‘ta sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

VWF va odam FVIII omilining boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan.

Haemate +250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Konteyner karton o‘ramida saqlansin.

FVIII va VWF ning dozani oshirib yuborilishi simptomlari kuzatilmagan. Biroq xaddan tashqari yuqori dozalar ishlatilganda, ayniqsa FVIII ning yuqori kontsentratsiyalarini saqlagan VWF preparatlari qo‘llanganda trombozlar xavfini inkor etib bo‘lmaydi.

Moddali flakon: 250 XB: rezina tiqinli (latekssiz), plastik diskli va alyumin qopqoqli, rangsiz I turdagi (Yevr.Farm) naysimon shisha inyektsiya uchun flakonlar. 500 XB va 1000 XB: rezina tiqinli (latekssiz), plastik diskli va alyumin qopqoqli rangsiz II turdagi (Yevr.Farm) fason shisha inyektsiya uchun flakonlar. Erituvchisi bo‘lgan flakonlar (inyektsiya uchun suv) Rezina tiqinli (latekssiz), plastik diskli va alyumin qopqoqli, rangsiz ich tomondan ishlov berilgan yuzali I turdagi (Yevr.Farm) naysimon shisha inyektsiya uchun flakonlar. 20/20 filtrli qon quyish tizimi. 15 mkm (“Mix2Vial™ 20/20”) biriktirilgan eritmani qo‘shishi uchun qurilma polietilenterftalat/qog‘oz, laminatsiya qilingan polietilendan qilingan blister bilan o‘ralgan.

3 yil. Eritilgandan keyin xona haroratida (maks. +250S) preparatning fizik-kimyoviy barqarorligi 48 soat davomida saqlanishi ko‘rsatilgan. Mikrobiologik nuqtai nazardan, Haemate o‘zida konservantlar saqlamagani tufayli, eritilgan mahsulot zudlik bilan ishlatilishi kerak. Agar zudlik bilan yuborilmasa, saqlash muddati xona haroratida 8 sotdan oshmasligi kerak. Preparat shpritsga tortib olinganidan so‘ng darhol yuborilish kerak. Yaroqlilik muddatini tugash vaqti o‘ramda ko‘rsatilgan. Ulashish: 1 133 Views